«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan sessiya oralig‘i vazifalari



Yüklə 149,72 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2022
ölçüsü149,72 Kb.
#77637
1   2   3
Topshiriqlar

Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa T5. Infratuzilma (lot. infra - ostida) — i. ch. va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy i.ch. sektori. I. xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. I. zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. I. xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i.ch. ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi. I. xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli,rostan bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. I. xizmatlarini harakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoq i. ch. majmualari va hududiy I. ham mavjud. I. sohasida yaratilgan xizmatlar i. ch. va inson uchun naf keltiradi. I. xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. I. ni yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. I. ning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi


Yüklə 149,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin