49
holati tubdan o‘zgardi va unda O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab
berilgan.
1-
modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan
birga mustaqil, demokratik davlat deb e’lon qilinadi.
2-
modda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat
hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.
3-
modda.
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy- davlat
va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil
belgilash qonunlashtirildi.
4-
modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz hamda
bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini
erkin bildirmasdan turib
o‘zgartirilishi mumkin emas.
5-
modda.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarning tizimi
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga
ajratish tartibi asosida
qurilganligi gapirildi.
8-12-14 moddalarda O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab
berilgan.
13-14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi
sharhlandi.
15-
moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligi joriy etilishi
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib
chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, bir
xil fuqarolik
huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida
bo‘lishlari qonunlashtirilgan.
16-
moddada davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi haqida
gapirilsa,
17-
moddada esa O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston
Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama
shartnomalar va bitimlar
vositasida qurilishi e’tirof etilgan.
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy- axloqiy
munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston
50
erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror
qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi
referendumini o‘tkazish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Shunga muvofiq, 29-dekabrda
“Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon
qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendum o‘tkazishga katta tayyorgarlik
ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda qatnashgan aholining 98,2
foizi
O‘zbekiston mustaqillikni yoqlab ovoz berdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt
davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni
quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston
Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada,
Yaponiya, Buyuk Britaniya,
Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy
singari yirik davlatlar tan oldilar.
Dostları ilə paylaş: