O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Eng yangi tarix kitob

40 
5.
 
Islom Karimov - O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Mustaqillik 
deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 
XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar 
suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z 
davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek 
xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana 
boshladi. 
80-yillarning oxirlarida O‘zbekistonda tinch hayotni ta’minlagan holda 
davlatni boshqara oladigan, millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab bera oladigan 
rahbar respublika uchun zarur edi. 1989-yil 24-iyunda I.A.Karimov O‘zbekiston 
rahbari etib saylandi. U O‘zbekiston rahbari etib saylangan kundan boshlab 
O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga 
oshirishga qat’iy kirishdi. 
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, biri-biriga 
qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi 
markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, 
milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini 
ololmay qoldi. 
1990-
yil boshida O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi 
ko‘tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish 
jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashish vositasi edi. Eng muhimi, Prezident 
muassasasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat 
jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi. 
Alohida shuni ta’kidlash kerakki, o‘sha kezlari keng miqyosda tartib va 
intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro 
mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar 
huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham katta 
ahamiyat kasb etmoqda edi. 
Shu ob’yektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Oliy 
Sovetining birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik 
lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom 
Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekistonning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida 
qaror qabul qildi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning 
siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlaridan 
ikkinchisi edi. 
O‘zbekistonning mustaqillika erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadam 
1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida 
qo‘yildi. Sessiyada O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiya”si qabul qilindi va 
uning kirish qismida quyidagicha yozib qo‘yildi: “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va 
tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning taqdirini o‘zi belgilash huquqini 


41 
ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqida, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy 
mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy 
qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”. Bu muhim hujjat O‘zbekistoning 
mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy 
Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va 
vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining 
ikkinchi sessiyasi (1990- yil 18-iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi 
qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul 
qilishni qat’iy talab etdilar. 
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya raislari va 
muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish 
va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq 
deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan 
Deklaratsiya matni batafsil ko‘rib chiqildi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada 
kun tartibiga kiritildi. 
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, 
bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, 
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek 
xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot 
borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi. 
Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy 
hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O‘zbekiston rahbariyati va 
xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo‘yaverdi. 
1991-
yil 17-martda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendumda 
O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida 
ko‘rish xohishi borligini namoyon qildi. 
O‘zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul 
qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq ittifoq qonunlaridan 
tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek ittifoq qonuniga 
moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. 
1990-
yillarning boshlariga kelib sobiq SSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat, ayniqsa, ko‘pchilik respublikalarning ittifoq 
tarkibidan chiqish, o‘z-o‘zini belgilash huquqini berish, markazning siyosiy- 
iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko‘rish kabi talablarning 
haqli ravishda qo‘yilishida aksini topdi. Lekin markaziy rahbariyat xalqlar va 
ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi bilan 
hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo‘yi respublikalarning ittifoq 
tarkibidan chiqib ketishi, O‘zbekistonda, keyinchalik esa boshqa respublikalarda ham 
prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet 
to‘g‘risidagi Deklaratsiyalarning qabul qilinishiga tish- tirnog‘i bilan qarshilik 
ko‘rsatganligida ham ko‘rish mumkin. 


42 
Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu 
sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq rahbariyati 
1990-yilning 
kuzida 
markaz va 
respublikalar o‘rtasidagi 
munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini boshlashga 
majbur bo‘ldi. 
Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, 
yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha 
ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir bo‘lgan. Buning asosiy 
sababi - bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan 
ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruktsiya qilish, qancha 
miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni 
yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda 
yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi 
o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi. 
Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston 
rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, 
xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom 
Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning 
xalqqa suyangani, u bilan dardlashgani xalq bilan hukumat o‘rtasida sog‘lom 
munosabatning vujudga kelishiga olib keldi. 
Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov 19- 
avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda 
O‘zbekiston nuqtayi nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan, qonunga xilof 
bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishini man 
etdi. 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston SSR 
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida 
qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat 
muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida 
Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga 
oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha kuni O‘zbekiston Birinchi 
Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O‘zbekistonning 
mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi. 
Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash 
sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni 
talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat 
mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash 
sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 
1991-
yilning 31-avgustida O‘zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri 
boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” Qaror 
qabul qildi, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal 


43 
bo‘lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o‘z taqdirini o‘zi hal 
qiladigan bo‘ldi. 
O‘z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan 
butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch-qudratning to‘la huquqli egasiga aylandi. 
Buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf- 
odatlari va insonparvar an’analarining davomchisi, porloq kelajagining mustaqil 
ijodkori bo‘ldi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish 
to‘g‘risida”gi Qarorda “1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb 
belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon 
qilinsin”, - deb qat’iy belgilab qo‘yildi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin