O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzilishi va



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Eng yangi tarix kitob


partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzilishi va 
faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan. 
Sakkizinchi tamoyil - O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 
qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17-moddasida: 
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. 
Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch 
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, 
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning 
umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”, deb belgilab 
qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda 
davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi 
qonunlashtirilgan. 
To‘qqizinchi tamoyil - mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda 
o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat 
boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda 
hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, 
tuman 
va 
shahar 
hokimlari 
boshchilik 
qiladilar. 
Konstitutsiyaning 
99-104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlami tayinlash va 
tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik 
jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105-moddada: “Shaharcha, qishloq va 
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki 


63 
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”, deb 
belgilab qo‘yilgan. 
O‘ninchi tamoyil - odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. 
Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106-116-moddalarida 
O‘zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada 
sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo‘la 
olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari 
davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin. Sud 
hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada sudning 
hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, 
mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi
O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan. 
Shuni tan olish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul 
qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda 
qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. 
Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq 
muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal 
qilinmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘yobga chiqardi. 
O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan siyosiy, 
diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o‘rnatildi va rivojlantirib borilmoqda. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin