76
maqsadi sifatida - tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq
faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham
nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami
manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash ekani qayd etiladi.
O‘zLidepning a’zolari soni 700 ming nafarni tashkil etadi. Partiya siyosiy kengashi
raisi - Aktam Xaitov. Matbuot organi - “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi - dastlab harakat ko‘rinishida faoliyat olib
borgan bo‘lsada 2018-yildan siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 2019-yildagi ilk
saylovlarda ishtirok etdi. Uning markaziy kengash raisi - Narzulla Oblomurodovdir.
Partiya toza ekologik muhit yaratish, tabiatni asrash va uning sofligini ta’minlashni
maqsad qiladi.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va
faoliyati samaradorligini oshirish borasida yetarlicha huquqiy asoslar yaratildi
deyishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “Siyosiy
partiyalar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi, “Davlat boshqaruvini yangilash
va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy
Dostları ilə paylaş: