78
saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid o‘nlab qaror va yo‘riqnomalari o‘z kuchini
yo‘qotdi.
Shuningdek, 2021-yilda Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar
kiritish
to‘g‘risidagi qonun bilan prezident saylovlari bo‘lib o‘tadigan kun dekabr oyidan
oktabr oyiga ko‘chirildi. Shundan kelib chiqib 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan
mustaqil O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga
kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchidan 16 million 212 ming 343 nafari
(80,4 foizi) qatnashdi.
Shuningdek, shu yildagi prezident saylovida 887 ming 686
nafar yoshlar
hamda uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir
etgan 8 203 nafar mahkum ham birinchi marta ovoz berishi ma’lum qilindi.
Ovozlar berilishi quyidagicha taqsimlandi: Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP) -
80,12 foiz ovoz, Maqsuda Vorisova (XDP) - 6,63 foiz ovoz, Alisher Qodirov (“Milliy
tiklanish” DP) - 5,48 foiz ovoz, Narzullo Oblomurodov (Ekopartiya) - 4,14 foiz ovoz,
Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP) - 3,39 foiz ovoz bilan yakunlandi.
MSK joriy yilgi prezident saylovini yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotlardan va
ellikka yaqin xorijiy davlatlardan jami mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi hamda
mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalarining 1 ming 672
nafar
vakili bevosita kuzatib va yoritib borganini qayd etib, bu O‘zbekistonda o‘tgan
saylovlar tarixidagi rekord ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi.
Bunda fuqarolar faol va munosib ishtirok etdi.
Bu ham jamiyatda fuqarolik
institutlarining rivojidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: