80
noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surgan
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik jamiyati
institutlari, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini
kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri
ekanini alohida ta’kidladi. Chunonchi unda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilinishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Bu qonun, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat idoralari
bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.
Ya’ni jamiyat hayotining turli yo‘nalishlarida istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga
oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining ishtirok etishlari uchun muhim huquqiy
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqacha aytganda, mazkur qonun hududlarni har
tomonlama rivojlantirish, turli ijtimoiy masalalar yechimini nodavlat tashkilotlar
hamkorligida hal etishga sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish
beruvchilaming jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va
ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini
rivojlantirish
hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarida, kasaba
uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari
bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda
etish yo‘li bilan ijtimoiy
sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid
munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb
ko‘rsatilgan. Ushbu kodeksning 52-moddasida esa jamoa kelishuvlarida ijtimoiy
sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini
tuzishga ko‘maklashish, mehnat
nizolarining oldini olish, mehnat intizomini
mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin, deyilgan.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun uning asosiy institutlaridan biri -
jamiyatdagi ijtimoiy sheriklikni shakllantirish zarur. Hozirgi fuqarolik jamiyatiga
transformatsiyasi jarayonini o‘z boshidan kechirayotgan O‘zbekistonda 2014-yil
25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni
qabul qilingan edi.
O‘zbekistonda birinchi marta 2019-yilga kelib ijtimoiy sheriklikka doir asosiy
prinsiplar va qoidalar Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” yangi tahrirda qabul
qilingan qonunda o‘z ifodasini topdi. Unda xalqaro me’yoriy hujjatlar,
rivojlangan
mamlakatlar tajribasi, BMTning XMT konvensiyalariga muvofiq tarzda ifodalandi.
Albatta, bu holat O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini fuqarolik jamiyati
talablari asosida rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganligini bildiradi. Va
nihoyat, “ijtimoiy sheriklik” tushunchasining mohiyati kasaba uyushmalari timsolida
xodimlar, ish beruvchilar (ish beruvchilarning vakillari), davlat boshqaruv
organlarining xodimlar, ish beruvchilar va davlatning ijtimoiy-mehnat masalalaridagi
o‘zaro sherikligi sifatida e’tirof etildi.
Mazkur qonunning “Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari” 5-bobining 28,
81
30-32-moddalari xalqaro me’yoriy hujjatlar, XMT konvensiyalari talablari,
rivojlangan davlatlar tajribalari asosida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik va
tomonlarning konsensusga erishishi jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Jumladan,
28-moddada kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari quyidagicha belgilangan:
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni
hal qilishda ishtirok etish; mehnat va ijtimoiy
rivojlanish sohasida qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish va h.k.;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etish va
himoya qilish;
jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlarini
tuzish hamda ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
xodimlami ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rish;
mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborotlar
olish;
mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
rioya qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlar manfaatlarini himoya qilish;
mehnat va ijtimoiy rivojlanish sohasida xalqaro shartnomalarni tuzishda
ishtirok etish.
Kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari birlashmalari va ularning organlari
jamoa muzokaralari olib borish, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlar nomidan
jamoa shartnomalar va jamoa kelishuvlari tuzish huquqiga ega.
Umuman
olganda,
O‘zbekistonda
ijtimoiy-mehnat
munosabatlarini
rivojlantirish, xususan, ijtimoiy sheriklikni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va
jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin egallashini e’tiborga olib,
davlatimiz va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan keyingi ikki
yil ichida bu sohada chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: