O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Eng yangi tarix kitob

7.
 
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. 
Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. 
Istiqlol yillarida insonning ishonchli konstitutsion va yuridik huquqlarini, 


89 
ijtimoiy kafolatlarni va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan 
qonunlaming qabul qilinishiga asosiy e’tibor qaratildi. Shuningdek, sud tizimi 
mustaqil va boshqa tarmoqlarga bog‘liq bo‘lmagan hokimiyat sifatida shakllantirildi. 
Sud hokimiyatining yangi tuzilmalari vujudga keldi. Sudning huquq doirasi kengaydi. 
Jumladan, 1994-yili Jinoyat kodeksi qabul qilinganida 13 ta moddada jazo 
chorasi sifatida o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan edi. 1998-yili bu jazo turi jinoyat 
kodeksining 5 ta moddasidan olib tashlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
2005-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish 
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2008-yil 1-yanvaridan mamlakatimizda jinoiy jazo 
turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga 
ozodlikdan mahrum etish jazosining joriy etilishi butun dunyoda katta aks-sado berdi. 
Bu boradagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e’lon qilingan 
insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etib, jahon tendensiyalariga to‘la 
mos keladi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar xususida so‘z yuritganda, O‘zbekistonda 
o‘tgan qisqa davr mobaynida yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi 
muvaffaqiyatli hal etilganiga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Sudlar ixtisoslashtirilib, 
aniqroq aytganda, fuqarolik, jinoiy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha alohida sudlar tashkil 
etilib, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod 
qilindi. Sudyalarning mustaqilligi va huquqiy kafolatlari tizimining huquqiy asoslari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa 
qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda 
“sudyalarning mustaqilligi” tushunchasi mustahkamlandi va yangi huquqiy 
kategoriya 

“sud hokimiyatining mustaqilligi” joriy etildi. Jumladan, 
Konstitutsiyamizning 106-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida sud 
hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, 
boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 
Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilib, uni amalga 
oshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmi yaratildi. Bu fuqarolarning huquq 
hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning muhim kafolatiga aylandi. 
Yana bir yangilik bu - Yarashtiruv institutining joriy etilishi jinoyat protsessi 
qonunchiligini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Xo‘sh, bu yerda gap nima 
haqda bormoqda? Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxs, agar 
muqaddam sudlanmagan bo‘lsa, o‘z aybini bo‘yniga olsa, jinoyat oqibatida keltirgan 
zararni to‘lasa, jabrlanuvchi bilan yarashsa, sud ishni harakatdan to‘xtatadi. 
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi haqida so‘z yuritilar ekan, ushbu materialda O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil 12-noyabrda parlament 
palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishga qaratilgan qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surgani ta’kidlanadi. 
Konsepsiyada belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatini 
kuchaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, sud-huquq islohotlari barcha 
istiqbolli yo‘nalishlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat jamiyat va 


90 
davlat tuzilmasini demokratlashtirish va liberallashtirishning natijasi, balki uning 
kafolati sifatida xizmat qilib, amalda mamlakatning “Kuchli davlatdan - kuchli 
fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida olg‘a harakatlanishini ta’minlaydi. Axborot 
materialida qayd etilishicha, O‘zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq 
islohotlarining asosiy maqsadlari sud-huquq tizimining mohiyatini o‘zgartirish, uni 
inson huquqlarini samarali ta’minlashning asosiy kafolatiga aylantirish hamda sud 
hokimiyatining tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlash hisoblanadi. Ishlarning 
sudlarda ko‘rib chiqilishi sifatini yaxshilash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi 
Qonunga muvofiq, ularning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha 
ixtisoslashuvi mustahkamlandi, ishlarni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish tartibi 
joriy qilindi. 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran “Xabeas korpus” institutining joriy 
qilinishi, ya’ni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi 
prokurordan sudga o‘tkazilishi natijasida sudlarning fuqarolar huquqlarini samarali 
himoya qilish bo‘yicha vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jinoyat ishi 
qo‘zg‘atish, ish yuzasidan ayblov xulosasini o‘qib eshittirishni sudlar vakolatidan 
chiqarilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga 
kiritilib, bu sudlarning xolisligini, betarafligini ta’minlash, jinoyat protsessida 
tortishuv prinsipining kuchayishiga xizmat qildi. Mustaqillik yillarida jinoyat va 
jinoyat- protsessual qonunchilikni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar 
natijasi o‘laroq, O‘zbekistonda quyidagilarga erishildi: og‘ir jinoyatlar tasnifi 
kamaytirilib, og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va 
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi; sodir etilgan jinoyatlar uchun 
ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar joriy etildi; iqtisodiyot 
sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari 
o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha 
kengaytirildi. 2013-yili ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar soni 2000-yil bilan 
solishtirganda, ikki marotabadan ziyodga kamaydi. Xususan, jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng 412 milliard so‘mlik 
zararni qoplagan 26000 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari qo‘llandi. Mamlakatda yarashuv instituti joriy 
etilganidan buyon 138 ming 527 ta ish bo‘yicha 150 ming 346 shaxsga nisbatan 
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari qo‘llanildi. Bugun 
O‘zbekistonda 60 turdagi jinoyatlar bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati 
mavjud. Amnistiya aktini qo‘llash sudlar vakolatiga berilgan. Mustaqillikning ilk 
yillaridanoq respublikada amnistiya aktining e’lon qilish tartibi joriy qilingan. Har yili 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80 va 93-moddalariga binoan, 
amnistiya haqida akt qabul qilinib, uning asnosida jazodan ozod qilish, 
mahkumlarning ozodlikka chiqishi va ularning o‘z oilalari bag‘riga qaytishi bilan bir 
qatorda, amnistiya qilinganlarning salomatligini mustahkamlash, ulaming turmush 
shart-sharoitlarini yaxshilashga va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish yuzasidan 
ham ishlar amalga oshiriladi. 
2008-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilinishi jinoyat 
qonunchiligini liberallashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bundan tashqari oliy 


91 
jazo - umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazo turi faqatgina ikki turdagi jinoyatlar - 
terrorizm va javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish uchun 
tayinlanadiki, ushbu holatlar bo‘yicha muqobil, uncha og‘ir bo‘lmagan jazo turlari 
ham qo‘llanilishi mumkin. 
Insonning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishini har tomonlama 
ta’minlashga yo‘naltirilgan sud-huquq islohotlarining hayotga tatbiq etilishida 
advokatura institutini mustahkamlash muhim ustuvorlik hisoblanadi. Ushbu institutni 
yanada takomillashtirish maqsadida 2008-yil 1-may kuni qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini 
yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu borada muhim 
dasturulamal bo‘ldi. Ushbu Farmon fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning 
har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlashga 
qaratilgan konstitutsiyaviy me’yorni amalga oshirish, advokatura instituti 
mustaqilligini ta’minlash, uni malakali kadrlar bilan to‘ldirish, advokatlik kasbining 
nufuzini oshirish hamda insonning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini 
kafolatli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga 
olib chiqdi. Fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida O‘zbekiston 
Respublikasi Advokatlar palatasi tuzildi, 2008-yil 31-dekabrda “Advokatura instituti 
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 
Shuningdek, 2009-yil sentabrida kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining 
“O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 52-moddasiga 
o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, sudda ish yuritish 
bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi 
haqidagi muhim me’yor mustahkamlab qo‘yildi. O‘rnatilgan bunday tartib sud ishida 
yurisprudensiya sohasidagi maxsus bilimlardan bexabar shaxslarning ishtirokiga yo‘l 
qo‘ymaslik va fuqarolarga ko‘rsatiladigan huquqiy yordam sifatini oshirishga 
yo‘naltirilgan. 
Sud qarorlarining qat’iy bajarilishi odil sudlov faoliyatining muhim va 
ajralmas qismi hisoblanadi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
sud-huquq islohotlari doirasida sud qarorlarining majburiy ijro etilishi 
samaradorligini oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishi 
sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qator chora- 
tadbirlar amalga oshirildi, sud qarorlari ijro etilmasligi va ularning bajarilishiga 
to‘sqinlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. 
2016-yil oxirlaridan boshlab, sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, ya’ni 
sohani yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, faoliyati samaradorligini 
yuksaltirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun 
ustuvorligini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlash, sud hokimiyatining 
chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini 
yuzaga keltirish, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, 
yuksak axloqiy-irodaviy, kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar, amalga 
oshirilayotgan islohotlaming samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan 


92 
kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish, qolaversa, sudlarning jamoatchilik 
va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash mexanizmini davrimizning yuksak 
talablari darajasida tashkil etishga, tizim xodimlariga, sudyalarga alohida mehnat 
sharoitlari yaratish, lavozim maoshlariga ustamalar hamda malaka-mansab darajasi 
uchun qo‘shimcha haq miqdorlarini berishga qaratilgan uchta Farmon chiqarildi. 
Boshqacha aytganda, sud-huquq tizimidagi islohotlar davlat siyosatining asosiy 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud- huquq 
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida sud 
hokimiyati mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni 
amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi 
prinsipiga og‘ishmay amal qilinishi kerakligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari bo‘yicha zudlik bilan 
choralar ko‘rish, sud faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ommaviy 
axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini 
keng qo‘llashga e’tibor qaratilishi alohida ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligining sudyalik 
lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan 
so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullandi. 
Ushbu Farmonga muvofiq, 2017-yil 1-apreldan ozodlikdan mahrum qilish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali qamoq 
tariqasidagi jinoiy jazo tugatildi. Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni 
ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartirildi. Qamoqqa olish va uy 
qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuninglek, dastlabki tergovning 
eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirildi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab 
qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. 
Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad 
etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berildi. Tergovning to‘liq 
emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali 
sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish bekor qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib 
chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. Sud-huquq tizimini 
yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 
Dasturni amalga oshirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligiga sud-huquq 
tizimidagi ilg‘or xorijiy tajribalami chuqur o‘rganish vazifasi topshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, sud 
hokimiyatining ikki oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik 
sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona 


93 
sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelganligi uchun birlashtirildi. Bundan tashqari 
sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud 
hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga 
ko‘maklashadigan, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini 
tubdan yaxshilash hamda yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirishga mas’ul 
bo‘lgan organ - O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimiga 
tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shagan ijro 
apparati shtat birligi kengashga o‘tkazildi. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan kengash raisi va 
ko‘pchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, 
fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, huquq sohasidagi malakali 
mutaxassislar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadigan 20 nafar a’zodan iborat 
bo‘ldi. Kengashning 13 nafar a’zosi doimiy, 8 nafar a’zosi esa jamoatchilik asosida 
o‘z faoliyatlarini amalga oshirmoqda. Sudyalar oliy kengashiga O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sud sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi 
Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari 
raislaridan tashqari barcha sudyalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan 
kelishgan holda lavozimlariga tayinlash va lavozimlaridan ozod etish bo‘yicha 
vakolatlar berildi. Sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil 
etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek, sudyalarni 
rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish ham Sudyalar oliy kengashi zimmasiga 
yuklatildi. 
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g‘ayriqonuniy 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining 
konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, 
tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi. Davr talablardan kelib chiqib, 
shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada 
takomillashtirish maqsadida ushbu Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar etib o‘zgartirildi. Bunda 
mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik sub’yektlarining ortib borishini 
hisobga olgan holda tumanlararo tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq 
tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida odil sudlovni amalga oshirish sifatini 
yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017- 
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, 
Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining sud organlari 
faoliyatining shaffofligini ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda 


94 
odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish borasidagi takliflari 
qabul qilindi. Sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot 
vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning 
o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va 
lavozimga tayinlashning xolisligi hamda shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida 
har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga ko‘maklashuvchi komissiyalar 
tuzish haqidagi takliflari qabul qilinib, bu borada komissiyalar tuzildi. Farmonga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va uning huzuridagi 
Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat 
majburiyatlarini, vazifalarini halol va samarali bajarayotgan sudyalariga, xodimlariga 
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 
qo‘shimcha ravishda oylik mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha miqdorda 
ustama (pul ta’minoti) to‘lash huquqi berildi. Shuningdek, ushbu Farmonda malaka 
va mansab darajasiga ega bo‘lgan sudyalarga, ularga tenglashtirilgan shaxslarga 
avtomobillar sotib olish uchun, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy 
sud, quyi sudlar apparatlari, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta’minlash 
departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun 
imtiyozli kreditlar berishni nazarda tutuvchi takliflar bildirildi. Ayni paytda bu borada 
ijobiy ishlar qilinayotganligi ahamiyatlidir. 
Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va 
nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning muhim vositasi 
bo‘lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga 
oshirilayotganligi, sud-huquq tizimini isloh qilish hamda takomillashtirish 
davrimizning yuksak talablaridan biri ekanligi yig‘ilishda alohida ta’kidlab o‘tildi. 
Asosiy maqsadimiz, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib tarzda himoya 
qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, 
sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iborat ekanligini Prezident 
Sh.M.Mirziyoyev o‘z chiqishlarida ko‘p marotaba qayd etib o‘tmoqda. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi 
“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki 
Farmonga, asosan, quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishning 
asosiy 
vazifalari 
etib 
belgilandi: 
birinchidan, 
aholiga 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul 
qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil 
yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat 
ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan 
hayotiy g‘oyani mustahkamlash; ikkinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda 
olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, 
aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur 


95 
singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni 
saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish; uchinchidan, yosh avlod ongiga huquq va 
burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur 
singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab 
o‘rgatish; to‘rtinchidan, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha 
huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan 
uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan 
faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik 
hissini kuchaytirish va boshqalar. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin