O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Eng yangi tarix kitob

6-
 
MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING 
SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZORO MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANISHI. 
Reja: 
1.
Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga xos 
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi. 
2.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish. 
3.
O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Agrar islohotlar. 
4.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari. 
1.
Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga 
xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi. 
Butun dunyodagi rivojlangan davlatlar iqtisodining asosini bozor iqtisodiyoti 
tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos 
iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim 
zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. 
Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi. 
Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti bo‘lib, bunda 
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va 
harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy 
qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor 
iqtisodiyotidir. 
Uning quyidagi xususiyatlari mavjud: 
• tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladi; 
• kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo‘lib, uning 
o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin; 
-
tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy 
munosabatiga asoslanadi; 
-
tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar; 
-
bozorda ishlab chiqarnvchi emas, iste’molchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul 
uning qo‘lida bo‘ladi; 
-
bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi; 
-
jamiyat a’zolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi. 
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga solinuvchi 
bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqti-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy 
inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari 


98 
yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib, 
tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan 
davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib 
bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning 
yetakchi shakliga aylanib bordi. 
Sovet hukmronligi davrida esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni 
yoppasiga 
davlat 
ixtiyoriga 
olish, 
resurslarni 
markazlashtirilgan 
tarzda 
ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan 
ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko‘rdi. 74 yil 
davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq uchun 
farovon turmush ham yaratilmadi va oxir-oqibatda ma’muriy buyruqbozlik asosida 
boshqariladigan o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot tanazzulga uchradi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yangilanish, tub 
o‘zgarishlarni o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet tuzumidan bizga 
qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur anglab yetishimiz lozim. 
O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o‘rmon va boshqa 
resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi. 
Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning 
manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida 
qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini 
va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. 
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati 
yuritishda qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valyuta jamg‘armasiga ega emasdi. 
Sovet davlatidan zaif xom ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni arzon xom ashyo 
va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. 
Respublika iqtisodiyotida boy mineral xom ashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz 
foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy 
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, “Qayta qurish” davrida batamom 
barbod bo‘lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, tushkunlik 
holatidagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari 
Sovet Ittifoqi bo‘yicha boshqa korxonalar bilan uzviy bog‘langani sababli, endi ular 
o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. O‘zbekiston 
yoqilg‘i va oziq-ovqat ham masalasida markazga qaram edi. 
Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka 
hokimligining o‘rnatilishi natijasida O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va 
boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni 
chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan 
daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi. Hatto o‘ziga qarashli bo‘lgan 
mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so‘rab olishga majbur edi. Aholi turmush 
darajasi bo‘yicha nochorlik va yetishmovchilik Ittifoq miqyosida eng oxirgi 
o‘rinlardan birida edi. 
Ittifoqdan mustaqil bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o‘laroq, 


99 
O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi. 
Sovet tuzumidan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. Aholi 
yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zahiralarining ifloslanganligi, 
radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik 
xavfga duch kelib qolgan edi. 
Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari. Iqtisodiy mustaqillik xalqimizni o‘z 
yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zahiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk
korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, 
iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy 
mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o‘z 
davlat byudjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valyuta, oltin zahirasi va 
valyuta jamg‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz 
obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik 
tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini ma’muriy buyruqbozlik, markaziy 
rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, jahon 
xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish imkoniyati bo‘ldi. Davlat mustaqilligi qo‘lga 
kiritilgach, O‘zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo‘liga tushib 
oldi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston bozor munosabatlarini 
shakllantirish, milliy an’analarga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki 
turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germaniyada bo‘lsin, 
xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar bo‘yicha 
rivojlanib borgani holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega bo‘lgan. 
Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy 
rasm-rusumlari, an’analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O‘zbekistonda bozor 
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi. 
Bu yo‘lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident Islom Karimovning 
“O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida, 
Respublika parlamentida qilgan ma’ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul 
qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos 
qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski 
tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi 
dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakatning 
Birinchi Prezidenti I.А.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil 
tashkil etdi. Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi: 
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish. Iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish 
muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi. 
Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh 
islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar 
jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo‘nalishlarini 
belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy 


100 
hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil 
ro‘yobga chiqarishi kerak. 
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni 
qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan 
qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin. 
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish, davlatning aholining ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash 
borasida mas’ul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida 
demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga 
olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan 
amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin. 
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta 
o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti 
bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik 
tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi, 
an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”. 
Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni 
muvaffaqiyatli isloh qilib borishda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga bozor 
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu yetakchi 
tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib 
borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish uchun 
mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi o‘rindagi 
vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat qildirishga 
sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam shakllantirishni, 
bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, keyin yangi bosqichga 
o‘tishni taqozo etadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlaming uzoqni ko‘zlagan 
quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: 
-
milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib 
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim yaratish; 
-
ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan 
begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama 
o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya 
qilinishini ta’minlash; 
-
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik 
ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni 
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va 
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; 
-
moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, 
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiyot tizimiga 
kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; 
-
kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning 
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va 


101 
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. 
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy islohotlarning asosiy va muhim 
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni 
rivojlantirishga e’tibor qaratildi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 
mulkiy islohotlar, institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari, agrar 
islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari, ijtimoiy sohadagi islohotlar. 
Bu jarayonda islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, qonuniy asoslarini 
yaratishga alohida e’tibor berilib, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy 
islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: 

kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan 
iqtisodiy tizimni barpo etish; 

ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish; 

xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; 

korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish; 

iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish; 

jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish; 

kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish; 

iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish. 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini 
yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, o‘z 
navbatida ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin: 
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi 
qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini 
xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 
2.
Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy korxonalar 
to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi 
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning 
faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi 
to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati 
to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul 
qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni 
yo‘lga soluvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni 
cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo‘jalik 
protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi. 
3.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy 
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, 
xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz 
tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika 


102 
iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va 
boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul qilingan qonunlar 
amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bozor 
infratuzilmasini yaratishdan iboratdir. 
“Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz - tovar, pul 
bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida 
o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi”. 
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, 
tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. 
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga 
xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va 
korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi 
transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari 
yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega bo‘ldi. 
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq “Respublika ko‘chmas mulk 
birjasi”, “Tovar xom ashyo birjasi”, “Toshkent fond birjasi” tashkil etildi. Bu tarmoq 
yanada rivojlantirildi. 1991-2000-yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun 
xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xom ashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta 
auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik 
idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari 
tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida 
ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, 
xabarlar va ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga 
keladi. 
Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori - milliy valyutadir. O‘z 
valyutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda 
moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va 
fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul 
chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga 
qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini 
belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat 
boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy 
mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valyutaga o‘tish O‘zbekiston 
uchun oliy maqsad edi. Biroq milliy valyutaga o‘tish oson ko‘chmaydi, yangi 
valyutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsatadiki, 
davlatlar o‘z milliy valyutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llarni bosib 
o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan. O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga 
kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil 
iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki 
payti 1991-1993-yillarda Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq 


103 
sovetlardan keyingi davrda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi 
natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi 
boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu 
yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. 
Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini 
Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, 
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, 
O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga 
qaror qilindi. Biroq amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu 
tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati 
O‘zbekistonning oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo 
qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi. 
Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 
%
miqdoridagi AQSh dollari yoki 
O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan, O‘zbekistonda 
muomalada bo‘lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 
1993-
yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. 
To‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati 
belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy Banki Rossiya Markaziy Bankiga 
hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak edi. O‘zbekiston bunday shartlarga rozi 
bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valyutani 
joriy qilishga jiddiy kirishildi. 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon 
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga 
tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi 
pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirildi. So‘m-kupon joriy 
etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar 
ko‘paydi. Bozorda narxlar ko‘tarilib ketdi. Hukumat buning oldini olish choralarini 
ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha, aholi, iqtisodiyot himoya 
qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi va haqiqiy 
milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. 
1994-
yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga 
kiritish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 
1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta - so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 
1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi. 
Milliy valyuta - so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 
3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) holida muomalaga 
chiqarildi. Aholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari orqali 1000 ga 1 
qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so‘mlik qog‘oz pullari ham 
muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul 
holida muomalaga chiqarildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz 
hayotida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeyi oshdi, 
o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‘ldi. Bu 
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003-yil 
15-oktabrdan boshlab, so‘m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga 


104 
ko‘tarildi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat 
qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta 
kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari 
yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy 
asoslari belgilab berildi. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. 
Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010- 
yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat, 
shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar ochildi. Minibanklarning 
soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalarini qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda 
banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga 
kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib 
bormoqda. 
To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimi 
yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996-yilda paydo bo‘ldi. 2011- yilda 
muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. Savdo va 
xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatadigan 
terminallar soni 86 mingtaga yetdi. 
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan 
himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. 
Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi “Kafolat”, 
“Agrosug‘urta”, “O‘zbekinvest” kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. 
Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan 
hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 
2002-yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida 
mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 
sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunning qabul 
qilinishi (2002-y.), Prezident farmoni bilan 2002-yil 1-fevralidan boshlab sug‘urta 
tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda 
sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. 
Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum 
ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. 
Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator 
chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Keyinchalik Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat 
birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi 
tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish mexanizmi 
yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini 
tashkil etishga e’tibor berildi. 1993-yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish 


105 
hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998- yilda bu 
ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 
2000-yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001-yilda esa 
372 mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiy 
islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy 
larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar 
uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar 
muntazam sur’atda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik 
muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992- yil avgust oyida O‘zbekiston 
Respublikasining “Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga 
kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator 
normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va 
narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni 
belgilab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib 
turibdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga 
xos yo‘li ishlab chiqildi va unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini 
shakllantiruvchi va unga xizmat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor 
infratuzilmasi yaratildi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin