111
shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo‘li
izchillik bilan
amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni
kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘sdi.
Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa,
2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla
xirmoni tayyorlandi.
Yaqin tariximizda chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
1993-yil
15-martdagi
“Respublika
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi,
1994-yil 23-fevralda “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda
dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya
qilish
choralari
to‘g‘risida”,
1995-yil
24-martdagi
“Chorvachilikda
xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga
asosan, 1995-yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik
fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va
sutning 75 %ni xususiy sektor bera boshladi.
Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining
shakllanishida davlat
tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yilqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib
berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi.
Natijada 1990-yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan
bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha
taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000-yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming
gektarga, 2010-yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan. Vaholanki 1990-yilda
O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar, maxsus shirkatlar,
qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974 ming gektarni tashkil
qilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning yerlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib,
o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yiriklashtirilishi natijasida 2010-yilda umumiy
yer
maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan
xo‘jaliklarning yerlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi.
2000-yillardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi
barqaror tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar
Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini
fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2003-yil
27-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan.
Agar 2001-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining
soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 189235 birlikka yetgan
yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi
40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22
mingdan ortiq
fermer xo‘jaliklari tashkil etildi.
Respublikamizda
fermerlikning
kelgusidagi
rivojlanishi
va
yangi
112
imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000-yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan
dastur asosida 2008-2010-yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni
natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari hajmi kamaytirildi. Amalga
oshirilgan
maqbullashtirish
jarayoni
natijasida
2011-yil
yakuniga ko‘ra,
Respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4
foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer
maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha
bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib
qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3
gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va
uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda agrar islohotlarga e’tibor kuchaytirildi.
Chunki Respublika aholisining 62 %i qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida
YaIMning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Agrar
islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi.
Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550
ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy
tomorqa uchun berilgan yer
maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan
foydalanmoqda.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz
va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik yuritishda
o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga
aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari
shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra,
ruspublika bo‘yicha 1900
taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi
sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq xo‘jaligida
islohotlarni chuqurlashtirishning
eng muhum yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi.
Farmonga binoan, 2003-2007-yillarda shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida
fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2007-2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik,
chorvachilikka ixtisoslashgan
fermer xo‘jaliklarining yer
maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligini
ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi. Qishloqlarda shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi - bu
oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod
meros qilib berildi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida
yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5
millionga yaqin
dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8
milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. Dehqon va fermer
xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish sub’yektlariga aylandi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb
113
100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq
hayoti yangilandi, dehqon va
fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi
o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan
mahsulotning egasiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: