117
2013.
7-
MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI
IJTIMOIY
O‘ ZGARISHLAR
Reja:
1.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.
2.
Aholi turmush darajasini yuqori darajada ta’minlash.
3.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunning mazmun-mohiyati.
1.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.
O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini
yuqori darajada ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uning har
tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish
uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy
siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy
siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Respublikada ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardan iboratdir:
♦
Ijtimoiy siyosatini o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga
egaligi;
♦
Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;
♦
Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
♦
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq
manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
♦
Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
♦
Aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
♦
Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini
shakllantirish;
♦
Aholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning o‘sishini
ta’minlash;
♦
Aholining
daromad
va
mulkka
egalik
darajasining
keskin
tabaqalashuvining oldini olish;
♦
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy
118
yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
♦
Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning
har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;
♦
Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish;
♦
Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan
beriladigan imtiyozlar;
♦
Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi;
♦
Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar;
♦
Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish;
♦
Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
♦
Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari;
♦
Ishsizlik nafaqasi;
♦
Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda
sotilishini ta’minlash;
♦
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet
hisobidan qoplash;
♦
Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim,
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash.
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo
etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali
ta’minlash mumkin. Chunki har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat
taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning
uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni
davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib
borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini
oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida aholi jon
boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar o‘sishining
ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Aholining daromadlari tarkibida yollanma
ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017-yillarda 45,0 %dan 34,3 %ga kamaydi,
mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0 %dan 34,5 %ga
o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5oktabrdagi PF-4848- sonli
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari
to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari
hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash
119
borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib
borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy
faolligini
oshirish,
aholini
uy-joylar
bilan
ta’minlash,
yo‘l-transport
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim,
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid
davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat-notijorat tashkilotlarining ijtimoiy
himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam
ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar kiradi.
Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada
uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli
ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozi rgi paytda ham davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz
seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy,
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga
oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining
ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta
ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda
tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar
barpo
etish,
yo‘l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya
va
ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli
dasturlami amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan
beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini
hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi.
Hatto mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar
tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham
nomlandi. Bu bejiz emas edi.
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan
120
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu
aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi
tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy
integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga
to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat
korxonalari, hatto ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga
muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham tabiiy holdir.
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.
O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini
mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish
maqsadi ham yotadi.
Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan
bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga
tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda davlat
byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat’iy qoidaga
izchil amal qilib kelinyapti.
Birinchi Prezident I.Karimovning 1993-yili chop etilgan “O‘zbekiston - bozor
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh tamoyildan har
birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy
siyosat-iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan yettinchi
bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan.
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I.Karimov ta’limotida o‘z-o‘zidan yoki
birdaniga shakllanib qolmagan. Bu - uning davlatchilik borasidagi tadrijiy tafakkuri
mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992-yili yozilgan
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan ayrim qat’iy
pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor.
Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash,
fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol
shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan
iborat.
1997-yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga
qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda esa,
avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa,
o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan ijtimoiy masala
o‘rtaga qo‘yiladi. 2007-yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi.
Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam
va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy mexanizmi
ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar
121
yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir
necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va
stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat
tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo
bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti. 2017-yilning aynan “Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat siyosatining
izchilligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |