O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24- 
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida 
ta’kidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan 
taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy 
ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning 
birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro 
huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan BMTning Korrupsiyaga qarshi 
Konvensiyasi; 
2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMTning Transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi; 
1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy 
javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi; 
1999-yil 4-noyabrdagi “Korrupsiya uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik 
to‘g‘risida”gi Konvensiyalari va boshqalar. 
O‘zbekiston yuqorida ta’kidlangan xalqaro normalardan 2008-yilda Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010-yilda 


127 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga 
qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF- 
6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul 
qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish
sohasidagi davlat 
siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda 
korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan 
davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida 
Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi. 
Farmon bilan Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda 
ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash, BMTning 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga 
qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi 
bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni 
muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatorining vazifa 
va vakolatlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, 
iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini 
baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi. 
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma- 
bosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan: 
2020-2021-yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida 
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma- bosqich 
joriy etish; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar 
samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz 
elektron platformasini joriy etish; 
korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil 
dasturiy ta’minotni joriy etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 
29-iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi 
kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Farmoni). 
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga 
asoslangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy 
sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy 
usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri 
o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat (compliance control) 
tizimini tashkil etish hisoblanadi. 
Korrupsiyaga qarshi komplaens nazorati - davlat va xo‘jalik boshqaruvi 


128 
organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga 
muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z 
vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir. 
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish 
maqsadida 2020-yil 4-fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili 
(Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora- 
tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan 
korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilganligi ahamiyatlidir, xususan, 
bugungi kunda: 
-
Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat 
yuritmoqda; 
-
fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha 
hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to‘g‘risidagi murojaatlari tahlil 
qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama 
qilinadi; 
-
Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar 
uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo‘l-yo‘riqlarni tushuntirish, xizmat 
vazifasiga qo‘yiladigan asosiy majburiyatlar, ta’qiqlar, cheklovlar, talablar va 
idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay 
tushuntiriladi; 
-
Vakilga korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, 2020-yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman 
tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat yuborilgan (2019-yil - 21 ta). Ushbu 
murojaatlardan 2 tasi o‘z tasdig‘ini topgan. 
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi 
sifatida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har yili 
e’lon qilib boriladigan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 180 ta 
davlat orasida 2017-yilda 157-o‘rin, 2018-yilda esa 158-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 
2019-yilda 25 ball bilan 153-o‘rinni egallab, 5 pog‘onaga ko‘tarildi. 
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu 
turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks 
chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining 
barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni 
bartaraf etishga qaratilgan. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin