O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Eng yangi tarix kitob

8-
 
MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI 
MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT. 
Reja: 
1.
Mustaqillik yillarida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta 
tiklanishi. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 


130 
3.
Shaharlar - ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat maskani. Toshkent - “Islom 
madaniyati poytaxti”. 
4.
Mustaqillik yillarida madaniyat va san’atning taraqqiyoti. Beshta tashabbus 
va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. 
5.
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni 
ta’minlash borasidagi davlat siyosati. 
1.
 
Mustaqillik yillarida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning 
qayta tiklanishi. 
Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va 
axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini 
tasavvur etish qiyin. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar 
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. 
Uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi 
avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos 
an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. 
Shu o‘rinda milliy istiqlol g‘oyasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Mustaqillik 
g‘oyibdan kelmaydi. Tirik jonzod borki erkinlikka intilib yashaydi. Mustaqillik shaxs, 
jamiyat, davlatning tarixiy orzusi hisoblanib, u haqidagi tasavvurlar, bilim va g‘oyalar 
amaliyot tajribalariga asoslangan holda o‘zgarib, boyib boradi. Mustaqil fikr va 
g‘oyasiz mustaqil amaliyot bo‘lmaydi. Ushbu qonuniyatga amal qilmagan jamiyat 
inqirozga duchor bo‘ladi, o‘z yo‘lini yo‘qotadi. G‘oya davlat, jamiyat va inson yo‘lini 
yoritib boruvchi nurga o‘xshaydi. Inson tanasi tabiat qonunlari asosida yashaydi, 
ammo uning ongi g‘oyasiz yaratuvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi. Har qanday 
mustaqillikning ma’naviy poydevorini g‘oya tashkil etadi. Shu sababli g‘oya va 
mafkura hamda milliy va diniy qadriyatlarning saqlanishi jamiyat asoslangan bo‘lsa, 
jamiyat mustahkam, davlat barqaror bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda g‘oya va mafkura 
tushunchalariga turlicha ta’riflar berilgan bo‘lsa- da, ularni birlashtiruvchi yondashuv 
mavjud. 
Mustaqil yashashni istagan millat uchun, birinchi navbatda, milliy g‘oya kerak. 
Milliy g‘oya mustaqil ichki va tashqi siyosatni, uning huquqiy asoslarini belgilaydi. 
Milliy g‘oya har bir xalq va mamlakatning o‘ziga xos immunitetidir. Milliy g‘oyasini 
anglab yetmagan millat o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushadi va o‘zligini yo‘qotadi. Milliy 
g‘oyasi zaif millatni bo‘lib tashlash va bo‘ysundirish oson kechadi. Shu bois buyuk 
davlatchilik shovinizimi yoki egotsentrizm kasalligiga duchor bo‘lgan kuchlar o‘zga 
millat va xalqlarni bo‘ysundirish uchun, birinchi navbatda, ularning milliy g‘oyasiga 
tahdid soladi. Tarixda bo‘lgandek, bugun ham ushbu qurol yangicha shakl va 
mazmunlarda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston xalqi mustaqilligini qo‘lga kiritib, butun 
dunyoga O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li borligi, u o‘zbek xalqining 
milliy manfaatlariga asoslanishini e’lon qildi. O‘zbekistonning milliy manfaatlarini 
esa, albatta, uning milliy g‘oyasi ifoda etadi. Milliy g‘oya hech bir shaxs yoki 
buyuklar tomonidan o‘ylab topilmagan. U buzg‘unchi g‘oyalardan farqli ravishda 
o‘zbek xalqining og‘zaki (Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Kuntug‘mish kabi) va yozma 


131 
ijodiyotida (Avesto, Forobiy, Navoiy asarlari kabi), xalqimiz hikmatlari, urf-odat va 
an’analarida asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. 
Milliy g‘oya ongu shuuriga singdirilgan xalq farzandlari o‘zligini anglab, 
buyuk ma’naviy jasorat namunalarini ko‘rsatishgani tarixdan ma’lum. 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas 
kuch” asarida ta’kidlaganidek, To‘maris, Shiroq, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin 
Manguberdi, Amir Temur, Navoiy, Avloniy, Qodiriy, Fitrat ana shunday ma’naviy 
jasorat sohiblaridir. O‘zbek xalqi bor ekan, ularning nomi va xotirasi abadiydir. Milliy 
g‘oyani anglagan avlod ajdodlari an’analarini davom ettiraveradi. 
Jamiyat amal qiladigan g‘oya salkam uch ming yillik mustaqil rivojlanish 
yillarida o‘zbek xalqini buyuk kashfiyotlar va g‘alabalar sari yetaklab, xalqimizning 
milliy rivojlanish g‘oyasiga aylandi. Darhaqiqat, O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p 
konfessiyali davlat bo‘lgani bois hech bir din yoki elatning g‘oyasi jamiyatni 
birlashtirishga qodir emas. Faqat O‘zbekiston xalqining g‘oyasi bo‘lgan milliy 
g‘oyagina jamiyat sub’yektlarini birlashtirish salohiyatiga ega. Tarixdan ma’lumki, 
birlashtiruvchi g‘oyaga ega bo‘lmagan jamiyat, davlat tanazzulga yuz tutadi. Shu 
sababli milliy g‘oya va milliy mafkura masalasi har qandan jamiyat uchun 
hayot-mamot masalasidir. Hozirgi mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqining milliy 
g‘oyasi nafaqat amaliyotga tatbiq etildi, balki nazariy va amaliy jihatdan 
rivojlantirildi. 
Milliy tiklanish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Bu, avvalo, ko‘p jihatdan 
ma’naviyatga bog‘liq. Shu boisdan mustaqillikning dastlabki kunlaridan 
ajdodlarimizning ma’naviy merosini tiklash ishlari keng jabhada amalga oshirildi. 
Ma’naviy meros qadimgi zamonlardan buyon ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan 
bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy 
qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari 
majmuasidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha 
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli vujudga keladi va o‘sha davr hayotini aks 
ettiradi. Davrlar almashinuvi, jamiyatlardagi o‘zgarishlar haqiqiy ma’naviy 
merosning qadrini oshirib boradi hamda keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros 
maqomiga olib chiqadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlar tomonidan 
ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy 
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib 
qoldi. Darhaqiqat, O‘zbekistondagi ijtimoiy sohaning tub ildizlaridan bo‘lgan 
ma’naviy sohaning keng rivojlanishi xalqning faol ishtiroki bilan bo‘ldi. O‘zbek 
xalqining o‘z tarixi, urf-odatlari, milliy va diniy qadriyatlariga o‘zgacha ehtirom bilan 
munosabatda bo‘lishi jahon ahli tomonidan e’tirof etilgan. 
Umuman olganda, ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi xalqning ma’naviy 
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondir. 
Haqqoniy tarixni tiklash, milliy o‘zlikni anglash, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni 
o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Buyuk ajdodlarning hayot yo‘li va 
jasoratlari tarixiy 
xotirani jonlantirib, jamiyatda 
yangi 
fuqarolik ongni 
shakllantirishda axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda. 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin