O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


  baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va  samaradorligini oshirish taqazo etilmoqda.  3



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Eng yangi tarix kitob

150 
baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va 
samaradorligini oshirish taqazo etilmoqda. 
3.
 
Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan 
vazifalar. 
Ta’lim tizimining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan oliy ta’limning tubdan 
o‘zgartirilishi mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi 
bo‘ldi. Mamlakat kelajagi va taraqqiyoti bevosita yoshlarning bilimi va milliy istiqlol 
g‘oyasi ruhida tarbiyalanganligi bilan belgilanadi. Bu murakkab vazifa esa zamonaviy 
ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish orqali amalga oshiriladi. Shu bois ta’lim 
tizimida o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari darajasida 
rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Yoshlarni tegishli mutaxassislik, 
hunar va kasblarini chuqur egallashlari, shuningdek, Vatan va millat manfaatlari 
yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladigan barkamol shaxsni tarbiyalash ham oliy ta’lim 
zimmasidagi asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bu soha 
jamiyatning iqtisodiyoti, fani, madaniyati va texnologik jarayoni bilan yaxlit holda 
chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun uning taraqqiyoti umummilliy rivojlanish 
strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. XXI asr globalizatsiya bilan 
bog‘liq holda oliy ta’limda yangi an’analar va yangi muammolarni yuzaga keltirdi. Bu 
jarayon dunyoning barcha universitetlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bugungi kunda 
barcha universitetlar uchun dunyo ta’lim kengliklarida o‘z mavqeyini saqlab qolish, 
teng huquqli hamkor sifatida bo‘lish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Birinchi galda universitetlar ta’lim tizimining zamonaviy loyihasi tayyorlanib, 
ta’lim tizimining asosi bo‘lgan yangi o‘quv rejalar, dasturlar yaratildi. 1993-yildan 
davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va bakalavrlar tayyorlashda qo‘llanila 
boshladi. Viloyat markazlarida tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar 
tayyorlash sifatini oshirish, ulaming ilmiy intellektual imkoniyat va moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash maqsadida 1995-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy oliy o‘quv yurtlarini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari va 
kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darslik va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog 
kadrlar bilan ta’minlash amalga oshirildi. Bu davrda Toshkent Islom universiteti, 
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi o‘nlab universitet va institutlar 
tashkil etildi. Keyingi yillarda Moskva Davlat universitetining filiali, xalqaro 
Vestministr universiteti, Turin politexnika instituti kabi nufuzli oliy ta’lim dargohlari 
ham ochildi. Natijada mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish, 
xorijda tayyorlanadigan mutaxassisliklarni qo‘shma fakultet va institutlar ko‘magida 
tayyorlash tajribasi yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi Farmoni 
bilan Toshkent Davlat universitetiga “Milliy universitet” maqomi berildi. 


151 
Respublikamizda emas, balki Markaziy Osiyoda oliy ta’limning tashkil topishi va 
rivojlanishida Toshkent Davlat Universiteti katta o‘rin tutadi. Davrlar mobaynida 
ushbu universitetning qator fakultetlari negizida bir nechta mustaqil institutlar tashkil 
topdi. “Milliy universitet” mustaqillik yillarida oliy ta’lim rivojiga munosib hissasini 
qo‘shdi va kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining ijrosini ta’minlashga beminnat 
yordam berdi. Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, oliy ta’lim sohasida ko‘plab sohalarga 
bosh mezonni belgilovchi O‘zbekiston Milliy universitetida 40 dan ziyod ilmiy 
maktablar shakllangan bo‘lib, ulardagi ilmiy natijalar ilmu fan taraqqiyotiga xizmat 
qilib kelmoqda. 
2006-yil respublikada 62 ta oliy o‘quv yurtida 265438 talabaga 21409 ta 
professor-o‘qituvchi, jumladan, 1662 nafar fan doktori va professorlar, 7360 ta fan 
nomzodlari va dotsentlar ta’lim berdi. 
Mamlakatimizda 2016-yilda siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalar bilan 
bir qatorda, ijtimoiy sohalarda ham chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Jamiyat 
ijtimoiy sohasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri ta’lim-tarbiya sohasi bo‘lib, 
uning rivoji siyosiy, huquqiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi 
hamda ijtimoiy sohalar me’yoriy mohiyati, kamolot darajasini belgilab beradi. 
2017-yilda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat 
byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlari qismining 33,7 foizi 
darajasida rejalashtirilib, ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar hajmi 
mamlakatimiz Yalpi ichki mahsuloti tarkibida 10-12 foizni tashkil etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qarorida boshlangan islohotlar qonuniy 
asosini topdi va bu tizimning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Qarorda “har bir oliy 
ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari 
bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga 
xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnilogiyalar, 
ta’lim dasturlari va o‘quv metodik materiallarini keng joriy etish, ilmiy-pedagogik 
faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish” belgilandi. 
Shuningdek, belgilangan vazifalar sirasiga “oliy ta’lim muassasalarining ilmiy 
salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada 
rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, 
professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli 
talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish”ga ham e’tibor berildi. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish borasida ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. 
Jumladan, ta’lim sohasiga e’tiborning kuchaytirilishi natijasida respublikadagi oliy 
o‘quv yurtlarining soni oshirildi, ularning o‘quv rejalari, fan dasturlari xalqaro 
standartlarga moslashtirildi. Joylarda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun 
Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti (2017-y.) tashkil etildi. 
Bundan tashqari 15 ta oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus sirtqi 
bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun 
oliy ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi. 


152 
Statistik ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2019-yili respublikadagi 
oliy o‘quv yurtlarining soni 114 ta yetganini ko‘rish mumkin. Shulardan 93 tasi 
mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari 
hisoblanadi. 
Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta’lim yo‘nalishi va 582 ta magistratura 
mutaxassisligi kiritildi. 2019-2020 o‘quv yilida 59 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi 
ta’lim, 10 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakli joriy etildi. 
Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 
esa 13 ming nafarni tashkil qilib, 2016-2019-yillar oralig‘ida 1,7 baravarga oshdi. 
2019-2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va 
o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016-yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi. Keyingi 
yillarda ham qabul ko‘rsatkichlarini muntazam oshirib borish rejalashtirilganini 
alohida ta’kidlash joiz. 
Respublikaning 16 ta oliy ta’lim muassasasida 2018-2019 o‘quv yilidan 
boshlab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari 
asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish 
markazi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot instituti, 
Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi 
tashkil etildi. 
Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda 
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim 
bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi 
farmoniga muvofiq, Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 
tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar 
belgilandi. Masalan, 2030-yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA 
xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat 
qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. 
Oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishning asosiylaridan yana biri yangi avlod 
darsliklarining yaratilishi, davlat ta’lim standartini shakllantirish bo‘ldi. Bu jarayonda 
professor-o‘qituvchilar tomonidan ilm-fan sohasidagi innovatsiyalarni qo‘llagan 
holda turli yo‘nalish va mutaxassislik fanlaridan ko‘plab darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar yaratildi. 
Oliy ta’limning maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini 
ta’minlashga, o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida 
mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatdardosh kadrlarni tayyorlashdan 
iborat. Respublika oliy o‘quv yurtlarida talabalar bilim olish bilan birgalikda ilmiy 
tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Talabalarning ilmiy mavzulari ixtisosligi 
bo‘yicha tegishli ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy tadqiqot muassasalari bilan 
bog‘liq holda amalga oshiriladi. 


153 
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xorijdagi nufuzli oliy ta’lim 
muassasalari bilan aloqasini kuchaytirish, chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga 
jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro 
hamkorligi ta’lim tizimini takomillashtirish va uni jahon andozalariga ko‘tarish, 
malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro 
manfaatli aloqalar o‘rnatish, professor-o‘qituvchi, doktorant, magistrant va 
talabalarning til va kasbiy malakasini oshirish hamda ta’limning turli yo‘nalishlari 
bo‘yicha tajriba almashish maqsadida amalga oshirilmoqda. 
AQSh, 
Janubiy 
Koreya, 
Rossiya 
Federatsiyasi 
hamda 
Yevropa 
mamlakatlarining yetakchi oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishning tizimli asosi 
yaratildi. Shuningdek, so‘nggi yillardagi yana bir yutuq xorijdagi vatandoshlarimiz 
ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish masalasiga, iqtidorli xorijlik olimlarning 
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida dars berishlariga e’tibor kuchaytirildi. Bu 
jarayonda ilm ahli va chet eldagi olimlar o‘rtasida mustahkam ijodiy aloqalar 
o‘rnatildi. “Umid”, “Iste’dod” hamda “El-yurt umidi” fondlari tomonidan ilm-fan va 
ta’lim sohasi vakillariga xorijiy tajribani o‘rganish imkoniyati yaratildi. Buning 
natijasida tabiat va texnika-texnologiya haqidagi fanlar ham jahon andozasi darajasiga 
ko‘tarila boshladi. 1997-yilning dekabrida “Ustoz” jamg‘armasi tashkil topdi. Ushbu 
jamg‘armaning asosiy vazifasi professor-o‘qituvchilar orasidan yuqori malakali 
pedagog-ustozlarni tayyorlashdan iborat bo‘ldi. Bu jarayonni amalga oshirishda 
rivojlangan demokratik mamlakatlarda mavjud bo‘lgan tajribalar o‘rganildi va ular 
tatbiq etildi. 
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil 
etildi. Ushbu jamg‘arma chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli olimlar
mutaxassislar va ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlarga faol jalb etish tadbirlarini, shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan 
mamlakatlarda ta’lim olish, yetakchi xalqaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda 
malaka oshirish ishlarini jadallashtirmoqda. 
Shuni o‘rinda alohida qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi salohiyatini oshirishga ham katta e’tibor qaratildi. 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy- texnika bazasi 
mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar 
faoliyati qayta tiklandi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar Akademiyasiga saylov 
o‘tkazilib, o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom 
qozongan iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldilar. Bu 
o‘z o‘rnida, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirishda 
muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki jahonning yetakchi universitetlari, ilmiy 
markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni 
zamonning o‘zi talab etmoqda. 
Olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichga ko‘tarish 
ilmu fanning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini oshirish maqsadida Innovatsion 
rivojlanish Vazirligi (2017-y.) tashkil etildi. Qisqa vaqt davomida Innovatsion 


154 
rivojlanish vazirligi tomonidan ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani 
ta’minlash uchun zarur tizim yaratildi. Ilmiy tadqiqot muassasalari va olimlarning 
innovatsion g‘oya va loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, qiymati 28,2 milliard so‘mlik 31 
ta startap loyiha moliyalashtirildi. Xalqaro hamkorlik doirasida 2020-yil birinchi 
choragi davrida Germaniya, Rossiya, Belorussiyadagi sheriklar bilan 9,6 mlrd so‘mlik 
38 ta qo‘shma loyiha amalga oshirildi. 
Davlatimiz rahbari 2019-yil 24-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida 
oliy ta’lim va ilm-fan namoyondalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar, 
ta’lim tizimini sifat jihatidan tubdan yaxshilash borasida qator fikrlar bildirildi va 
moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun 6 mln dollar hajmda moliyaviy ko‘mak 
ajratishga ko‘rsatmalar berildi. 
2020-yil 24-sentabrda yangi tahrirdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. 
Yangi tahrirdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonun 1997-yildagi ta’lim to‘g‘risidagi qonun va 
kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida tashkil qilindi. Uning asosiy farqi 
quyidagilardan iborat: 
birinchidan, ta’lim turlari klassifikatsiyasi kengaydi; 
ishlab chiqarishdan uzilgan holda (kunduzgi) va ishlab chiqarishdan uzilmagan 
holda (sirtqi, kechki, masofaviy); 
dual ta’lim turi-nazariy qism ta’lim maskanida olinadi, amaliy qism ta’lim 
oluvchining ish joyida amalga oshiriladi; 
uydagi ta’lim va mustaqil ta’lim; 
yoshi kattalarga ta’lim berish; 
imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim; 
ekstemat - ya’ni o‘quv dasturidagi materiallami mustaqil o‘zlashtirish va 
yakuniy imtihonlarni oliy ta’lim maskanida topshirish; 
Mudofaa va huquqni muhofaza qilish sohasidagi kadrlarni tayyorlash. 
Yangi tahrirdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi natijasida oliy 
o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirildi, xususan, sirtqi, kechki va 
masofaviy shakldagi hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim 
tizimi joriy etildi. 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi yillarda respublikada 10 dan ortiq 
xalqaro oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro 
universiteti, Janubiy Koreyaning Puchon universiteti, Inxa universiteti filiali, 
AQShning Vebster universiteti filiali, Turkiya davlat Iqtisodiyot va texnologiyalar 
universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent shahridagi “MEI” Milliy 
tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali, “MMFI” 
milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom OTMning Toshkent filiali, 
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy-texnik 
kvalifikatsiyalar institutlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8- iyundagi PQ-4740-sonli qaroriga muvofiq 
Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi. 
Umuman olganda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar jarayonida oliy ta’limning o‘rni va ahamiyati hamda ilm-fan taraqqiyotiga 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin