156
oliy ta’limni jahon standartlariga javob bera oladigan, mamlakatning kelajagi uchun
xizmat qila oladigan darajaga ko‘tarishning yangi bir davrini boshlab berganligini
qayd etish zarur.
Ushbu konsepsiyada oliy ta’lim sohasida davlat - xususiy sheriklikni
rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini
tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada
sog‘lom raqobot muhitini yaratish; respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasini
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symondg Wotld University Ranking,
Times Higher Education yoki Akademic Ranking of World Universites) reytingining
birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan,
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500
o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, oliy ta’lim muassasalarini
akademik mustaqilligini ta’minlash kabi qator muhim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Farmonda nodavlat-notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy
ta’lim Kengashini tuzish belgilandi. Kengash vazifalari
sirasiga professor-
o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchining
fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini
oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, “ta’lim
berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini
o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati
institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish” vazifasi kiritildi.
Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli
ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
•
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitish tashkil
qilingan OTMlar soni 23 tadan 45 taga ko‘payadi.
•
O‘quv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklini yaratish 20 foizdan 30
foizga oshiriladi.
•
Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarini ilmiy
faoliyatga
yo‘naltirish 15 foizdan 45 foizgacha ko‘tariladi.
•
Xorijda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan
professor-
o‘qituvchilarning ulushi 2 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.
•
Muhandislik - texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar
ulushi 20 foizdan 50 foizgacha ko‘payadi.
•
2019-yil aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish 20
foizni tashkil etgan
bo‘lsa, 2030-yilga borib 50 foizga oshadi.
•
Nodavlat, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy
ta’lim muasasalari soni 35 taga yetkaziladi.
•
Kredit - moddiy tizim joriy etiladigan oliy ta’lim muassasalari soni ham 2
tadan 85 taga ko‘payadi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarini
rivojlantirish masalasiga ham katta e’tibor qaratildi. 2017-2019-yillarda 1693 nafar
professor-o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta’lim
157
muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9636 taga yetdi, shu davr
oralig‘ida oliy o‘quv yurtlarining 1611 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy oliy ta’lim
muassasalarida stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi ta’minlandi. Xalqaro hamkorlik
doirasida xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisliklariga
112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta’lim olishga yuborildi.
Yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarning amalga oshirilishi oliy ta’lim
muassasalarining taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik masaladir.
Bu jarayonda
oliy ta’lim muassasalarining real imkoniyatlaridan kelib chiqib, qabul kvotalarini
mustaqil belgilash tizimini joriy etishga yo‘l ochildi. Shu
bilan birgalikda, bu oliy
ta’lim olish istagidagi yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy o‘quv
yurtlariga hujjat topshirish imkoniyatini ham yaratdi. Fuqarolarimizning chet
davlatlardagi OTMlardan O‘zbekiston OTMlariga o‘qitishni ko‘chirish tizimi
soddalashtirildi. 2019-2020 o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirishga yalpi ravishda
ruxsat berildi. Natijada minglab talaba yoshlar respublika OTMlarida o‘qishni davom
ettirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Oliy ta’limdagi sifat o‘zgarishlari bilan birgalikda, uning jamiyat hayotidagi
insonparvarlik jihatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tish joiz bo‘ladi. Masalan, Davlat
komissiyasi majlisining 2020-yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga umumiy
belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin- qizlar
uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining
hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilida
xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha 940
ta kvota ajaratildi.
2020/2021 o‘quv yili uchun respublika OTMlariga abituriyentlarni qabul
qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha
ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Unga ko‘ra,
respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 2799 ta kvota berildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni
2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim
shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga
tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining
ro‘yxati tasdiqlandi.
Umuman aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim
tizimini jahon talablari darajasiga ko‘tarish doimo kun tartibida turdi. Oliy ta’lim
sifatini, universitetlarning jahonning nufuzli universitetlari
qatoridan joy olishi
O‘zbekistondagi oliy ta’lim oldiga qo‘yilgan birlamchi talablardan bo‘lib qolmoqda.
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilm-tadqiqot, innovatsion
yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmi
yaratilmoqda. Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash,
uni demokratlashtirish,
kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz
ta’lim
tizimini
rivojlantirish
tobora
kuchayib
bormoqda.
Ta’limni
158
fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki
fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har
tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun
loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion
loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga
erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: