148
2017-2019-yillarda respublika miqyosida 157 ta umumta’lim maktabi yangidan
qurildi.
Ulug‘ allomalarimiz - Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi
iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov,
Abdulla
Oripov, Ibroyim Yusupov, Ishoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima
Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”,
Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi
ta’lim dargohlari tashkil etildi. Ta’lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak
o‘qituvchilarning alohida o‘rni va ta’siri
borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq
chora-tadbirlar natijasida xalq ta’limi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak o‘qituvchi
qaytdi.
Pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha ham katta ishlar
qilinmoqda. 2017-2020-yillar oralig‘ida o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5
barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini
rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo‘shimcha
oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod
o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, respublikada ta’limning yangi tizimini
amalga oshirishda O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib
chiqib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlari
demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirilib,
uning
moddiy-texnik bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekiston
ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
Mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan
maktabgacha ta’lim tizimi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Statistik
ma’umotlarda keltirilishicha, 2006-yilda 6565 ta maktabgacha ta’lim muassasasi
bo‘lib, unda 571157 nafar bola ta’lim-tarbiya olgan. 59595 nafar pedagog xodim shu
sohaga jalb etilgan. Ammo bu raqam shuni ham ko‘rsatadiki, bu paytda atigi 21,4
%gina maktabgacha bolalar qamrab olingan edi. Ushbu masalalarning yechimini
topish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i, ya’ni xususiy
sektor ulushining ortganini ko‘rish mumkin. Masalan, “Xonadon bog‘chasi”, “Fermer
xo‘jaligi bog‘chasi”, “Bolalar bog‘chasi - boshlang‘ich maktab” majmualari vujudga
kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 30-
sentabrdagi Qaroriga muvofiq yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi
tashkil etildi. O‘tgan qisqa davrda 980 dan ortiq bog‘chalar ishga tushirildi. So‘nggi
2019-yili respublika bo‘yicha bolalar bog‘chalarining soni 1 ming 400 taga ortib, 6
ming 367 taga yetdi. Ularda ta’lim va tarbiya ishlari mazmun hamda sifat jihatidan
eng ilg‘or usul va vositalar yordamida olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga Murojaatida O‘zbekistonda ta’lim
tizimining taraqqiyoti davlat siyosatining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab shunday
dedi: “Uchinchidan,
ilm- fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish zarur. Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan
149
bir hikmatli so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga
yetaklaydi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi
prinsipiga asoslanishi, ya’ni ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi
lozim”.
Ta’lim tizimi aholining katta qismini jalb qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz
ta’lim tizimidagi asosiy bo‘g‘in bo‘lib, u bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Tarixiy ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2000-yil boshiga kelib,
mamlakatimizda 61 ta oliy, 25 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlari,
shu jumladan, 75 ta
kollejlarda 360 mingdan oshiq talaba tahsil oldi. O‘zbekistonda 2006-yilda 9748 ta
maktab bo‘lib, ularda 5 mln 926860 ta o‘quvchilar ta’lim oladi. Ular uchun 451567 ta
o‘qituvchilar faoliyat yuritib 463 nomda 16,8 mln nusxa darslik nashr etiladi.
Pedagog xodimlarni namunaviy arzon uy-joylar, avtotransport bilan ta’minlash
maqsadida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar berish, ularning oila a’zolariga
tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
2019-yildan boshlab mutaxassis o‘qituvchilarning oshirilgan haqi miqdori 54 foizga,
oliy toifali pedogoglarniki esa 64 foizga yetkazildi. Ushbu harakatlar natijasida
2018-yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 16 ming nafar oliy ma’lumotli yosh
kadrlar bilan to‘ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar maktablarga
qaytishdi. Professor-o‘qituvchilar oyligi va mavqeyini oshirish siyosati tizimli davom
ettirilmoqda. Oylik maoshlari bir necha barobar oshirildi. Ilg‘or o‘qitish tizimini
kengroq joriy etish, ilmiy tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish maqsadida 20 foizdan 60
foizgacha ustama haq to‘lash o‘z natijasini ko‘rsatdi.
Maktablardagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish,
“Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni
birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. Maktablarga buyuk allomalar,
davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning
nomlarini berish
yo‘lga qo‘yildi.
Maktablarda 10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi
munosabati bilan mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida
7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiallari va 1
ta oliy o‘quv yurti tashkil etildi.
Umuman aytganda, xalqimiz qadimdan ilm va ma’rifatga intilib kelgan. Istiqlol
yillarida ushbu soha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoridan o‘rin oldi.
Buni olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda
jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk barkamol yoshlarni tarbiyalash va ularning bilim
olishi bo‘yicha bergilangan vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizda farovon
hayotni ta’minlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ustoz va
shogirdlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari, olimlarning fidokorona mehnatlari
tufayli masofaviy ta’lim va onlayn dars berishda ham ijobiy tajribalar to‘plandi.
Endilikda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar siyosatini
rivojlantirishni hamda uning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash borasida
qilinayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunigdek, ta’lim va o‘qitish sifatini