163
optimallashtirildi. Davlat hokimiyatining ijro etuvchi organining amaliy yordami
bilan bunday optimallashtirish natijasida 1991-yilda Davlat reja qo‘mitasi va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzildi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasida bir qator muhim tushunchalar va tamoyillar mustahkamlab
qo‘yilgan, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni aniqlangan (32,
54, 55, 58-moddalar). Siyosiy partiyalami moliyalashtirishni huquqiy tartibga solish
imkoniyatini yaratgan “Siyosiy partiyalami moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunning
qabul qilinishi partiyalarning ijtimoiy-siyosiy faolligining o‘sishiga ijobiy turtki
bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda jamiyatning turli sohalarida turli jamoat birlashmalari
faoliyat yuritadi, jumladan, 2001-2016-yillarda respublika darajasida faoliyat
yuritgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, shuningdek, O‘zbekiston Xotin- qizlar
qo‘mitasi, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar ham samarali faoliyat yuritdi.
Dostları ilə paylaş: