2.
Aholi turmush darajasini yuqori darajada ta’minlash.
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi.
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud
an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar
ko‘lami esa har qanday kishini mamnun etadi. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda
qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr
avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017-
2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni
qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 ming
286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari,
namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish
mo‘ljallangan”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini
yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini
ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari
rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.05),
“Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora- tadbirlari
to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy
axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora- tadbirlar
to‘g‘risida” (14.08), “2018-2019-yillar, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi.
Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini
takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat
ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
(18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan
122
foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04),
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
(01.6)
va boshqa Farmonlari qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash
sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
(01.4)
, “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”
(4.4)
, “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida
onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni
takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021- yillarda ichimlik
suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda
modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018-2022-yillarda issiqlik
ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017-2021- yillarda ko‘p
xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017-2021-yillarda yer osti
suvlari zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga
solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi
tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish
hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy
mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
(06.6)
, “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan
tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
(20.6)
, “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa
Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chiqdi.
Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga
oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon
narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda
aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga
qo‘yildi. Hozirgi paytda mamlakatimizning barcha mintaqalarida ikki sotixli
namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish
jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi
bag‘oyat minnatdor.
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy qurilishi maydoniga aylandi.
Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har
taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma- pesh
bitkazilyapti.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti.
123
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi
mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga
parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li
ham quriladi. Shuningdek, Sergelining bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga
bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga
ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yo‘l va
ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti.
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’atva sport sohalarini rivojlantirish
ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017-2018 o‘quv yilida
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha
xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida qayd
etish lozim.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz
berdi.
2017-yilning 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV
qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu
borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30-iyun Yoshlar kuni sifatida
bayram qilinadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07.2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p qonunosti
hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga
qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi.
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay
sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari
ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar
uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida
yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. Bu
ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti. Bularning bari - ijtimoiy
sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarishni ko‘zlab amalga
oshirilyapti.
O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga,
124
o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016-yildagi 1293,8
ming so‘mdan 2019-yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi.
Jahon bankining “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida, uy
xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020-yilning
yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan
1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning
mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-
harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun
zarur institutlar yaratildi. Bu, avvalambor, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha
davlat siyosatini belgilab beradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam
ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini
obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Obod qishloq”
dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari
yaxshilandi. Birgina 2019-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini
amalga oshirish uchun jami 600 million AQSh dollariga teng 6,1 trln so‘m ajratildi.
Biroq erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O‘zbekistonda 400
mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki
mezonlariga ko‘ra, 2015-yil oktabridan boshlab Global kambag‘allik darajasiga
kuniga 1,9 AQSh dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning
mehnat bozoridagi ulushi 40-50 foizni tashkil etadi. Biroq kambag‘al uy
xo‘jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi.
Prezidentimizning 2019-yil
28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarga katta g‘ov hisoblanmish korrupsiyaga
yana bir bora qattiq zarba beradigan hujjat bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, 2016-yilning oktabr oyida davlatimiz rahbari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’yezdidagi saylovoldi
ma’ruzasida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlar barobarida
O‘zbekistonning barqaror rivojiga xavf tug‘dirayotgan tahdidlar orasida aynan davlat
hokimiyatini obro‘sizlantirib, iqtisodiyotning o‘sishi va tadbirkorlik rivojiga jiddiy
to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiya masalasiga barchamizning e’tiborimizni qaratdi.
Aynan shu davrdan boshlab mamlakatimizda bu salbiy illat bilan murosasiz kurash
olib borish borasida barqaror qadamlar qo‘yildi.
125
Darhaqiqat, ko‘p vaqt o‘tmay, ya’ni 2016-yilning noyabr oyida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun hujjatining samaradorligini ta’minlash maqsadida 2017-yil 2-
fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.
Kuni kecha e’lon qilingan Farmon ana shu tizimli ishlarning mantiqiy davomi
bo‘lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yaratilgan mexanizmlarni yanada
takomillashtirish, ushbu illatni batamom bartaraf etish choralari ochib berilgan.
Eng muhimi, ushbu Farmonning aynan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida e’lon qilinishi diqqatga sazovordir. Aynan
shuning uchun ham mazkur hujjatda iqtisodiyotni yanada ravnaq toptirish, xalq
farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi
strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat
siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya
ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli
choralar ko‘rilishini ta’minlash alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Farmonning asl mazmun-mohiyati shundan iboratki, korrupsiyaga qarshi
kurashish bu nafaqat davlatning vazifasi, balki jamiyat ham davlat bilan hamkorlikda
bu salbiy illatga barham berishda faol ishtirok etishi lozim. Shuning uchun ham
hujjatda aynan siyosiy partiyalarning bu boradagi rolini yanada kuchaytirish alohida
ko‘rsatib o‘tilgan.
Darhaqiqat, partiyamizning saylovoldi dasturida ham aynan korrupsiya va
uning har qanday ko‘rinishi bilan murosasiz kurash olib borish asosiy o‘rinni
egallagan. Chunki mazkur salbiy illatga barham berilmas ekan, iqtisodiyotni
rivojlantirish, mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, chet el
investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish hamda davlatimizda o‘rta sinfni
shakllantirish nihoyatda og‘ir kechadi. Korrupsiyaning yana bir salbiy tomoni
shundaki, u mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijiga, reytingiga o‘zining
salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning natijasida mamlakatning investitsiya
jozibadorligiga putur yetishi mumkin.
Shuning uchun ham partiyamiz va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi
mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta’minl ash hamda bu
borada tegishli nazoratni amalga oshirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqishni maqsad qilgan. Xususan, o‘z elektorat manfaatini himoya qilgan
holda, davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishlab
chiqiladigan tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, “Davlat xaridlari
to‘g‘risida” hamda “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari doirasida tegishli davlat organlari tomonidan mazkur qonun
hujjatlarini bajarish borasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
amalga oshirilgan ishlarni monitoringini o‘tkazish, lozim bo‘lsa, parlament eshituvi
darajasida mazkur masalalarini o‘rganishni ko‘zda tutmoqda.
126
Shuningdek, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun doirasida mamlakat
hududlarida tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z
faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini jalb etgan
holda davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishga
ko‘maklashishni ko‘zlamoqda. Farmonga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman
va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish
uchun tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga tadbirkorlik sub’yektlarining
manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan
nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini kiritish choralarini ko‘rish, har chorakda
tadbirkorlik sub’yektlaridan kelib tushadigan va korrupsiya holatlari bilan bog‘liq
murojaatlar tahlilini o‘tkazib, tegishli choralarini ko‘rish ham maqsadga muvofiq deb
hisobaymiz.
Bundan tashqari “Men korrupsiyaga qarshiman” shiori ostida endi faoliyatini
boshlagan yosh tadbirkorlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari va boshqa
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman, korrupsiyaga
qarshi murosasiz kurashda natija beradigan har qanday chorani ko‘rish, eng muhimi,
parlament nazoratining ta’sirchan usullaridan foydalanish davlatimiz uchun ham,
jamiyatimiz uchun ham birdek naf keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |