114
“SITIK” va boshqa ko‘plab kompaniyalar kiradi.
2017-yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli olti martaga, aholining real
daromadlari esa to‘qqiz martaga yaqin o‘sdi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot
ulushi 6,9 martagacha ortdi, bu esa O‘zbekistonga o‘rta
darajadagi daromadli
davlatlar qatoriga kirish imkonini berdi.
O‘sha paytda jahon banki reytingiga binoan iqtisodiy darajasiga ko‘ra,
O‘zbekiston 190 mamlakat orasida 63 o‘rinni egalladi. Butunjahon iqtisodiy forum
bahosiga ko‘ra, 2014 va 2015 yakuni va 2016-2017-yillar o‘sish prognozlari bo‘yicha
O‘zbekiston dunyoda eng tez rivojlanayotgan beshta davlatdan biri hisoblanishi qayd
qilingan. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari aholi o‘rtasida daromadlarni nisbatan
mutanosib ravishda taqsimlanishini ta’minlagan edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 2002-yilgacha respublikaga
12 mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilgan. Yoki xorijlik fuqarolar va
tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan qo‘shma korxonalarga jalb qilingan
investitsiyalar ulushi 2000-yildagi 6,9 %dan 2001-yilda 26,0 %ga, ya’ni 3,7 baravar
oshgan. Respublika bo‘yicha 2007-2011-yillarda umumiy investitsiyalar hajmida
xorijiy investitsiyalar ulushi 22-25 %ni tashkil qildi.
Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb
bo‘lmaydi. Agar mustaqillik yillaridagi statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa,
jumladan, 2002-yilgacha respublikaning 31 tumanida xorijiy investitsiyalar
ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan edi. Agar 2000-yilning
boshida
143,5 ming korxona mavjud bo‘lsa, 2002-yilda yurtimizda 240 mingta o‘rta va kichik
korxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan 85 mingtasi fermer xo‘jaliklaridir. Xususiy
sektor aholining 30 %ini ish bilan ta’minladi. Xususiy korxonalarni YaIMdagi ulushi
35 % bo‘lgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasining roli esa bu borada oshib bormoqda. Jamg‘arma tomonidan
tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z tovar va xizmatlarini tashqi bozorlarga chiqarish
bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘zaro tuzilgan
shartnomalar asosida 2015-yili qiymati 840 million dollardan ziyod tovarlar eksport
qilingan. Jamg‘arma ko‘magida 2016-yilda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 1
milliard 250 million dollar miqdoridagi eksport shartnomalari tuzilgan.
Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bugungi imkoniyatlari nuqtayi nazaridan
olib qaraganda albatta past. Shu boisdan, Prezident o‘zining “Tanqidiy tahlil qat’iy
tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi
bo‘lishi kerak” nomli kitobida muhim vazifalardan biri sifatida -
“O‘ztadbirkoreksport” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek,
Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining
eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha
kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksporti bilan bog‘liq kamida 1 milliard 500 million
dollarlik eksportni ta’minlashi kerakligini uqtirgan edi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi
o‘rtacha 67 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015-yilda dalalardan 7,3 million
115
tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki
million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan
ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014-yilga
nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1, tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil
etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan
mehnatlarining samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer
xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli
yirik sub’yektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki,
ayni paytda ular
faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki
zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda
qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat qilishyapti.
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga bo‘lgan talab dunyo
miqiyosida ortib bormoqda. Shu bois ham hukumat tomonidan istiqbolda oziq- ovqat
ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi “2016-2020- yillar
davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora- tidbirlari
to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturulamaldir. Chunki bu hujjatda tuproq
unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti og‘ir, kam rentabelli ekin maydonlariga
paxta va g‘alla o‘rniga
meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish
vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida boshoqli don
yetishtirish hajmi 8,5 mln tonnaga oshirildi, kartoshka yetishtirish 35 %ga,
sabzavotlar 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht yetishtirish 26,2 foizga,
baliq yetishtirish 2,5 martaga ko‘paydi.
Shuni qayd etish kerakki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq
xo‘jalik mahsulotining 40 foizdan ortig‘ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi.
Chorvachilik sohasida ham erkin bozor mexanizmlari shakllantirilgani, ko‘plab
imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab
chiqarish hajmi muttasil ortib boryapti. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini
rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil
mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60
mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi.
Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar
tayyorlash masalasi ham
muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligini ham ta’kidlash
o‘rinli.
Agrar sohada zamonaviy fan-texnikani puxta biladigan trener-o‘qituvchilarni
tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga qaramay, yuqorida
ko‘rsatilgan o‘qitish tizimlarida mahoratli, bilimli pedagog kadrlarning yetishmasligi
ham dolzarb muammolardan biridir.
Shu boisdan yoshlarning agrar sohada biznes tashabbuslari, startaplari,
g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab- quvvatlash,
band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va
biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, umuman, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy
faolligini oshirish orqali ulaming bandligini ta’minlashga qaratilgan “Yoshlar -
116
kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, “Har bir oila - tadbirkor”
dasturi doirasida ularning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda
sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3
yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr
bilan, yillik 7
%
stavkasi miqdorida kreditlar ajratilishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi
mavqeyini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: