O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Eng yangi tarix kitob

6.
 
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati va ularning jamiyatni 
demokratlashtirishdagi o‘rni. 
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
o‘rni beqiyosdir. Zero, boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti 
yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib 
turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini 
saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganini yaqqol 
ko‘rib turibmiz. 
Mahallaning tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab asrlar davomida o‘zgarib 
turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida 
istiqomat 
qiluvchi 
kishilar 
o‘rtasida 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni 
muvofiqlashtirib turgan. 


82 
Mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlarining eng yorqin ko‘rinishi, ayni paytda 
fuqarolik jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olingani bilan ham o‘zining yuksak 
mavqeyiga ega. U yuksak madaniyat va kishilar o‘rtasidagi munosabatlar 
ma’naviyatiga asoslanadi. 
Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum va 
an’analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda. Shu bilan 
birga, mahallaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda, ular bugun o‘zini o‘zi 
boshqarish idorasi, haqiqiy demokratiya darsxonasi sifatida keng ko‘lamli faoliyat 
olib bormoqda. 
Bu borada Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik akademiyasining professori 
Xan Do Xyon ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mahallaning 
noyob tarixiy roli qayta tiklandi va boyidi. O‘zbekistonning barcha hududida, katta 
shaharlar bilan bir qatorda, uzoq tumanlarda ham mahallalarning faoliyat 
ko‘rsatayotgani O‘zbekistonda davlat boshqaruvi xalq va davlatning yaqin hamkorligi 
asosida qurilganidan dalolat beradi. Mahalla instituti umuminsoniylik o‘lchovida 
katta qadriyat kasb etadi. Shu bois uni YuNESKOning Umumjahon nomoddiy meros 
ob’yektlari ro‘yxatiga kiritish zarur, deb hisoblayman”, deya fikr bildiradi. 
O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O‘zini 
o‘zi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda. Mahalla 
mamlakatimizda ko‘p asrlardan buyon mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlat 
mustaqilligidan keyingina munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan 
davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga 
kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. 
Uning 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat 
ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega 
ekanliklari, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va 
davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining 
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan 
amalga oshirilishiga oid norma o‘z ifodasini topdi. 
Shuningdek, “Mahalla” so‘zi asli arabcha “joy”, “o‘rin”, ma’nosini anglatadi. 
Respublika Konstitutsiyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullardagi 
mahallalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy o‘rni belgilab 
qo‘yilgan. Asosiy Qomusimizning 105-moddasi bilan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi. Unga ko‘ra, shaharcha, 
qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki 
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylashi belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - xalq hokimiyatini amalga 
oshirishning shakllaridan biri sifatida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
huquqiy maqomini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
nafaqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining huquqiy hujjatlarida, 
balki butun normativ-huquqiy hujjatlar ichida shoh hujjat hisoblanib, jamiyatning 


83 
butun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalari uning asosida tartibga solinadi. 
Asosiy Qonunimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga alohida 
to‘xtalib o‘tilganligi, bu demokratik institutga nisbatan yuksak umid va ehtirom 
bildirilganligidir. Uning barqarorligi va ustunligi jamiyat siyosiy-huquqiy tizimida 
katta o‘rin egallab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan chambarchas 
holda rivojlanadi. Chunki mamlakatimizda Konstitutsiyaning ustunligi fuqarolarning 
huquqiy ongi va madaniyatining yuksakligi bilan ta’mmlanadi. Huquqiy ong va 
madaniyat esa jamiyatning eng dastlabki jabhasi bo‘lgan mahallalarda, qolaversa, 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolaming rivojlantirishi bilan taraqqiy etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida sof nazariy nuqtayi nazardan 
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining umumiy maqomi belgilab berildi. 
Konstitutsiya fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashkil etilish 
asoslari, ularning boshlang‘ich faoliyati hamda jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini 
birinchilardan bo‘lib o‘zida aks ettirdi. Konstitutsiya fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarishining huquqiy asoslari ichida eng asosiy o‘rinni egallaydi va quyidagi 
omillari bilan ajralib turadi: 
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarishini xalq hokimiyati amalga oshuvining bir shakli sifatida tan oladi va 
kafolatlaydi; 
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - xalqaro huquqning umum 
e’tirof etgan normalariga asoslangan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining rivojlanishiga normal sharoit yaratib beradi; 
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - fuqarolarning mahalliy 
ahamiyatga molik masalalarini amalga oshirishda bevosita va bilvosita qatnashishini 
kafolatlaydi. 
Ta’kidlash kerakki,1992-yil 12-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining 
birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan “Mahalla” Respublika hayriya 
jamg‘armasi tashkil etilgani, 1993-yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishining o‘ziyoq mahalla 
institutining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligining yorqin dalilidir. O‘z 
navbatida, Qonunda umumiy qoidalar, fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi, rais 
(oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylash tartibi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy negizi, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
vakolatlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining strukturasi va ularning faoliyatini 
tashkil etish, raisning vakolatlari kabi masalalar o‘zining huquqiy yechimini topgan 
edi. Ushbu Qonun bilan milliy davlatchilik tarixi, huquqiy an’analarimiz va 
qadriyatlarimizga mos keladigan, xalqimizning xohish irodasini aks ettiradigan, 
davlat va jamoat ishlarida aholining faol ishtirokini ta’minlaydigan fuqarolar o‘zini 
o‘zi boshqarish tizimining maxsus huquqiy kafolati yaratildi hamda mazkur sohani 
tubdan qayta qurishning huquqiy mezonlari belgilab berildi. 
1995-yil 21-dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksiga ham mahalla haqida alohida modda kiritilgan bo‘lib (78-modda), unda 
qayd etilganidek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs 


84 
sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir” 
Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga o‘tish 
davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi bilan ushbu Qonunni ma’lum 
normalar bilan to‘ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999-yil 14-aprelda 
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi “Mahalla posboni” 
jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi 
yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori 
mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining 
rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. 
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga 
berilgan vakolatli huquqlar: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning 
xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
atrof-muhitni muhofaza qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; 
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish va 
qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; mahalliy byudjetni 
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarni hosil qilishdir. 
Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli 
viloyat hokimlari tomonidan tayinlanadi. 
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimlari tomonidan 
tayinlanadi va ishdan ozod qilinadi. Viloyat, tuman va shahar hokimlarining qarorlari 
Xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik idorasi 
bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga rahbarlik qiladi. Xalq deputatlari 
mahalliy Kengashlariga: shaharlardagi tuman, shahar va viloyat Kengashlari kiradi. 
Mustaqillik yillarida hokimlik institutining tashkil qilinishi hududiy boshqaruv 
tizimining muvofiqlashishi va mexanizmining aniq faoliyat ko‘rsatishida muhim 
qadam bo‘ldi. 1993-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy 
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada tegishli 
huquqiy hujjat vazifasini o‘tadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari 
va tegishli hokimlarning faoliyati O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun va Qoraqalpog‘iston Qonunlari bilan tartibga 
solinadigan bo‘ldi. 
1994-
yil 4-yanvarda Oliy Kengashning 9-sessiyasida “O‘zbekiston 
Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi 
Qonun qabul qilindi. Toshkent shahri va 12 viloyatda 1992-yil davomida Prezident 


85 
tavsiyasi asosida birinchi marta hokimlar tayinlandilar. 
1995-
yil sentabrda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
Akademiyasi tashkil qilindi. Ushbu akademiyada o‘tgan faoliyat yillari davomida 
2000 ga yaqin rahbar va tegishli mutaxassis kadrlar o‘z malakalarini oshirdilar. 
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 30-maydagi qarorida istiqbolli 
boshqaruv kadrlar faoliyatini takomillashtirishda mazkur akademiyaning o‘rni va roli 
alohida belgilab qo‘yildi. 
Jamiyatni demokratlashtirish, huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etish - 
O‘zbekiston istiqbolda tanlagan bosh strategik yo‘l bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston uchun an’anaviy sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks 
ettiruvchi hamjihatlik, totuvlik, bag‘rikenglik g‘oyalari hamda jamoatchilik fikrining 
ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar asos qilib olindi. Shubhasiz 
o‘z-o‘zini boshqaruv tizimida an’anaviy mahalla institutining o‘rni va roli katta 
ahamiyat kasb etadi. Tarixiy jihatdan mahalla kishilarni hamjihatlikka, totuvlik, 
o‘zaro hayrixohlikka chaqiradigan organ bo‘lib kelgan. 
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda 1993-yil sentabrda Oliy 
Kengash 12-sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezidentning 1992- yil 
12-sentabrda “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish va 1992-yil 8- oktabrda 
xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi Farmonlari mahallalarga 
homiylikni tashkil etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylar joylashgan kvartallarga 1992-yil 
boshlaridan mahalla maqomi berilib, tarixiy nomlar qo‘yildi, fuqarolar yig‘ini 
o‘tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. Sovet davrida tuzilgan 
qishloq va posyolka (shaharcha)larda vakillik boshqaruv organlari qishloq yoki 
posyolka sovetlari deb atalgan, ular mustaqil hokimiyat organi bo‘lmay, xalq 
deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalariga bo‘ysunar 
edi. Mustaqil bo‘lgach mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat hokimiyati tizimidan 
ajratish tomon yo‘l tutildi. 
1994-yil 12-mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllantirildi, 
2001-yil ularning soni 7847 tani tashkil etdi. 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi 
Qonunda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va huquqi kengaytirildi. 
Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish, 
davlat vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ya’ni kuchli 
davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu 
jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning asosiy negizini 
tashkil etuvchi mahalla instituti fuqarolik jamiyati institutlarining eng muhim bo‘g‘ini 
sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Konstitutsiyaning ushbu qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada 
rivojlantirish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Shunday qilib, 1993-yil 2- 
sentabr kuni “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun 


86 
qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta qonunchilik darajasida mahalla faoliyatini 
tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab berdi. 
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab 
bo‘layotgan demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib 
borgani sari mahalla institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati 
tug‘ildi. Natijada 1999-yil 14-aprel kuni “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo‘yildi, mahalla faoliyatining asosiy 
tamoyillari, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab berildi, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi. 
2004-yil 29-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 
saylovi 
to‘g‘risida”gi 
qonunning 
qabul 
qilinishi 
mahalla 
faoliyatini 
demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu qonunda, birinchidan, 
fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va 
mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi; ikkinchidan, saylov jarayonining 
barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi; uchinchidan, qonun darajasida mustahkam 
huquqiy kafolat yaratildi. 
Mahalla o‘z faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha ham davlat ko‘magini ola 
boshladi. Shunday qilib, rais, mas’ul kotib, “Mahalla posboni”, jamoatchilik tuzilmasi 
rahbari va fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya 
masalalari bo‘yicha maslahatchisidan iborat to‘rt nafar mas’ul shaxs ishi, shuningdek, 
mahallaning qo‘shimcha xarajatlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari 
byudjetidan moliyalashtirilmoqda. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda 10 000ga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organi 
faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 8275 ta mahalla, 1301 ta qishloq, 154 ta shaharcha va 
155 ta ovul fuqarolar yig‘inidir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari va faollari qonunchilik 
belgilab bergan vakolatlardan kelib chiqib, fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan komissiyalar yordamida aholini ijtimoiy-siyosiy 
hayotga jalb qilish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish, oilalarda qulay muhitni 
saqlab qolish, ehtiyojmand oilalar va nogironlarga moddiy yordam ko‘rsatish, 
aholining tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, hududlarni 
obodonlashtirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda, boshqa bir qancha 
tadbirlarni tashkil etmoqda. 
2013-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlaridagi asosiy yo‘nalishlar 
bo‘yicha komissiyalar ro‘yxati quyidagilardir: 

yarashtirish komissiyasi; 

ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya; 

ijtimoiy qo ‘llab-quvvatlash bo ‘yicha komissiya; 

xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya; 

voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; 

tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari 
bo‘yicha komissiya; 


87 

ekologiya 
va 
tabiatni 
muhofaza 
qilish, 
obodonlashtirish 
va 
ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya; 

jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
bo‘yicha komissiya o‘z faoliyatini olib boradi. 
2017-yil fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari - mahallalar 
soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. Shu yildan boshlab mahalla o‘z-o‘zini boshqaruv 
organlarining faoliyatida zamonaviy asnodagi o‘zgarishlar ro‘y berib, uni tom 
ma’noda xalq organiga aylantirish chora-tadbirlari belgilandi. 
Mahalla oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri fuqarolarning ijtimoiy 
faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandachilik 
kabi illatlardan forig‘ etish, aholini tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishga 
safarbar qilishdir. 
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 
yarashtirish masalasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, fuqarolar 
yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan Yarashtirish komissiyalarining vazifasi faqat 
nizoli oilalardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqishdagina emas, balki nizoni 
keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha o‘rganib, oilalarda sog‘lom turmush tarzini 
keng targ‘ib qilishdan ham iborat hisoblanadi. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida xalqlar 
o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zaruriyatiga e’tibor 
qaratish lozim, deb belgilangan. G‘arb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham 
O‘zbekistondagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining o‘ziga xosligini 
yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur Faynberg: “Mahalla - inson 
huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol topishiga 
ko‘mak beruvchi jamiyat instrumenti”, deb baho bergan. Shu bilan birga 
individualizm singib ketgan G‘arb mutaxassislari uchun bu tizimning tub mohiyatini 
tushunish mushkulligini ham ob’yektiv tavsiflab berishgan. 
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib mahalla faoliyatiga oid qonun 
hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib borilyapti. Xususan, 2013-yil 
22-aprelda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning 
yangi tahriri tasdiqlandi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 
18- 
fevraldagi “Jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla 
institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini 
yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5338-son farmoni qabul 
qilindi. 
Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab- 
quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla va oila institutlarida bir qancha 
o‘zgarishlar bo‘ldi. Xotin-qizlar qo‘mitalar, Respublika Mahalla kengashi, “Nuroniy” 
jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tugatildi. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, 
“Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy 
tadqiqot instituti tashkil etildi. Mahallalarga yuklatilgan 46 turdagi va Profilaktika 


88 
inspektorlariga yuklatilgan 13 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi. Mahalla va 
oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. 
Jamoatchilik tuzilmalari maqbullashtirildi, ayrimlari tugatildi. Oilaviy qadriyatlami 
mustahkamlash komissiyasi, ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash va jamoatchilik nazorati 
bo‘yicha komissiya tashkil etildi. 2020-yil 1- apreldan boshlab FHDYo organlari 
Adliya vazirlgi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. 22-mart 
“Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Endilikda mahalla raisining 
saylanish muddati 5 yil qilib belgilandi. Mahalla raisining huquq-tartibot masalalari 
bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini profilaktika katta inspektori bajarib u ham 5 yilga 
muddatga tayinlanadi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vazir uning 
birinchi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 3 ta o‘rinbosar “Nuroniy” 
jamg‘armasi, “Mahalla” kengashi raisi o‘rinbosari va huquq-tartibot masalalari 
bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi ta’sis etildi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifi bilan keng 
aholining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanib, 2021 -yil kuzidan boshlab mamlakatdagi 
mahalliy boshqaruv tizimida yangi institut “hokim yordamchisi” lavozi mi joriy etildi. 
Albatta, bundan markazlashtirilgan boshqaruvdan asta-sekin voz kechib
mahallalarda ishlash va shu yerdagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish 
imkoniyatini yaratish maqsadi ko‘zlanadi. 
O‘zbekiston Respublika Prezdentining 2021 -yil 3-dekabr kuni qabul qilingan 
“Mahallada tadbirkorllikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va 
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 
farmonida belgilab berilganidek: 
-
hokim yordamchisi lavozimiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni 
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, 
iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy 
bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi 
rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi; 
-
hokim yordamchisi lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 
boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul 
qilinadi; 
-
nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, tajribasi 
kabilarni inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, 
rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy ma’lumotga ega 
bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkinligi qayd qilingan. 
Demak, bu tuzilma tajriba tariqasida qo‘llanilmoqda. Uning natijasidan esa 
tizim yanada takomillashib boradi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin