O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


partiyalar huquqiy maqomini belgilab beruvchi alohida “Jamoat birlashmalari” deb



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Eng yangi tarix kitob


partiyalar huquqiy maqomini belgilab beruvchi alohida “Jamoat birlashmalari” deb 
nomlangan XIII bobning mavjudligi, unda jamoat birlashmalari turi sifatida siyosiy 
partiyalar 
haqidagi 
tegishli 
moddalarning 
kiritilishi 
Asosiy 
Qonunning 
hayotiyligidan, 
jamiyatdagi 
mavjud 
munosabatlarni 
tartibga 
solishga 
qaratilganligidan dalolat beradi. 
Umuman olganda, Asosiy Qonunning 13 ta (ya’ni 10, 12, 32, 34, 56, 57, 58, 60, 
62, 106, 108, 112, 120) moddalarida siyosiy partiyalar bilan bog‘liq normalar haqida 
so‘z yuritiladi. 
Siyosiy partiyalar huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar 


74 
to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida mustahkamlangan, ya’ni: 
-
O‘z faoliyati to‘g‘risida axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari 
va qarorlarini targ‘ib etish; 
-
saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli 
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; 
-
qonunlarda belgilib qo‘ilgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; 
-
partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa 
tadbirlar o‘tkazish; 
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari 
ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; 
-
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, 
ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish; 
-
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanish mumkin. 
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy partiyalarning boshqa 
nodavlat-notijorat tashkilotlardan farqi hech bir NNTi yoki jamoat tashkiloti o‘z 
oldiga hokimiyatga erishishni maqsad qilmaydi. Bunga faqat siyosiy partiyalar haqli. 
Siyosiy partiyalarning o‘ziga xos muhim belgilari quyidagilardan iborat: 
-
muayyan rasmiy tashkilot sifatida mavjudligi; 
-
ma’lum bir faoliyat dasturiga egaligi ; 
-
alohida ijtimoiy maqomga egaligi; 
-
jamiyat siyosiy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi; 
-
o‘z nomzodlari bilan saylov kompaniyasini tayyorlash va o‘tkazishdagi 
muhim roli; 
-
davlat boshqaruvchini shakllantirish va uning amal qilishidagi ishtiroki; 
-
muayyan ijtimoiy bazaning mavjudligi; 
-
muayyan iqtisodiy asosga ega ekanligi; 
-o‘zining ramziy belgisiga egali va h.k. 
Ma’lumot uchun aytish mumkinki, demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan 
davlatlarda mingdan ortiq siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi. 
Agar siyosiy partiyalarning vujudga kelish tarixiga qisqacha to‘xtalib, 
tushuncha hosil qilsak, zamonaviy partiyalar Angliyada XVII asrda vujudga 
kelganiga guvoh bo‘lamiz. Ammo 1832-yil saylov islohotidan keyingina hozirgi 
ko‘rinishni olgani ham ma’lum. AQShda partiyalar 1830-yillarda, prezident Jekson 
davrida tashkil topgan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament 
guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil inqilobi 
bilan bog‘liqdir. Sharq mamlakatidan esa Yaponiyada vujudga kelgan. 
O‘zbekiston hududidachi? Mustaqillik uchun kurash jarayonida vujudga 
kelgan bir qator siyosiy harakatlarga to‘xtalib o‘tsak, ular “Birlik” harakati, “Erk” 
Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin