66
5-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI
ASOSLARINING SHAKLLANIShI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY
ISLOHOTLAR.
REJA
1.
Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.
2.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining
shakllanishi.
3.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning
ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
4.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
5.
O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy,
ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik.
6.
O‘zini o‘zi boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni
demokratlashtirishdagi o‘rni.
7.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va
himoya qilish.
1.
Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil
demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun
ustuvorligi hamda mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik
ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bizning bosh
strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini
shakllantirishdan iborat” deb ta’kidlagan edi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida
shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan
belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish
uchun, avvalo, u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik
jamiyati ma’lum asoslar, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy
asoslar bilan shakllanishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat:
iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan
mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor
munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi,
o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk
daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati
erkinligining ta’minlanganligi;
ijtimoiy-siyosiy asos - mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va
siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish
67
maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi, hokimiyatlar turli-tuman markazlar,
tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va
muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining
sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan - kuchli
jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi;
huquqiy asosi - inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat
qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq
hamda erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi;
ma’naviy asos - insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari
himoyasida tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan
bo‘lishlari, vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura,
dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni
demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi.
O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi
turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va
davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki fuqarolik jamiyatining bu progressiv
jihatlari (tamoyillari va belgilari) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan
kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon
beradi.
Aslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida
mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinida jamiyatning muayyan
shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini,
rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo
davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal
etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘liqdir.
Ma’lumki, yetuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish
mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona
shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va
markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa,
davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish,
erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar
yaratishdan iborat.
Bu haqda so‘z borar ekan, aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki
kunlaridan boshlab O‘zbekiston demokratiyani o‘z taraqqiyotining bosh yo‘li sifatida
tanladi. Demakki, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni qurish davlat va
jamiyat oldida muhim vazifa bo‘lgan.
Fuqarolik jamiyati tushunchasini quyidagi jihatlarda ham ko‘rishimiz mumkin.
Ya’ni u:
-
davlat hokimiyati tizimining ijtimoiy negizi;
-
jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini shakllantirish, ta’minlash makoni;
-
jamiyatni demokratlashtirishning ijtimoiy zamini;
-
davlat hokimiyati idoralari tizimi vakolatlari ta’siri doirasini oqilona
68
chegaralash va uning ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish vositasi;
-
kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlarning
siyosiylashmagan tomonlari;
-
siyosiy tizim, davlat hokimiyati shakllanishining dastlabki negizi kabilarni
ham tushunish mumkin.
Huquqiy davlat - bu shunday bir davlat hokimiyatidirki, u huquq normalariga
binoan va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki
cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy
tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi.
Fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi inson huquqlari va fuqaro huquqlarining
farqlanishini belgilab berdi.
Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqlarini - davlat ta’minlaydi.
Ikkala holatda ham shaxs huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi, biroq birinchi holatda
ayrim inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi
holatda - uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi.
Inson huquqlari va fuqaro huquqlari o‘rtasidagi farq muayyan asoslarga ega
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1)
inson huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilgani va qonun yo‘li bilan
mustahkamlanganidan, ularning egasi - inson u yoki bu davlatga mansubligidan qat’i
nazar mavjud bo‘lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa mazkur shaxs qarashli bo‘lgan
davlat tomonidan himoya qilinadi;
2)
dunyoda hali anchagina odamlar umuman fuqarolik maqomiga ega emas
(fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular rasmiy darajada fuqaro
huquqlariga emas, balki inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik jamiyatining vazifasi
ijtimoiy hayotning rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Shu sababli, uning asosiy
tarkibiy qismlarining vazifalari qatoriga bu jarayon normal kechishi uchun
shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar faoliyati tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq,
ma’naviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi. Bunda hammani va majburiy tartibda
mulkdorlarga aylantirish nazarda tutilmaydi - ularning ko‘pchiligi buni xohlamaydi,
biroq bunday imkoniyat har kim uchun saqlanishi lozim. Mulk har doim shaxs va
butun jamiyat erkinligining bosh omili sifatida amal qiladi. Mulkka nisbatan hurmat
mavjud bo‘lmagan joyda shaxsga nisbatan hurmat ham mavjud bo‘lmaydi.
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari “yuqoridan” turib emas, balki “quyidan”,
fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari,
qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga
qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga
qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:
-
erkin individlar uyushmasi;
-
o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;
-
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuralistik tizim;
-
o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
69
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:
1)
iqtisodiy
erkinlik,
mulk
shakllarining
rang-barangligi,
bozor
munosabatlari;
2)
inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya
qilish;
3)
hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
4)
qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik
jihatdan ishonchli himoyalanganligi;
5)
hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi
prinsipiga asoslangan huquqiy davlat;
6)
siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;
7)
so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
8)
fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro
majburiyatlari va burchlari;
9)
sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;
10)
odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy
siyosat kabilardir.
Shunday ekan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniyat yo‘nalishlaridagi masalalarni hal etish
mumkin bo‘ladi. Unda ko‘pchilikning ishtirokini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |