O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Eng yangi tarix kitob

2.
 
Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda yuzaga 
kelgan vaziyat o‘zbek xalqnining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash jarayonini 
tezlashtirib yubordi. 
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida Respublika Oliy 
Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 1991-yil 31-avgustdagi VI sessiyasi 
katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov 
ma’ruza qildi. U o‘z nutqida Markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil 
qildi. 19-21-avgust kunlari Moskvadagi Favqulodda holat davlat komiteti (GKChP) 
a’zolari faoliyatining xalqlar ozodligi, respublikalar mustaqilligiga qarshi qaratilgani 
haqida ro‘yi-rost fikr bildirildi. Oliy Kengash deputatlari har bir moddaning 
muhokamasidan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildilar. So‘ngra “Respublika Davlat mustaqilligi 
to‘g‘risida”gi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston 
Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun - 1-sentabr 1991-yildan 
boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Qonun 17 
moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini 
o‘ynaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respubliksininig davlat Mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risidagi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat 
haqida batafsil to‘xtalish lozim. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy 


49 
holati tubdan o‘zgardi va unda O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab 
berilgan. 
1-
modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan 
birga mustaqil, demokratik davlat deb e’lon qilinadi. 
2-
modda. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat 
hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi. 
3-
modda. 
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy- davlat 
va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil 
belgilash qonunlashtirildi. 
4-
modda. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz hamda 
bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib 
o‘zgartirilishi mumkin emas. 
5-
modda. 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarning tizimi 
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida 
qurilganligi gapirildi. 
8-12-14 moddalarda O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab 
berilgan. 
13-14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi 
sharhlandi. 
15-
moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etilishi 
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib 
chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, bir xil fuqarolik 
huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida 
bo‘lishlari qonunlashtirilgan. 
16-
moddada davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi haqida 
gapirilsa, 
17-
moddada esa O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar 
vositasida qurilishi e’tirof etilgan. 
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy- axloqiy 
munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga 
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston 


50 
erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror 
qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi 
referendumini o‘tkazish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Shunga muvofiq, 29-dekabrda 
“Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon 
qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendum o‘tkazishga katta tayyorgarlik 
ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda qatnashgan aholining 98,2 foizi 
O‘zbekiston mustaqillikni yoqlab ovoz berdi. 
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt 
davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni 
quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston 
Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, 
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy 
singari yirik davlatlar tan oldilar. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin