O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi. 
O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan, 1989-yilning yoz oylari va 
1990-yil bahorida O‘zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri bo‘ldi. 
Xuddi shu paytlarda o‘zbek xalqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot yo‘llari ishlab 
chiqildi. Xususan, O‘zbekistonning demokratik yo‘lda rivojlanishi bosh strategik 
maqsad qilib belgilandi. Ana shu yo‘lning boshida, 1989-yil iyunidan 
O‘zbekistonning rahbari sifatida Islom Abdug‘aniyevich Karimov turdi. 1990-yil 
23-martda esa O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumi ham respublika siyosiy 
tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan va unda O‘zbekiston hokimiyatning 
Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida 
mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlangandi. 1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston 
SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasida SSSR doirasida birinchi bo‘lgan 
siyosiy hujjatni - “O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 
qaromi qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi Islom 
Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa 
O‘zbekiston - SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va 
demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O‘zbekiston xalqining manfaatlarini 
ko‘zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki tadbirlarning 
o‘ziyoq prezidentlik boshqaruvining o‘z vaqtida ta’sis etilganidan dalolat berdi. 
1991-
yil 
29-dekabrda 
o‘tkazilgan 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 
94,1 foizi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon 
qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 
98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq 
tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Xuddi shu yilning 29-dekabrida xalqimiz 
birinchi marta umumxalq xohish-irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentini sayladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish 
va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 
Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik 


51 
ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. 
O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada birinchi bor o‘tayotganligi inobatga 
olinib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyalari 
tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari 
Federatsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina 
vakillar kiritildi. 
O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
VIII sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u 
birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod - 
O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi 
I.
A.Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov 
(Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. 
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln 
nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda 
tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida 
ta’minlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning 
saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida 
e’lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, 
binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi 
jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta’sis etgan mustaqil 
mamlakatlardan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Malayziya va boshqa 
davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. Ular 
O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar. 
Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda 
qatnashganlarning (86 %) I.Karimov nomzodini, 1 million 220 ming saylovchi (12,3 
%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga 
asoslanib Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov 
O‘zbekiston Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX 
sessiyasida qasamyod qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan 
I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirildi. 
O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy- ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. 
Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi 
bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000- yilgacha uzaytirishga siz 
rozimisiz?” degan savolga 11 mln 199 ming 415 kis hi yoki ovoz berishda 
qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum natijalari Markaziy 
saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli 
qarori bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 
19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov 


52 
komissiyasi O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom 
Abdug‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan 
ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi, yashirin 
ovoz berish byulleteniga kiritdi. 
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan 
saylovchilaming 95,10 foizi, 12 mln 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda 
qatnashganlaming 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A.Jalolov uchun ovoz 
berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
2000-yil 11-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 
navbatdagi majlisi 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti 
saylovi natijalariga bag‘ishlandi. 
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yil 9-yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz 
tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga 
va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib 
qoladi. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi uchun ovoz 
berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar 
asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular 
xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu 
hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo‘lishi 
uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini yanada 
erkinlashtirilishiga zamin hozirladi. 
2015-yil 29-mart kuni yana bir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 
saylov bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylov jarayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 
million 798 ming 52 nafardan 18 mln. 942 ming 349 nafar saylovchi ovoz berishda 
ishtirok etgani aniqlandi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08 
foizini tashkil etadi. 
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 17 mln. 122 ming 597 nafari 
yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal- 
demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 
yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 
ko‘rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga - 583 ming 309 nafar saylovchi 
yoki 2,92 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod 
Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi yoki 2,92 
foizi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Narimon 
Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi yoki 2,05 foizi ovoz berdi. 
Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikaning 43 ta davlatidan va beshta xalqaro 
tashkilotdan: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va 
inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay 
hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorligi 
tashkilotidan 299 nafar kuzatuvchi ishtirok etgani saylov kompaniyasi demokratik va 


53 
shaffof o‘tganligining yorqin dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy 
Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin