O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Eng yangi tarix kitob

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
1.
Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - Toshkent: 
O‘zbekiston, 2011. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi: mustaqil davlatning bunyod bo‘lishi. - Toshkent: 
O‘zbekiston, 1992. 
3.
Usmonov Q., Abdug‘aniyev А. O‘zbekiston-siyosiy va huquqiy islohotlar 
sari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1996. 
4.
Usmonov Q., G‘aniyev D. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida. - 
Toshkent: O‘zbekiston, 1994. 
5.
Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. Darslik. - 
Toshkent: Iqtisod-moliya, 2006 


55 
6.
Yusupov E. Istiqlol yo‘lida. - Toshkent: Fan, 1996. 
7.
O‘zbekistoning yangi tarixi. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Uchinchi kitob. 
-
Toshkent: Sharq, 2000. 
8.
O‘zbekiston tarixi (1917-1991 -yillar). Ikkita kitob. Mas’ul muharrirlar: 
R.Abdullayev, M.Raximov, K.Rajabov. - Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 
9.
O‘zbekiston tarixi. Darslik. R.H.Murtazayevaning umumiy tahriri ostida. 
-
Toshkent, 2020. 
4-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA 
TARQQIYOT YO‘LI. 
Reja: 
1.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning 
“o‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.
Mustaqil O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasining yaratilishi. 
3.
Davlat ramzlarining qabul qilinishi. 
1.
 
O‘zbekistonning 
o‘ziga 
xos 
taraqqiyot 
yo‘lini 
tanlashi. 
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Davlatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy 
burilish sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil 
hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi 
dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq 
O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, 
uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi. 
Barchamizga ma’lumki, 1990-yillarning boshlarida mustaqillikka erishgan 
ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor 
munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda 
rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bunday shov- shuvlarga xomxayol, 
quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov 
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini, 
uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini 
ta’kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, 
zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va 
yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan 
odamlarni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi. 
Dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma 
mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi 
mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini 
izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. 
O‘zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga xos 


56 
yo‘lni ishlab chiqish zarur masala edi. 
Vatan, millat taqdiri hal bo‘layotgan mustaqillikning dastlabki murakkab, 
mas’uliyatli pallasida Birinchi Prezident Islom Karimov o‘zining hayotiy tajribasi, 
har bir voqeaga ilmiy asosda yondashishi, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyatiga tayanib 
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishga rahbarlik qildi. Islom 
Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992-yil 4-yanvarda) so‘zlagan dasturiy 
nutqida hamda 1992-yil avgust oyida nashr etilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va 
taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta 
asoslab berdi. 
O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi? 
O‘zbekiston yo‘li, birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan 
davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot 
yo‘lini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti 
jarayonida to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan 
barcha ijobiy va maqbul tajribalardan foydalanish, degan ma’noni bildiradi. 
Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion 
yo‘l bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni 
va mohiyatidir. 
Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, 
davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy 
hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda 
belgilandi. 
To‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda islom dini, uning jamiyat ma’naviy 
hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi 
ahamiyati hisobga olindi. 
Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi, 
mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy 
resurslari asos qilib olindi. 
Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat 
resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi. 
Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. 
Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa 
ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorgarlik, mulkka nisbatan bepisandlik 
ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur edi, albatta. 
Mustaqilligimizning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbekistonni 
barpo etish, har qanday “izm”lardan holi xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh 
maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana 
shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi. Jumladan, O‘zbekiston Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov - O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li asarida 
“O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. 
Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy 
e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab 


57 
boradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi 
davlat siyosatini belgilab beradi” degan edi. 
Buyuk kelajakka ega O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jamiyatning 
erkinligini, fuqarolarning farovon turmushini ta’minlashga qaratilgan. Yurtboshimiz 
o‘zining mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini kafolatlaydigan 
darajada isloh etish, tubdan yangilash vazifalarini belgilab berdi. 
Siyosiy sohada bu quyidagilarni anglatadi: 
-
xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror 
toptirishni, xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga 
oshirishda to‘liq imkoniyatga ega bo‘lishini; 
-
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish 
asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat 
idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy 
hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni vujudga 
keltirishni; 
-
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning 
ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy 
davlatni barpo etishni; 
-
O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan 
har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning teng 
huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga 
chiqarishni; 
-
ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, 
ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda 
rivojlanishini kafolatli ta’minlashni; 
-
bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, 
siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; 
-
chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida 
ko‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi. 
Iqtisodiy sohada: 
-
milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini 
munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi 
iqtisodiyotni barpo etishni; 
-
ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich 
shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni; 
-
mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash 
va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni; 
-
iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham 
berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik 
faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni; 
-
mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda 
ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni; 


58 
-
tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga 
ziyon yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi. 
Ijtimoiy va ma’naviy sohada: 
-
umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, 
uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash 
huquqini, inson huquqlariga doir xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni; 
-
ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his- 
tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlashni; 
-
o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga 
chiqarishni; 
-
hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni; 
-
ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor 
qatlamlari, ya’ni keksalar, nogironlar, yetimlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi- 
yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini 
ta’minlashni; 
-
hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni 
muhofaza qilishni; 
-
yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, 
umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikdan o‘tishni erkin 
tanlashda barchaga baravar huquq berishni; 
-
ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’dod va 
qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya 
qilishni bildiradi. Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga 
erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, 
qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir. 
Islom Karimovning keyingi asarlari ma’ruza va nutqlarida O‘zbekistonning 
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib 
borildi. 1993-yilda nashr etilgan “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning 
o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh 
tamoyilini asoslab berdi. 
1.
Iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga 
xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 
2.
Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori. 
3.
Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning 
qonunga bo‘ysunishi. 
4.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat 
yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, 
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. 
Demak, shu tarzda O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va 
amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” bundan oldin 
yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z 
mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz 


59 
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb qabul 
qilindi. 
Faqatgina O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy 
jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Tanlangan yo‘lning 
to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi 
olimlar e’tirof etdilar. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin