74
to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida mustahkamlangan, ya’ni:
-
O‘z faoliyati to‘g‘risida axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari
va qarorlarini targ‘ib etish;
-
saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z
vakillari orqali tegishli
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
-
qonunlarda belgilib qo‘ilgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
-
partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar,
konferensiyalar va boshqa
tadbirlar o‘tkazish;
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari
ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
-
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish,
ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish;
-
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanish mumkin.
Bundan
kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy partiyalarning boshqa
nodavlat-notijorat tashkilotlardan farqi hech bir NNTi yoki jamoat tashkiloti o‘z
oldiga hokimiyatga erishishni maqsad qilmaydi. Bunga faqat siyosiy partiyalar haqli.
Siyosiy partiyalarning o‘ziga xos muhim belgilari quyidagilardan iborat:
-
muayyan rasmiy tashkilot sifatida mavjudligi;
-
ma’lum bir faoliyat dasturiga egaligi ;
-
alohida ijtimoiy maqomga egaligi;
-
jamiyat siyosiy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi;
-
o‘z nomzodlari bilan saylov kompaniyasini tayyorlash va o‘tkazishdagi
muhim roli;
-
davlat boshqaruvchini shakllantirish va uning amal qilishidagi ishtiroki;
-
muayyan ijtimoiy bazaning mavjudligi;
-
muayyan iqtisodiy asosga ega ekanligi;
-o‘zining ramziy belgisiga egali va h.k.
Ma’lumot
uchun aytish mumkinki, demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan
davlatlarda mingdan ortiq siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi.
Agar siyosiy partiyalarning vujudga kelish tarixiga qisqacha to‘xtalib,
tushuncha
hosil qilsak, zamonaviy partiyalar Angliyada XVII asrda vujudga
kelganiga guvoh bo‘lamiz. Ammo 1832-yil saylov islohotidan
keyingina hozirgi
ko‘rinishni olgani ham ma’lum. AQShda partiyalar 1830-yillarda, prezident Jekson
davrida tashkil topgan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament
guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil
inqilobi
bilan bog‘liqdir. Sharq mamlakatidan esa Yaponiyada vujudga kelgan.
O‘zbekiston hududidachi? Mustaqillik uchun kurash jarayonida vujudga
kelgan bir qator siyosiy harakatlarga to‘xtalib o‘tsak, ular “Birlik”
harakati, “Erk”
Dostları ilə paylaş: