6.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati va ularning jamiyatni
demokratlashtirishdagi o‘rni.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
o‘rni beqiyosdir. Zero, boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti
yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib
turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini
saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganini yaqqol
ko‘rib turibmiz.
Mahallaning tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab asrlar davomida o‘zgarib
turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida
istiqomat
qiluvchi
kishilar
o‘rtasida
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni
muvofiqlashtirib turgan.
82
Mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlarining eng yorqin ko‘rinishi, ayni paytda
fuqarolik jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olingani bilan ham o‘zining yuksak
mavqeyiga ega. U yuksak madaniyat va kishilar o‘rtasidagi munosabatlar
ma’naviyatiga asoslanadi.
Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum va
an’analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda. Shu bilan
birga, mahallaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda, ular bugun o‘zini o‘zi
boshqarish idorasi, haqiqiy demokratiya darsxonasi sifatida keng ko‘lamli faoliyat
olib bormoqda.
Bu borada Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik akademiyasining professori
Xan Do Xyon ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mahallaning
noyob tarixiy roli qayta tiklandi va boyidi. O‘zbekistonning barcha hududida, katta
shaharlar bilan bir qatorda, uzoq tumanlarda ham mahallalarning faoliyat
ko‘rsatayotgani O‘zbekistonda davlat boshqaruvi xalq va davlatning yaqin hamkorligi
asosida qurilganidan dalolat beradi. Mahalla instituti umuminsoniylik o‘lchovida
katta qadriyat kasb etadi. Shu bois uni YuNESKOning Umumjahon nomoddiy meros
ob’yektlari ro‘yxatiga kiritish zarur, deb hisoblayman”, deya fikr bildiradi.
O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O‘zini
o‘zi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda. Mahalla
mamlakatimizda ko‘p asrlardan buyon mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlat
mustaqilligidan keyingina munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan
davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga
kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Uning 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega
ekanliklari, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va
davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan
amalga oshirilishiga oid norma o‘z ifodasini topdi.
Shuningdek, “Mahalla” so‘zi asli arabcha “joy”, “o‘rin”, ma’nosini anglatadi.
Respublika Konstitutsiyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullardagi
mahallalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy o‘rni belgilab
qo‘yilgan. Asosiy Qomusimizning 105-moddasi bilan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi. Unga ko‘ra, shaharcha,
qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylashi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - xalq hokimiyatini amalga
oshirishning shakllaridan biri sifatida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
huquqiy maqomini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
nafaqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining huquqiy hujjatlarida,
balki butun normativ-huquqiy hujjatlar ichida shoh hujjat hisoblanib, jamiyatning
83
butun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalari uning asosida tartibga solinadi.
Asosiy Qonunimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga alohida
to‘xtalib o‘tilganligi, bu demokratik institutga nisbatan yuksak umid va ehtirom
bildirilganligidir. Uning barqarorligi va ustunligi jamiyat siyosiy-huquqiy tizimida
katta o‘rin egallab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan chambarchas
holda rivojlanadi. Chunki mamlakatimizda Konstitutsiyaning ustunligi fuqarolarning
huquqiy ongi va madaniyatining yuksakligi bilan ta’mmlanadi. Huquqiy ong va
madaniyat esa jamiyatning eng dastlabki jabhasi bo‘lgan mahallalarda, qolaversa,
o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolaming rivojlantirishi bilan taraqqiy etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida sof nazariy nuqtayi nazardan
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining umumiy maqomi belgilab berildi.
Konstitutsiya fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashkil etilish
asoslari, ularning boshlang‘ich faoliyati hamda jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini
birinchilardan bo‘lib o‘zida aks ettirdi. Konstitutsiya fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarishining huquqiy asoslari ichida eng asosiy o‘rinni egallaydi va quyidagi
omillari bilan ajralib turadi:
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarishini xalq hokimiyati amalga oshuvining bir shakli sifatida tan oladi va
kafolatlaydi;
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - xalqaro huquqning umum
e’tirof etgan normalariga asoslangan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining rivojlanishiga normal sharoit yaratib beradi;
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - fuqarolarning mahalliy
ahamiyatga molik masalalarini amalga oshirishda bevosita va bilvosita qatnashishini
kafolatlaydi.
Ta’kidlash kerakki,1992-yil 12-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan “Mahalla” Respublika hayriya
jamg‘armasi tashkil etilgani, 1993-yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishining o‘ziyoq mahalla
institutining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligining yorqin dalilidir. O‘z
navbatida, Qonunda umumiy qoidalar, fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi, rais
(oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylash tartibi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy negizi, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
vakolatlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining strukturasi va ularning faoliyatini
tashkil etish, raisning vakolatlari kabi masalalar o‘zining huquqiy yechimini topgan
edi. Ushbu Qonun bilan milliy davlatchilik tarixi, huquqiy an’analarimiz va
qadriyatlarimizga mos keladigan, xalqimizning xohish irodasini aks ettiradigan,
davlat va jamoat ishlarida aholining faol ishtirokini ta’minlaydigan fuqarolar o‘zini
o‘zi boshqarish tizimining maxsus huquqiy kafolati yaratildi hamda mazkur sohani
tubdan qayta qurishning huquqiy mezonlari belgilab berildi.
1995-yil 21-dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksiga ham mahalla haqida alohida modda kiritilgan bo‘lib (78-modda), unda
qayd etilganidek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs
84
sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir”
Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga o‘tish
davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi bilan ushbu Qonunni ma’lum
normalar bilan to‘ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999-yil 14-aprelda
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi “Mahalla posboni”
jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi
yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori
mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining
rivojlanishida muhim rol o‘ynadi.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga
berilgan vakolatli huquqlar: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish va
qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; mahalliy byudjetni
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan
tashqari jamg‘armalarni hosil qilishdir.
Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli
viloyat hokimlari tomonidan tayinlanadi.
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimlari tomonidan
tayinlanadi va ishdan ozod qilinadi. Viloyat, tuman va shahar hokimlarining qarorlari
Xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik idorasi
bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga rahbarlik qiladi. Xalq deputatlari
mahalliy Kengashlariga: shaharlardagi tuman, shahar va viloyat Kengashlari kiradi.
Mustaqillik yillarida hokimlik institutining tashkil qilinishi hududiy boshqaruv
tizimining muvofiqlashishi va mexanizmining aniq faoliyat ko‘rsatishida muhim
qadam bo‘ldi. 1993-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada tegishli
huquqiy hujjat vazifasini o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari
va tegishli hokimlarning faoliyati O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun va Qoraqalpog‘iston Qonunlari bilan tartibga
solinadigan bo‘ldi.
1994-
yil 4-yanvarda Oliy Kengashning 9-sessiyasida “O‘zbekiston
Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi
Qonun qabul qilindi. Toshkent shahri va 12 viloyatda 1992-yil davomida Prezident
85
tavsiyasi asosida birinchi marta hokimlar tayinlandilar.
1995-
yil sentabrda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
Akademiyasi tashkil qilindi. Ushbu akademiyada o‘tgan faoliyat yillari davomida
2000 ga yaqin rahbar va tegishli mutaxassis kadrlar o‘z malakalarini oshirdilar.
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 30-maydagi qarorida istiqbolli
boshqaruv kadrlar faoliyatini takomillashtirishda mazkur akademiyaning o‘rni va roli
alohida belgilab qo‘yildi.
Jamiyatni demokratlashtirish, huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etish -
O‘zbekiston istiqbolda tanlagan bosh strategik yo‘l bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston uchun an’anaviy sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks
ettiruvchi hamjihatlik, totuvlik, bag‘rikenglik g‘oyalari hamda jamoatchilik fikrining
ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar asos qilib olindi. Shubhasiz
o‘z-o‘zini boshqaruv tizimida an’anaviy mahalla institutining o‘rni va roli katta
ahamiyat kasb etadi. Tarixiy jihatdan mahalla kishilarni hamjihatlikka, totuvlik,
o‘zaro hayrixohlikka chaqiradigan organ bo‘lib kelgan.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda 1993-yil sentabrda Oliy
Kengash 12-sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezidentning 1992- yil
12-sentabrda “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish va 1992-yil 8- oktabrda
xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi Farmonlari mahallalarga
homiylikni tashkil etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylar joylashgan kvartallarga 1992-yil
boshlaridan mahalla maqomi berilib, tarixiy nomlar qo‘yildi, fuqarolar yig‘ini
o‘tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. Sovet davrida tuzilgan
qishloq va posyolka (shaharcha)larda vakillik boshqaruv organlari qishloq yoki
posyolka sovetlari deb atalgan, ular mustaqil hokimiyat organi bo‘lmay, xalq
deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalariga bo‘ysunar
edi. Mustaqil bo‘lgach mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat hokimiyati tizimidan
ajratish tomon yo‘l tutildi.
1994-yil 12-mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllantirildi,
2001-yil ularning soni 7847 tani tashkil etdi. 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi
Qonunda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va huquqi kengaytirildi.
Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish,
davlat vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ya’ni kuchli
davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu
jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning asosiy negizini
tashkil etuvchi mahalla instituti fuqarolik jamiyati institutlarining eng muhim bo‘g‘ini
sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Konstitutsiyaning ushbu qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada
rivojlantirish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Shunday qilib, 1993-yil 2-
sentabr kuni “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun
86
qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta qonunchilik darajasida mahalla faoliyatini
tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab berdi.
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab
bo‘layotgan demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib
borgani sari mahalla institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati
tug‘ildi. Natijada 1999-yil 14-aprel kuni “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo‘yildi, mahalla faoliyatining asosiy
tamoyillari, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab berildi,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi.
2004-yil 29-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovi
to‘g‘risida”gi
qonunning
qabul
qilinishi
mahalla
faoliyatini
demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu qonunda, birinchidan,
fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va
mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi; ikkinchidan, saylov jarayonining
barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi; uchinchidan, qonun darajasida mustahkam
huquqiy kafolat yaratildi.
Mahalla o‘z faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha ham davlat ko‘magini ola
boshladi. Shunday qilib, rais, mas’ul kotib, “Mahalla posboni”, jamoatchilik tuzilmasi
rahbari va fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya
masalalari bo‘yicha maslahatchisidan iborat to‘rt nafar mas’ul shaxs ishi, shuningdek,
mahallaning qo‘shimcha xarajatlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari
byudjetidan moliyalashtirilmoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda 10 000ga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organi
faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 8275 ta mahalla, 1301 ta qishloq, 154 ta shaharcha va
155 ta ovul fuqarolar yig‘inidir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari va faollari qonunchilik
belgilab bergan vakolatlardan kelib chiqib, fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan komissiyalar yordamida aholini ijtimoiy-siyosiy
hayotga jalb qilish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish, oilalarda qulay muhitni
saqlab qolish, ehtiyojmand oilalar va nogironlarga moddiy yordam ko‘rsatish,
aholining tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, hududlarni
obodonlashtirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda, boshqa bir qancha
tadbirlarni tashkil etmoqda.
2013-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlaridagi asosiy yo‘nalishlar
bo‘yicha komissiyalar ro‘yxati quyidagilardir:
•
yarashtirish komissiyasi;
•
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;
•
ijtimoiy qo ‘llab-quvvatlash bo ‘yicha komissiya;
•
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
•
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;
•
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari
bo‘yicha komissiya;
87
•
ekologiya
va
tabiatni
muhofaza
qilish,
obodonlashtirish
va
ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya;
•
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
bo‘yicha komissiya o‘z faoliyatini olib boradi.
2017-yil fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari - mahallalar
soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. Shu yildan boshlab mahalla o‘z-o‘zini boshqaruv
organlarining faoliyatida zamonaviy asnodagi o‘zgarishlar ro‘y berib, uni tom
ma’noda xalq organiga aylantirish chora-tadbirlari belgilandi.
Mahalla oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri fuqarolarning ijtimoiy
faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandachilik
kabi illatlardan forig‘ etish, aholini tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishga
safarbar qilishdir.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan
yarashtirish masalasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, fuqarolar
yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan Yarashtirish komissiyalarining vazifasi faqat
nizoli oilalardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqishdagina emas, balki nizoni
keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha o‘rganib, oilalarda sog‘lom turmush tarzini
keng targ‘ib qilishdan ham iborat hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida xalqlar
o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish zaruriyatiga e’tibor
qaratish lozim, deb belgilangan. G‘arb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham
O‘zbekistondagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining o‘ziga xosligini
yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur Faynberg: “Mahalla - inson
huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol topishiga
ko‘mak beruvchi jamiyat instrumenti”, deb baho bergan. Shu bilan birga
individualizm singib ketgan G‘arb mutaxassislari uchun bu tizimning tub mohiyatini
tushunish mushkulligini ham ob’yektiv tavsiflab berishgan.
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib mahalla faoliyatiga oid qonun
hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib borilyapti. Xususan, 2013-yil
22-aprelda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning
yangi tahriri tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
18-
fevraldagi “Jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla
institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini
yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5338-son farmoni qabul
qilindi.
Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla va oila institutlarida bir qancha
o‘zgarishlar bo‘ldi. Xotin-qizlar qo‘mitalar, Respublika Mahalla kengashi, “Nuroniy”
jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tugatildi. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,
“Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy
tadqiqot instituti tashkil etildi. Mahallalarga yuklatilgan 46 turdagi va Profilaktika
88
inspektorlariga yuklatilgan 13 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi. Mahalla va
oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.
Jamoatchilik tuzilmalari maqbullashtirildi, ayrimlari tugatildi. Oilaviy qadriyatlami
mustahkamlash komissiyasi, ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash va jamoatchilik nazorati
bo‘yicha komissiya tashkil etildi. 2020-yil 1- apreldan boshlab FHDYo organlari
Adliya vazirlgi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. 22-mart
“Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Endilikda mahalla raisining
saylanish muddati 5 yil qilib belgilandi. Mahalla raisining huquq-tartibot masalalari
bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini profilaktika katta inspektori bajarib u ham 5 yilga
muddatga tayinlanadi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vazir uning
birinchi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 3 ta o‘rinbosar “Nuroniy”
jamg‘armasi, “Mahalla” kengashi raisi o‘rinbosari va huquq-tartibot masalalari
bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi ta’sis etildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifi bilan keng
aholining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanib, 2021 -yil kuzidan boshlab mamlakatdagi
mahalliy boshqaruv tizimida yangi institut “hokim yordamchisi” lavozi mi joriy etildi.
Albatta, bundan markazlashtirilgan boshqaruvdan asta-sekin voz kechib,
mahallalarda ishlash va shu yerdagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish
imkoniyatini yaratish maqsadi ko‘zlanadi.
O‘zbekiston Respublika Prezdentining 2021 -yil 3-dekabr kuni qabul qilingan
“Mahallada tadbirkorllikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi
farmonida belgilab berilganidek:
-
hokim yordamchisi lavozimiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari,
iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy
bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi
rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;
-
hokim yordamchisi lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul
qilinadi;
-
nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, tajribasi
kabilarni inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar,
rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy ma’lumotga ega
bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkinligi qayd qilingan.
Demak, bu tuzilma tajriba tariqasida qo‘llanilmoqda. Uning natijasidan esa
tizim yanada takomillashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |