O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Eng yangi tarix kitob

5.
 
O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy
ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. 
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat 
sektorining ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda eng chekka hududda 
yashayotgan fuqaro bilan mamlakat rahbari o‘rtasida aloqani ta’minlashda aynan 
nodavlat sektori eng samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘layotganiga guvoh 
bo‘lmoqdamiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga ko‘ra, davlat 
jamoat birlashmalarining manfaatlarini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok 
etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. 
Bu borada nodavlat-notijorat tashkilotlarining demokratik jarayonlardagi 
ishtirokini huquqiy ta’minlash, ularga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish 
mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil 12- 


80 
noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surgan 
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik jamiyati 
institutlari, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini 
kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri 
ekanini alohida ta’kidladi. Chunonchi unda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun 
qabul qilinishi lozimligi alohida ta’kidlandi. 
Bu qonun, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat idoralari 
bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. 
Ya’ni jamiyat hayotining turli yo‘nalishlarida istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga 
oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining ishtirok etishlari uchun muhim huquqiy 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, mazkur qonun hududlarni har 
tomonlama rivojlantirish, turli ijtimoiy masalalar yechimini nodavlat tashkilotlar 
hamkorligida hal etishga sharoit yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish 
beruvchilaming jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va 
ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini 
rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari 
bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda 
etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid 
munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb 
ko‘rsatilgan. Ushbu kodeksning 52-moddasida esa jamoa kelishuvlarida ijtimoiy 
sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini 
tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini 
mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin, deyilgan. 
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun uning asosiy institutlaridan biri - 
jamiyatdagi ijtimoiy sheriklikni shakllantirish zarur. Hozirgi fuqarolik jamiyatiga 
transformatsiyasi jarayonini o‘z boshidan kechirayotgan O‘zbekistonda 2014-yil 
25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni 
qabul qilingan edi. 
O‘zbekistonda birinchi marta 2019-yilga kelib ijtimoiy sheriklikka doir asosiy 
prinsiplar va qoidalar Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” yangi tahrirda qabul 
qilingan qonunda o‘z ifodasini topdi. Unda xalqaro me’yoriy hujjatlar, rivojlangan 
mamlakatlar tajribasi, BMTning XMT konvensiyalariga muvofiq tarzda ifodalandi. 
Albatta, bu holat O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini fuqarolik jamiyati 
talablari asosida rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganligini bildiradi. Va 
nihoyat, “ijtimoiy sheriklik” tushunchasining mohiyati kasaba uyushmalari timsolida 
xodimlar, ish beruvchilar (ish beruvchilarning vakillari), davlat boshqaruv 
organlarining xodimlar, ish beruvchilar va davlatning ijtimoiy-mehnat masalalaridagi 
o‘zaro sherikligi sifatida e’tirof etildi. 
Mazkur qonunning “Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari” 5-bobining 28, 


81 
30-32-moddalari xalqaro me’yoriy hujjatlar, XMT konvensiyalari talablari, 
rivojlangan davlatlar tajribalari asosida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik va 
tomonlarning konsensusga erishishi jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Jumladan, 
28-moddada kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari quyidagicha belgilangan: 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish; mehnat va ijtimoiy 
rivojlanish sohasida qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarini ishlab 
chiqishda ishtirok etish va h.k.; 
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etish va 
himoya qilish; 
jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlarini 
tuzish hamda ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; 
bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish; 
xodimlami ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rish; 
mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborotlar 
olish; 
mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish; 
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga 
rioya qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; 
mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlar manfaatlarini himoya qilish; 
mehnat va ijtimoiy rivojlanish sohasida xalqaro shartnomalarni tuzishda 
ishtirok etish. 
Kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari birlashmalari va ularning organlari 
jamoa muzokaralari olib borish, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlar nomidan 
jamoa shartnomalar va jamoa kelishuvlari tuzish huquqiga ega. 
Umuman 
olganda, 
O‘zbekistonda 
ijtimoiy-mehnat 
munosabatlarini 
rivojlantirish, xususan, ijtimoiy sheriklikni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va 
jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin egallashini e’tiborga olib, 
davlatimiz va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan keyingi ikki 
yil ichida bu sohada chuqur islohotlar amalga oshirildi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin