79
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan
ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
2014-2016-yillarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini
takomillashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Masalan, 2016-yil aprelida qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunda
parlament tomonidan nafaqat ijro etuvchi, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar
faoliyati ustidan nazorat shakllari va tartiblari belgilab berildi. Unga ko‘ra, parlament
eshituvlarini o‘tkazish, parlament va deputatlar tomonidan so‘rovlar yuborish,
qonunlar qabul qilinganidan so‘ng ularning amalga oshirilishini
monitoring qilish
amaliyoti kiritildi. Qonunchilik palatasida Oila va ayollar masalalari bo‘yicha,
Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyalar, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash
masalalari qo‘mitasi tuzildi; Senat tarkibida esa
Prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi
komissiyasi tuzildi hamda
Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar mavzusi dastlab
Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017-yil parlamentga qilgan murojaatida ko‘tarilgan.
Ilgari surilgan islohotlarning ko‘pi aynan parlament roliga aloqador bo‘lib, bu borada
u shunday degan edi:
Mamlakatimiz parlamenti haqiqiy demokratiya maktabiga,
islohotlarning
tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi zarur.
Prezident, shuningdek, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari
institutining (QMPTI) tashkil etilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi: “Biz
yaqinda Oliy
Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini tashkil
etdik”. Ushbu institut Oliy Majlisga kelayotgan turli takliflarni chuqur tahlil
qiladigan, ta’bir joiz bo‘lsa, elakdan o‘tkazadigan ilmiy markaz bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: