2.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining
shakllanishi.
Suveren O‘zbekiston tarixi hali nisbatan qisqa - respublika mustaqilligi
1991-yil 31-avgustda e’lon qilingan, biroq o‘tgan vaqt ichida mamlakatimiz xalqaro
miqyosda e’tirof etildi va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi.
O‘tmish ham, kelajak ham o‘z holicha mavjud bo‘lmasligini O‘zbekiston
fuqarolari yaxshi tushunadilar. Ular tarix qirg‘oqlari oralig‘ida, bir oqimda suzadilar,
ularni tarixiy harakatning yagona sub’yekti - inson birlashtiradi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil
demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun
ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik
ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida
belgilangan.
Agar nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-2000-yillarda mamlakatda fuqarolik
jamiyati qurishning poydevori - huquqiy davlatga xos bo‘lgan qonunlar va boshqa
huquqiy shart-sharoitlar shakllandi. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan
boshlab O‘zbekistonda xalqning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini
ta’minlashning siyosiy-huquqiy asoslarining yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros
bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor
yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda “fuqaro - jamiyat - davlat” tizimi
qonuniy asosga qo‘yildi. Bu - siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan
jarayon. Chunki uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni
70
nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish
o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda insonning barcha huquqlari, xususan, davlat
ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda
ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. “Fuqaro” va “davlat” munosabatlaridagi
mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularning davlat hokimiyatini
boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi
vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32- moddasida belgilab
qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar,
deb belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji
bilan ta’minlanadi.
Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror
topishiga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni
shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy- siyosiy
institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat
demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan,
inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish
mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va
rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Bular jumlasiga asosiy hujjatlar sifatida “O‘zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari to‘g‘risida” (1991-y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida” (1999-y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”
(1999-y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996-y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida”
(2003-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004-y.), “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007-y.), “Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida” (1997-y.), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik
to‘g‘risida” (2014-y.) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.
Jamiyatda NNT tizimini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Muhimi,
“uchinchi sektor” deb ataluvchi NNT jamiyatning asosiy institutlari sifatida namoyon
bo‘la boshladi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, aholi fuqarolik jamiyati institutlari, ya’ni jamoat
tashkilotlari, siyosiy partiyalar, NNT, ayollar va yoshlar uyushmalari, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, ayniqsa, mahallalar, ommaviy-axborot vositalari kabi ijtimoiy
tuzilmalar vositasida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari uchun
shart-sharoitlar yaratishi talab etiladi. O‘zbekistonda ham fuqarolik jamiyati
institutlari o‘sib bordi: agar 1991-yilda respublikamizda 200 ta fuqarolik jamiyati
institutlari - NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 2585 taga,
2013-yilda esa 6000 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev 2020-yil 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda
jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish
71
o‘tkazdi. Shunda mamlaktimizda 10 mingdan ziyod nodavlat-notijorat tashkilotlari
mavjudligi ta’kidlandi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirishga oid konseptual va
strategik hujjatlarning qabul qilinishi 2000-2016-yillarni o‘z ichiga oladi. Biroq
2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini
o‘rnatishga oid tashabbusi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy
omili sifatida namoyon bo‘ldi. Prezident tashabbusi bilan 2017-yil esa “Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Albatta, xalq bilan doimiy
muloqot - bu fuqarolik jamiyatining eng asosiy prinsipi edi. Lekin mamlakatda davlat
hokimiyati organlari boshqaruvining ahvoli qandayligi, fuqarolarning bu haqda
qanday fikrda ekanligini aniqlash lozim edi.
2016-yilning
28-dekabrida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Unga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining
Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq
qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida,
shuningdek, har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tuzildi. Bu borada aholi
bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi
mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor. Biz aholi eng ko‘p
murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat
jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish haqida o‘ylayapmiz”.
Albatta, 2017-yildan boshlab fuqarolik jamiyati qurishga yangicha qarashlar,
bu sohadagi tub o‘zgarishlar o‘z natijasini bera boshladi. 10 oy ichida - 2017- yilning
21-iyuligacha Xalq qabulxonalariga bir millionta murojaat kelib tushdi. Hattoki, bu
ko‘lamdagi xalq muammolariga doir axborotlar olib, ularni tahlil etadigan institutlar
g‘arb davlatlari tarixida ham uchramaydi. Shu bilan birga murojaatlar ichida ularning
bittasi ham davlat organlari e’tiboridan chetda qolmaydigan mexanizm o‘z samarasini
ko‘rsatdi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “davlat
va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy
partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish,
davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat”
tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini
oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash” masalalariga alohida e’tibor
qaratilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida
mamlakatda fuqarolik jamiyati va uning institutlarini rivojlantirishga oid huquqiy
72
asoslar takomillashtirildi va demokratlashtirildi. 2017-yil 15-avgustgacha Harakatlar
strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini
rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish
sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta
vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta
ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta
tashkil etildi.
Bu kabi sa’y-harakatlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |