O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Eng yangi tarix kitob

2.
 
Mustaqil O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratilishi. 
Deyarli asrlar mobaynida mustaqillikning ajralmas qismiga aylangan 
ramzlardan biri - Konstitutsiyadir. Dunyoda suveren deb e’tirof etilgan har bir 
mamlakat o‘zining Konstitutsiyasi, davlat ramzlari - gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining davlat 
ramzlarini yaratishga alohida e’tibor qaratdi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i, Davlat 
gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash 
sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Dastlab, Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan 
hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, ma’naviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz 
siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi. Jahon 
tajribasi ko‘rsatadiki, mustaqil demokratik, huquqiy davlatning tashkil topishi va 
rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qo‘lga 
kiritilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo‘ydi. 
Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor 
munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston 
Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy 
partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, 
jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni ta’minlash masalalari 
yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro huquq sub’yektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida 
jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. Aslini olganda, 
“Mustaqillik Deklaratsiyasi“ qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 
20-iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, 
degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 
boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha 
komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash 
deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat 
tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. 
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab 
chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. 
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991-yil 12-aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 
komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik 
ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 kishidan 
iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston davlat 
mustaqilligining e’lon qilinishi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy 


60 
maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiyaning mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. 
Komissiya tomonidan Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiya 
rivojlanishining jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va 
qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy 
davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni 
idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992-yil 
26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oyga yaqin davom etdi. 
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 
1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq 
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga 
olindi. Birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga 
rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 1992-yil 
dekabrda bo‘lgan XII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul 
qilish masalasi muhokama qilindi. Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, 
xalqaro huquqning barcha e’tirof etilgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, 
rivojlangan demokratik davlatlar, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, 
Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniya 
hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining tajribasidan 
foydalanildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va 
aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi va Konstitutsiya qabul qilingan sana 
umumxalq bayrami - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon 
qilindi. 
Yangi ishlab chiqilgan mustaqil 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda 
mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni 
rivojlantirdi. O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi 
Konstitutsiya sovet davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Biz buni 
quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. 
Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari mustaqillik g‘oyalari bilan 
sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbekistonning mustaqilligini to‘la 
ta’minlay olmaydigan, respublikaning “suveren”ligi haqida quruq gaplar yozilgan, 
huquqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. 
Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xohish-irodasi va dono 
fikr-mulohazalari asosida hamda jahonda to‘plangan eng ilg‘or 
Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini 
hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy 
hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib 
olinar edi. Shu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning 


61 
birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Biz O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida 
uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat 
berishimiz zarur. Ular quyidagilar: 
Birinchi tamoyil - davlat suverenitetidir. 1-6-moddalarda O‘zbekiston - 
suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil 
ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir - deb belgilab qo‘yilgan. 
Ikkinchi tamoyil - xalq hokimiyatchiligidir. 7-14-moddalarda xalq davlat 
hokimiyatining birdan bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar uning 
fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab 
amalga oshiradi - deb ko‘rsatilgan. 
Uchinchi tamoyil - davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. 
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri 
faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun 
chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat - Prezident rahbarligida 
faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy Sud, 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman 
va shahar sudlari hamda xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 
76-88-moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va 
qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88-98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va 
vazifalari, Vazirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlashtirilgan. 
To‘rtinchi tamoyil - bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada 
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar 
demokratik-huquqiy 
davlat 
barpo 
etish 
nazarda 
tutiladi. 
Konstitutsiyada 
umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof 
etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson 
hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari eng oliy 
qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Beshinchi tamoyil - 
Konstitutsiya va qonunlarning 
ustuvorligidir. 
Konstitutsiyaning 
15-moddasida 
“O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb belgilab qo‘yilgan. 
Konstitutsiyaning 16-moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy 
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd 
etilgan. 
Oltinchi tamoyil - xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar 
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi hamda daxlsizligidir. 
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar - “Inson huquqlari 
butun jahon Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida 


62 
xalqaro Pakt”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt” va boshqalar 
asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18-52-moddalari inson va fuqarolarning 
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati 
tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan 
va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va 
erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. Konstitutsiyada har bir shaxs 
mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi 
belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston 
Respublikasining millati, elatidan qat’i nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini 
tashkil etadi. 
Yettinchi tamoyil - qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot 
kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, 
uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. 
Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy partiyalar va jamoat 
uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga 
oshirishlarini talab qiluvchi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy 
Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin