O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


 Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Eng yangi tarix kitob

2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish. 
Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimiz 
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “O‘zbek modeli” deb qabul 
qilindi. O‘zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib 
olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros 
bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. 
Barchaga ma’lumki, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini 
tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik rivojlantirib borildi. Bu borada qator qonunlar qabul qilindi. 
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki 
yillarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi 
dastlabki normativ-huquqiy qonun hujjatlarini qabul qilindi. Jumladan, 
1991-
yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Unga ko‘ra, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda 
hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus 
dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Albatta, ushbu qonunning 
qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga 
muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish 
uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 
1992-
1996-yillarda davlat mulki ob’yektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 
ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida 


106 
xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa 3 
million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar. 
Bu raqamlar, shubhasiz, jamiyatda mulkdolar sinfini shakllantirish yo‘lidagi muhim 
qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Amalga oshirilgan dastlabki islohotlar 
natijasida 1991-1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo‘nalishlarida 
salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat 
ko‘rsatish sohalari, matbuot jamiyati ob’yektlari va turli tarmoqlarning mayda 
korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi. Bu borada 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni 
barpo qilish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning 
yangi tipini yaratish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq 
iqtisodiyotda tub sifat o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, 
nodavlat, ya’ni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 
1995-yilda sanoat mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 
97 foizini berdi. Barcha kapital mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘i uning hissasiga 
to‘g‘ri keldi. 
2000-yilgacha xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi ana shu sektorda 
mehnat qilgan. Bu esa o‘sha paytlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini 
sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor 
qaratishni taqozo etar edi. Ayniqsa, endigina bozor psixologiyasi odamlar ongida 
shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada, birinchi navbatda, maishiy xizmat, 
umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni 
ochish zarur edi. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga 
ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi - 
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond, 
1995-
yil iyul), “Madad” sug‘urta agentligi (1995-yil 26-iyun), O‘zbekiston Tovar 
ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil mart) hamda ularning hududiy 
bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga 
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tadbirkor 
ayollar uyushmasi tashkil etildi. 
Ammo o‘sha paytlarda sohada qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularning 
holati bir necha yillar davomida taraqqiyotga to‘siq bo‘lib keldi. Xususan, 
1999-
yil 1-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida kichik va o‘rta 
korxonalar salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9 %, maishiy xizmat sohasida 85,0 %, 
qurilishda 89,3 %, qishloq xo‘jaligida 89,9 %, sanoatda 93,5 %, savdoda 95,3 %, 
umumiy tijoratda 96,6 %ni tashkil etgan bo‘lsada, amalda esa ro‘yxatdan o‘tib, o‘z 
faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20 %ni tashkil etgan xolos. 
Qolganlari esa turli sabablar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi misollar ham 
tasdiqlaydi. 
Statistik ma’lumotlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha 1996-yilda 
tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20 %, 1998 yili esa 3700 ta korxonadan 70 % 


107 
tugatilib ketgan. Shu boisdan ko‘pgina tadbirkorlar faoliyat bilan shug‘ullanishdan 
sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni oxirigacha yetkazmasdan, 
javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan, 
2000-
yilning o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan 
kichik biznes sub’yektlari 4666 ta bo‘lib, ulardan 54,7 % yoki 2552 tasida ta’sischilar 
bo‘lmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari 25,6 %ni 
tashkil qilgan yoki 1194 ta bo‘lgan. 
Shunday bo‘lgani holda mustaqillik yillarida tadbirkorlik sohasida ma’lum 
darajada yutuqlarga erishilgan. Soha rivoji tahliliga ko‘ra, yana raqamlarga murojaat 
etilsa, 2003-yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida ko‘plab 
kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari 
yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003-yilda 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya 
yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan 
shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa puli 
tayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard so‘m miqdorida 
moddiy ko‘maklar berilgan. 2003-yilda 25 mingdan ziyod yolg‘iz pensioner va 
nogironlarga 630 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. 
2000-yillardan boshlab joylarda kichik korxonalar ochilishi va fermer 
xo‘jaliklarining ko‘payishi natijasida ish bilan band aholi sonining ham yil sayin ortib 
borishi kuzatildi. Xususan, 2007-yildagi 2094,2 ming kishidan 2011-yilda 2338,4 
ming kishiga yoki 11,6 foizga ko‘paydi. Shu yillarda respublika bo‘yicha yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziya asosidaa tadbirkorlik bilan band 
bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan 
edi. Lekin bu ko‘rsatkichlar respublika miqyosida yuqori emasdi, tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanishdagi ayrim to‘siqlar oqibatida, bir qator korxonalarning yopilish 
holatlari ham kuzatildi. 
Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan 
Murojaatnomasida “Yurtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada 
rivojlanmayapti? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari ko‘p. 
Ochig‘ini aytganda, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat idoralari 
yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar hamon saqlanib 
qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab ish 
ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab-quvvatlash, biznes sub’yektlarini jadal 
barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur 
choralar ko‘riladi” - deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta. 
Mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat korxonalarining faoliyati. 
Mustaqillik mashinasozlik sanoati jadal rivojlanishi uchun ham zamin yaratdi. 
1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston - Isroil “O‘zIsmash” qo‘shma korxonasida 
paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat 
jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi. 
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab 
chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yillarda Asaka shahrida 


108 
“Uz-DAEWOOavto” zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tico”, “Nexia” rusumli 
avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64,9 
ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004- yilda 70 ming dona yengil 
avtomobil ishlab chiqarildi. “Uz-DAEWOO” zavodida 1999-2003-yillarda “Matiz”, 
“Lacetti” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda 
avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatdan biriga aylandi. “Uz-DAEWOOavto” 
zavodi 10 yil (1996-2006-yil iyun) davomida 571580 ta avtomobil tayyorladi, 
ularning 198609 tasi xorijga eksport qilindi. 
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
“SamKochavto” zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000-yilda 
“SamKochavto” zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi. 
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o‘nlab 
yangi korxonalar bunyod etildi. А^
ГРП
, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 
avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib 
ishga tushirildi. Hozirgi paytda “Uz-DAEWOO” zavodi uchun zarur bo‘lgan 
butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqdi. 
2007-yilda “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan AQShning General Motors 
kompaniyasi o‘rtasida GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012- 
yilning 20-mart kuni “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 
“Chevrolet Malibu” avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


ill 
2009-yildan 
Germaniyaning “MAN Nutzfahrzeuge AG” konsemi 
hamkorligida “MAN Avto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etilib, “MAN” yuk 
mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan 
“SamKochavto” zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 
Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi 
mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning 
dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor 
zavodida 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 
hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab 
chiqarilmoqda. 
1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan AQShning “ABB Lummus Global” 
kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik 
yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997-2001-yillarda amalga oshirildi, majmua 
qurilishiga 1 mlrd AQSh dollari hajmida sarmoya o‘zlashlirildi. 2001-yil dekabrda 
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna 
polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab 
chiqarish quvvatiga ega. 
Respublikada sanoatning yengil va to‘qimachilik kabi turlari tez sur’atlar bilan 
rivojlanib bormoqda. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi 
“Qabul-O‘zbekKO”, 
“Kosonsoy-Tekmen”, 
“Papfen”, 
“Asnam 
tekstil”, 
“Karakulteks”, “Chinoz to‘qimachi”, “Qabul-FerganaKO”, “Oqsaroy to‘qimachi” 
qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004 -yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari 
qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish 
kengaydi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta 
tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu ko‘rsatkich 28 
foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmi ancha 
oshdi. 
Mustaqillik yillarida “Zarafshan-Newmont” korxonasi, Qizilqum fosforit 
kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon spirt 
zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi. 
Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi 
korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida 
samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish 
muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish 
o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 
hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib 
makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan boshlab barqaror o‘sish 
ta’minlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb 
olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, 
kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli 
darajada ko‘paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi. 
Dastlab, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib 


110 
bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda 2000-yilda 
ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990- yilga 
nisbatan 1,3 marta, 2010-yilda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi. 
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka 
erishgan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgan mamlakatdir. 
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari 2005-2015-yillar 
davomida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda. 
O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 
oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi. 
Istiqlol 
yillarida 
olib 
borilgan 
islohotlar 
natijasida 
shahar 
va 
qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush saviyasi o‘sib bordi. Yirik 
inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, 
izchil o‘sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovonligini 
yildan-yilga yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan 
ta’minlash darajasi salmoqli darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming kilometr gaz 
tarmog‘i (shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida), 2 ming kilometrdan ziyod 
ichimlik suv tarmog‘i (shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida) ishga tushirildi. 
Transport sohasida jahondagi yetakchi kompaniyalarni havo kemalari bilan 
ta’minlagan O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati 
bilan havo aloqalarini o‘rnatgan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. 
Respublika miqyosida tadbirkorlik sub’yektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi 
natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan- yilga ortib 
bormoqda. Xususan, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi 
iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan 
bo‘lsa, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009-yilda 50,1 foizni, 2010- yilda 52,5 
foizni, 2011-yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000-yilga nisbatan 23 foizga o‘sgan. 
2010-2016-yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan ish 
o‘rinlarining soni 3,9 foizga ortgan. 2017-yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 
ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta 
ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) 
rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati 
kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishiladi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin