6-
MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING
SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZORO MUNOSABATLARINING
RIVOJLANISHI.
Reja:
1.
Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga xos
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi.
2.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish.
3.
O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Agrar islohotlar.
4.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari.
1.
Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga
xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi.
Butun dunyodagi rivojlangan davlatlar iqtisodining asosini bozor iqtisodiyoti
tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos
iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim
zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi.
Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti bo‘lib, bunda
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va
harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy
qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor
iqtisodiyotidir.
Uning quyidagi xususiyatlari mavjud:
• tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladi;
• kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo‘lib, uning
o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
-
tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy
munosabatiga asoslanadi;
-
tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar;
-
bozorda ishlab chiqarnvchi emas, iste’molchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul
uning qo‘lida bo‘ladi;
-
bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi;
-
jamiyat a’zolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi.
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga solinuvchi
bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor
iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqti-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy
inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari
98
yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib,
tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan
davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib
bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning
yetakchi shakliga aylanib bordi.
Sovet hukmronligi davrida esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni
yoppasiga
davlat
ixtiyoriga
olish,
resurslarni
markazlashtirilgan
tarzda
ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan
ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko‘rdi. 74 yil
davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq uchun
farovon turmush ham yaratilmadi va oxir-oqibatda ma’muriy buyruqbozlik asosida
boshqariladigan o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot tanazzulga uchradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yangilanish, tub
o‘zgarishlarni o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet tuzumidan bizga
qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur anglab yetishimiz lozim.
O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o‘rmon va boshqa
resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi.
Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning
manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida
qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini
va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati
yuritishda qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valyuta jamg‘armasiga ega emasdi.
Sovet davlatidan zaif xom ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni arzon xom ashyo
va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi.
Respublika iqtisodiyotida boy mineral xom ashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz
foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, “Qayta qurish” davrida batamom
barbod bo‘lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, tushkunlik
holatidagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari
Sovet Ittifoqi bo‘yicha boshqa korxonalar bilan uzviy bog‘langani sababli, endi ular
o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. O‘zbekiston
yoqilg‘i va oziq-ovqat ham masalasida markazga qaram edi.
Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka
hokimligining o‘rnatilishi natijasida O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va
boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni
chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan
daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi. Hatto o‘ziga qarashli bo‘lgan
mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so‘rab olishga majbur edi. Aholi turmush
darajasi bo‘yicha nochorlik va yetishmovchilik Ittifoq miqyosida eng oxirgi
o‘rinlardan birida edi.
Ittifoqdan mustaqil bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o‘laroq,
99
O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi.
Sovet tuzumidan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. Aholi
yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zahiralarining ifloslanganligi,
radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik
xavfga duch kelib qolgan edi.
Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari. Iqtisodiy mustaqillik xalqimizni o‘z
yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zahiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk,
korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish,
iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy
mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o‘z
davlat byudjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valyuta, oltin zahirasi va
valyuta jamg‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz
obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik
tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini ma’muriy buyruqbozlik, markaziy
rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, jahon
xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish imkoniyati bo‘ldi. Davlat mustaqilligi qo‘lga
kiritilgach, O‘zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo‘liga tushib
oldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston bozor munosabatlarini
shakllantirish, milliy an’analarga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki
turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germaniyada bo‘lsin,
xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar bo‘yicha
rivojlanib borgani holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega bo‘lgan.
Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy
rasm-rusumlari, an’analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O‘zbekistonda bozor
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi.
Bu yo‘lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident Islom Karimovning
“O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida,
Respublika parlamentida qilgan ma’ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul
qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos
qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski
tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi
dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakatning
Birinchi Prezidenti I.А.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil
tashkil etdi. Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish. Iqtisodiyot
siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish
muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi.
Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh
islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar
jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo‘nalishlarini
belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy
100
hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil
ro‘yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni
qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan
qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin.
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga
oshirish, davlatning aholining ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash
borasida mas’ul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida
demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga
olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan
amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta
o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti
bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik
tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi,
an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”.
Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni
muvaffaqiyatli isloh qilib borishda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu yetakchi
tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib
borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish uchun
mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi o‘rindagi
vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat qildirishga
sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam shakllantirishni,
bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, keyin yangi bosqichga
o‘tishni taqozo etadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlaming uzoqni ko‘zlagan
quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
-
milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim yaratish;
-
ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan
begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama
o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya
qilinishini ta’minlash;
-
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik
ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash;
-
moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiyot tizimiga
kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
-
kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va
101
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy islohotlarning asosiy va muhim
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni
rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
mulkiy islohotlar, institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari, agrar
islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari, ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Bu jarayonda islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, qonuniy asoslarini
yaratishga alohida e’tibor berilib, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy
islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
•
kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan
iqtisodiy tizimni barpo etish;
•
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish;
•
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
•
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
•
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
•
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
•
kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish;
•
iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini
yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, o‘z
navbatida ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi
qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2.
Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy korxonalar
to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning
faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi
to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul
qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni
yo‘lga soluvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni
cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo‘jalik
protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi.
3.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar,
xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz
tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika
102
iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va
boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul qilingan qonunlar
amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib
xizmat qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bozor
infratuzilmasini yaratishdan iboratdir.
“Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz - tovar, pul
bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida
o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi”.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va
rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa,
tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga
xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va
korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi
transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari
yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega bo‘ldi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq “Respublika ko‘chmas mulk
birjasi”, “Tovar xom ashyo birjasi”, “Toshkent fond birjasi” tashkil etildi. Bu tarmoq
yanada rivojlantirildi. 1991-2000-yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun
xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xom ashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta
auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik
idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari
tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida
ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar,
xabarlar va ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga
keladi.
Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori - milliy valyutadir. O‘z
valyutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda
moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va
fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul
chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga
qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini
belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat
boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy
mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valyutaga o‘tish O‘zbekiston
uchun oliy maqsad edi. Biroq milliy valyutaga o‘tish oson ko‘chmaydi, yangi
valyutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsatadiki,
davlatlar o‘z milliy valyutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llarni bosib
o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan. O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga
kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil
iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki
payti 1991-1993-yillarda Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq
103
sovetlardan keyingi davrda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi
natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi
boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu
yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi.
Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini
Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya,
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga,
O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga
qaror qilindi. Biroq amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu
tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati
O‘zbekistonning oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo
qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi.
Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50
%
miqdoridagi AQSh dollari yoki
O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan, O‘zbekistonda
muomalada bo‘lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi
1993-
yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi.
To‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati
belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy Banki Rossiya Markaziy Bankiga
hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak edi. O‘zbekiston bunday shartlarga rozi
bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valyutani
joriy qilishga jiddiy kirishildi. 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga
tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi
pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirildi. So‘m-kupon joriy
etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar
ko‘paydi. Bozorda narxlar ko‘tarilib ketdi. Hukumat buning oldini olish choralarini
ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha, aholi, iqtisodiyot himoya
qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi va haqiqiy
milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
1994-
yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga
kiritish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan
1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta - so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi
1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valyuta - so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,
3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) holida muomalaga
chiqarildi. Aholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari orqali 1000 ga 1
qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so‘mlik qog‘oz pullari ham
muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul
holida muomalaga chiqarildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz
hayotida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeyi oshdi,
o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‘ldi. Bu
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003-yil
15-oktabrdan boshlab, so‘m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga
104
ko‘tarildi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat
qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta
kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari
yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy
asoslari belgilab berildi. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi.
Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-
yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat,
shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar ochildi. Minibanklarning
soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalarini qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda
banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga
kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib
bormoqda.
To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimi
yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996-yilda paydo bo‘ldi. 2011- yilda
muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. Savdo va
xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatadigan
terminallar soni 86 mingtaga yetdi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan
himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi.
Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi “Kafolat”,
“Agrosug‘urta”, “O‘zbekinvest” kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi.
Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan
hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi.
2002-yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida
mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha
sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunning qabul
qilinishi (2002-y.), Prezident farmoni bilan 2002-yil 1-fevralidan boshlab sug‘urta
tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda
sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi.
Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum
ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi.
Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator
chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Keyinchalik Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat
birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi
tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish mexanizmi
yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini
tashkil etishga e’tibor berildi. 1993-yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish
105
hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998- yilda bu
ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2000-yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001-yilda esa
372 mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiy
islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy
larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar
uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar
muntazam sur’atda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik
muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992- yil avgust oyida O‘zbekiston
Respublikasining “Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga
kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator
normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va
narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni
belgilab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib
turibdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga
xos yo‘li ishlab chiqildi va unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini
shakllantiruvchi va unga xizmat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor
infratuzilmasi yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |