О‘zbekiston Konstitusiyasining birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1 – 6 — moddalarda О‘zbekiston — suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, о‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qо‘yilgan. Konstitusiyada davlatning «О‘zbekiston Respublikasi» va «О‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qо‘yilgan.
Ikkinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7 – 14 — moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, О‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat о‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kо‘zlab amalga oshiradi, deb kо‘rsatilgan.
Uchinchi Konstitusiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bо‘linishidir. О‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bо‘linishi qonunlashtirildi.
Tо‘rtinchi Konstitusiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitusiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik – huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi.
Beshinchi Konstitusiyaviy tamoyil — Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitusiyaning 15 – moddasida «О‘zbekiston Respublikasida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi sо‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish kо‘radilar», deb belgilab qо‘yilgan.
Oltinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. О‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — «Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar tо‘g‘risida xalqaro akt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar tо‘g‘risida xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon etilgan.
Konstitusiyaning 18 – 52 — moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. О‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitusiya bо‘yicha har bir shaxsning о‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.
Yettinchi Konstitusiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish kо‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bо‘ladi.
Sakkizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qо‘yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17 – moddasida О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitusiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va dо‘stona aloqalar о‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
Tо‘qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — mahalliy о‘zini – о‘zi boshqarishdir. О‘zbekistonda о‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bо‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bо‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitusiyaning 99 – 104 – moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
О‘zbekiston Konstitusiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida unga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu jarayon tabiiy va о‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni kо‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan Konstitusiyada о‘z ifodasini topishi va huquqiy asosga ega bо‘lishi lozim.
Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda umumxalq referendumi о‘tkazildi. Referendum О‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib о‘zgartish tо‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi. Referendum qarorlariga kо‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari tо‘g‘risida»gi, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tо‘g‘risida»gi, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tо‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan bо‘lib, ular О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish uchun asos bо‘lib hisoblandi.
Referendum yakunlariga kо‘ra 2003 yil 24 aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi «О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XVIII (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritilgan.
О‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 89 – moddasiga, 93 – moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilgan bu о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda
Nazorat savollar
1. O‘zbekistoning eng yangi tarixi fani nimani o‘rganadi?
2. Tarixni o'rganishda qanday metodologik tamoyillarga tayanish lozim?
3. Tarixni o‘rganishda xolislik, ilmiylik tamoyilining talablari nimalardan iborat?
4. Milliy g‘oya va mafkurani odamlarga singdirishda Vatan tarixining o‘mi va ahamiyati qanday?
5.Brinchi Prezident Islom Karimovning qaysi asarlarida Vatan tarixini xolisona yoritish va o‘rganishning ahamiyati ko‘rsatilgan?
5.O‘zbekiston Respublikasinig konstitutsiyasini ishlab chiqish , qabul qilish jarayonini tushuntirib bering.
6.O ‘zbekistonn ing o ‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?
7. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisning tashkil topish i va faoliyati haqida ma’lumot bering.
8. Vazirlar Mahkam asining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida nim alarni bilasiz?
9. O'zbek tiliga davlat tili maqomini berish to'g'risidagi Qonun qachon qabul qilindi, uning ahamiyati haqida so'zlab bering.
10.Oliy Kengashning O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e ’lon qilish to'g'risidagi qarorining mazmunini nimalardan iborat?
11.Mustaqillik to'g'risidagi referendum va uning natijalarini bilasizmi?
12. O'zbekiston Davlat mustaqilligini qo'lga kiritishning tarixiy ahamiyati haqida malumot bering.
13.O‘zbekiston Respublikasinig konstitutsiyasini ishlab chiqish , qabul qilish jarayonini tushuntirib bering.
14. O‘zbekistonn ing o ‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?
15.O‘zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisning tashkil topish i va faoliyati haqida ma’lumot bering.
16.Vazirlar Mahkam asining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida nimalarni bilasiz.
Adabiyotlar:
1.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони //Халқ сўзи, 2017, 8 февраль.
2.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 3 февралдаги 3.“Маҳалла институтини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. //Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, №6. 2017.
3.Мирзиyoев Ш.М. Конституция – эркин ва фаровон ҳаyoтимиз, мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. 7 декабрь 2017 й.-Т.:Ўзбекистон, 2018..
4.Каримов И.А. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ». Т., Шарқ нашириyoти. 1998 й.
5..Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиyoт йўли. Т.: Ўзбекистон, 1992 й. 3. Каримов И.А. “Тарихий хотира ва инсон омили келажагимизнинг гаровидир”. Рисола. Т., 2012 йил.
6.Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.: Ўзбекистон, 1999.
7.Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон турмуш-пировард мақсадимиз.- Т.:Ўзбекистон, 2000.
8.Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир.Т.: Ўзбекистон, 2000.
4.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008.
5.Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: “Ўзбекистон”
НМИУ,
6. К.Усмонов, М.Содиқов, С.Бурхонова. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. Т., 2008 й
7. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: О‘zbekiston, 1992, 2009.
8. Bobobekov H. Farg‘ona fojialari kundaligi // «Fan va turmush».1990, № 4-5.
9. Mustaqillik: Izohli ilmiy – ommabop lug‘at // R. Rо‘ziyev va Q. Xonazarov umumiy tahririda. Tо‘ldirilgan uchinchi nashri. –T.: Sharq, 1996.
10. Salimov O., Usmonov Q., G‘aniyev D. Yangi О‘zbekistonning 7 zafarli yili. –T.: Sharq, 1999. –B. 9-20, 40-46.
11. О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.
12. О‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. О‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – T.: Sharq, 2000. –B. 624-676.
13. О‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil О‘zbekiston tarixi. –T.: Sharq, 2000. –B. 7-4, 773.
13. О‘zbekiston tarixi / R. Murtazayeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi, 2003. –B. 529-554.
14. Jo’rayev N. O’zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. – To’ldirilgan, qayta nashr. –T.: G’afur G’ulom, 2009. –B. 8-87.
10. Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. –T.: IQTISOD – MOLIYA, 2006. –B. 374-400.
11. Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob); R. Shamsutdinov, Sh. Karimov – T.: Sharq, 2010. –B. 440-472.
Dostları ilə paylaş: |