Oʼzbekistonning eng yangi tarixi


- mavzu. Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə13/57
tarix17.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#115648
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
O zbekistonning eng yangi tarixi

7- mavzu. Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.


Reja:


1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda taʼlim va tarbiyaning roli.
2. “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Taʼlimning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va muammolari. Oʼzbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi oʼzgarishlar.
3. Oliy taʼlim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
4. Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yoʼlga qoʼyilishi: yutuqlar va kamchiliklar

Istiqlol yo’lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma'naviy, madaniy omillariga ahamiyat berish bilan birga maorif, ta'lim-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilmoqda. "Ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi", - deydi I.A. Karimov.


Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda O’zbekiston hukumati tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e'tibor ta'lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma'rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992 yil 2 iyul respublikamizda "Ta'lim to’g’risida"gi qonun qabul qilindi.
Ta'limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
-ta'lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
-ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
-ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
-e'tiqodi, dinidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
-ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan holiligi.
1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan "O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni rag’batlantirish choralari to’g’risida"gi Farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta'lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
O’zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eskicha tafakkur, e'tiqodidan qutulgan, istiqlol uchun, o’z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi bo’ldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlari yo’lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog’liq bo’lib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ’ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo’lsa, endilikda bu o’quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalar tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Birinchi Prezidentimiz respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to’g’risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi o’tmish qoldiqdaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo’l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko’rsatadi.
O’zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma'rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog’liq. I.A.Karimov muxbirlarning "Sizning siyosatingizda ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berishning sabablari nimada?", deb so’ragan savoliga ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo’lmaydi, ong, g’oya, tafakkur ta'lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq, bir-birini to’ldiradi, deb javob beradi.
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" ma'ruzasi asosida yangi tahrirda "Ta'lim to’g’risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda o’quv-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo’lida ekan bilimdon, ma'naviyatli, mustaqil fikrlab, mustaqil ish yuritadigan yoshlarni, yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi bo’lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo’yilmoqda.
Bu borada "Ulug’bek" (1993 y), "Umid" (1997 y.) jamg’armalari olib borayotgan ishlar alohida o’rin tutadi. Faqat "Umid" jamg’armasi sinovlarida 1997-1999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo’ldi. 2000-2001 o’quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o’tkazilib, ulardan 124 nafari xorijiy davlatlarning eng nufuzli o’quv yurtlarida o’qishga muyassar bo’ldi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta‘limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o`quv yurtlarning maqomi, dasturlari va ta‘lim uslublari butunlay o`zgartirildi. Zamonaviy, shu paytgacha bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshidagii harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ichki ishlar akademiyasi, Bank moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti kabi o`nlab yangi o`quv muassasalari tashkil etildi. Abiturient va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etildi. Ilg’or mamlakatlarning tajribalari asosida yangi tipdagi litsey va gimnaziyalar ochildi. O`zbekistonda gimnaziyadan tortib akademiyagacha bo`lgan zamonaviy, yangi ta‘lim tizimi vujudga keltirildi. 1997 yil ta‘lim tizimida katta burilish yuz berdi. Oliy Majlisning IX sessiyasi “Ta‘lim to`g’risida”gi qonun va u asosida “Kadrlar tayyorlash dasturi”ni qabul qildi. Bo`lar mamlakatimiz ravnaqi va kelajagini belgilab beruvchi hujjatlar bo`lib, milliy tiklanishning ma‘naviy asosini tashkil qiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga milliy g’oyaning bir qismi deb qaraladi. Chunonchi kadrlar tayyorlash milliy modeliga asos solindi. Shaxs davlat va jamiyat, shuningdek fan va ishlab chiqarish o`rtasida uzviybog’liklik bo`lishiga imkon tug’ildi.
Bu hujjatlar asosida O`zbekistonda 9 yillik umum ta‘limdan so`ng, 3 yillik akademik litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta‘lim joriy etildi. Ta‘lim islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi:
1 bosqich - 1997-2000 yillarni ichiga olib, unda ta‘limning huquqiy-me‘yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Hozirgi kunga kelib o`zluksiz ta‘limning tamomila yangi huquqiy-me‘yoriy negizi yaratildi, islohotlarning samaradorligini aniqlash maqsadida monitoring tizimi joriy qilindi, davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqildi, dastur va darsliklarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda, pedagogik kadrlarni,ta‘lim muassasalarni atstattsiya va akkreditatsiyadan o`tkazish asoslari ishlab chiqildi va h.k .
2 bosqichda-2001-2005 yillarda milliy dasturni to`liq amalga oshirish ko`zda tutilmoqda.
3 bosqichda - 2005 yilda undan keyingi yillarda to`plangan tajribalar asosida ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ko`zda tutilgan edi.
Yosh avlodni tarbiyalash masalasi ustivor yo`nalish sifatida davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, davlatimiz ichki iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni dastavval moddiy jihatdan qo`llab quvvatlash maqsadida tadbirlar ishlab chiqildi.
Ta‘lim tizimiga qilinayotgan sarf-harajatlar darajasi bo`yicha O`zbekiston jahonning yetuk mamlakatlariga yaqinlashib bormoqda. Davlat tomonidan 1998 yilda ta‘lim sohasiga yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizi miqdorida mablag’ ajratilgan bo`lsa, 1999 yilda-8,1 foiz mablag’ sarflandi. Bu esa faqatgina ikki yil mobaynida turli viloyatlarda 250 ta yangi tizimdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini tashkil etishga imkon berdi. Xususan Qashqadaryoda ham 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kolleji barpo etildi. Yoshlar hayoti bilan bog’liq muammolarga ham alohida e‘tibor berilmoqda. Ularning intellektual salohiyatini oshirish, ma‘naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy ximoyalar, iste‘dodli va iqtidorlilarni rag’batlantirish maqsadida bir qancha jamg’armalar tashkil etildi.
1997 yilda tashkil etilgan “Umid” jamg’armasining asosiy vazifasi iste‘dodli yoshlarni tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli o`quv yurtlarida ta‘lim oldirish. Xorijiy mamlakatlarga o`qish uchun nomzodlarni tanlashda dunyodagi mashhur tashkilotlar, jumladan, Aksels, Ayreks, Britaniya Kengashi, Daad, Tasis ishtirok etadilar. 1997-1999 yillarda “Umid” jamg’armasi orqali 700 nafardan ortiqroq talaba yoshlar xorijga o`qishga jo`natildi.SHu jumladan 30 nafar Qashqadaryolik yoshlar ham. Ta‘lim sohasini malakali professor va o`qituvchilar bilan taminlash borasida 1997 yilda tashkil etilgan “Ustoz” jamg’armasi ham katta xissa qo`shmoqda “Ustoz” jamg’armasi faoliyatini faqatgina bir yo`nalish, ya‘ni chet ellardagi yetakchi o`quv yurtlarida o`qituvchilarning malakasini oshirish bo`yicha qilingan tadbirlar natijasida 1998 yilda 71 nafar o`qituvchi xorijda malakasini oshirgan. 980 nafari Vatanimizda chet ellik mutaxasislar ishtirokida malaklarini oshirdilar. “ Ustoz “ grantiga sazovor bo`lgan 185 kishi AQSh va Isroilda malaka oshirib keldilar. Shubxasiz, ta‘lim sohasidagi bugungi kunlarda qilinayotgan tadbirlar mazkur tizimning samaradorligini oshirish, kelajakda mamlakatni yuksak malakali mutaxasislar bilan ta‘minlash imkonini beradi.
Mustaqillik yillarida xalq ta'limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora – tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2004 yil 21 may – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004 – 2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta'lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin