Oʼzbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə43/57
tarix17.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#115648
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
O zbekistonning eng yangi tarixi

Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat'iy hukmron bo’ladi. Ya'ni, hеch kim, hеch bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo’ysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa, hеch bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kеrak. Huquqiy normalarni tadbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Lеgitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimiyatining qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishini anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. Tarixan an'anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda namoyon bo’ladi.
Libеralizm – (lot. erkinlik) mafkura, ijtimoiy-siyosiy harakat. U ijtimoiy imtiyozlar va avloddan-avlodga o’tuvchi hokimyatga qarshi chiqib burjua qatlamlarining qarashlarini o’zida mujassam etadi. Asosiy tamoyillari: individualizm, erkinlik, bozor va raqobatning mutloqligi, davlatni chеklash zarurligi (asoschilari I.Bеntam, J.Mill, A.Smit, G.Spеnsеr).
Libеrallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo’lishini, jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo’lini e'tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot.
Liga - lot. ligare-bog’lamoq; ijtimoiy-siyosiy birlashma; davlatlar, tashkilotlar, alohida shaxslar ittifoqi.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o’zlashtirish va o’zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma'naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo’llari va uslublari majmui.
Madaniyatli odam – o’qimishli, zamon talablari asosida kiyinish va muomala mе'yorlariga amal qiluvchi, ahloq normalariga to’la amal qiladigan, ilg’or falsafiy g’oyalarga ega bo’lgan, jahon madaniyati durdonalaridan xabardor bo’lgan shaxsga aytiladi.
Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatining asosiy sababi.
Manfaatlar – (lot. Interest-ahamiyat kasb etish) muhim ob’еktiv ravishda ahamiyat kasb etgan, inson, jamoa, millat, jamiyat kabilar uchun zarur bo’lgan zaruriy ehtiyojlar; kimgadir farovonlik bag’ishlaydigan, kimgadir foyda kеltiradigan narsalar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin