Birinchi ustuvor yo`nalish — mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati, shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo`nalish mamlakatimizda xavfsizlik va bargarorlikni ta'minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta 'minlash.
Uchinchi ustuvor yo`nalish — bozor islohotlarini yanada chu-qurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.
To`rtinchi ustuvor yo`nalish — inson huquqlari va erkinliklari-ni, so`z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan de-mokratik tamoyillarni amalga joriy etish.
Beshinchi ustuvor yo`nalish — jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o`rni va rolini oshirish, ularning faoliyat doirasini kengaytirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jara-yonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish.
Oltinchi ustuvor yo`nalish— sud-huquq sohasini isloh qi-lish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini ta'minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklari-ni himoya qilish, huquq organlarini «jazolovchi» organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish.
Yettinchi ustuvor yo`nalish —islohotlaming samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch — inson omilini kuchaytirish demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog`ligni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish.
4- mavzu. Oʼzbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy oʼzgarishlar.
Reja:
1. Milliy davlat tizimining barpo etilishi, boshqaruvda yangi usullarning shakllantirilishi. Mustaqil Oʼzbekistonda hokimiyatlar boʼlinishi printsipi.
2. Oʼzbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Oʼzbekistonda koʼppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
3. Oʼzbekistonda nodavlat, notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlarda tutgan oʼrni. Oʼz-oʼzini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi oʼrni.
4. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasining mohiyati va amaliyoti.
5. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning siyosiy islohotlardagi ahamiyati.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonun tusini olgan. Uning 7-moddasida «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir», -- deyilgan. Konstituiiyaning 2-moddasida esa «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi», deb ta’kidlangan.
Hozirgi zamon jahon davlatchiligi tajribasida davlat zimmasidagi vazifalar ancha o‘zgardi. Bu ayniqsa, biz kabi totalitar tuzum iskanjasidan chiqqan xalqlar uchun butunlay yangilik. Jumladan, endi u ko‘proq iqtisodiy asoslarni mustah-kamlash, ijtimoiy munosabatlarni chuqurlashtirish, odamlar madaniy va moddiy turmush darajasini oshirishning strategik tamoyillarini ishlab chiqish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, tinchligini mustahkamlash va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
«Boshqaruv vazifalarining asosiy qismini markazdan viloyatlarga, viloyatlardan shahar - tumanlardagi davlat va boshqaruv idoralariga o‘tishini ta’minlash darkor. Shu tariqa bu bosqich asta-sekin o‘z-o‘zini boshqarish jamoatchilik tashkilotlariga ham yetib boradi», deydi birinchi prezident I.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil, 23-24 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida. Bu yo‘l bevosita mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilining bosh yo‘nalishiga aylanib qoldi.
Davlat o‘z vazifalarini bajarishda hokimiyatni kuchayti-rish hisobiga emas, aksincha demokratik omillarni kengaytirish, keng xalq ommasini boshqaruvga jalb etish yo‘li bilan amalga oshirishi lozim. Buning uchun jamiyatda keng miqyosli demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek jamiyat hayotini barcha sohalarida fuqarolar haq-huquqlarini kengaytirish, jamiyatning har bir a’zosi ijtimoiy-madaniy rivojlantirishini ta’minlash, siyosiy va mafkuraviy xilma-xilligiga erishish asosida davlat monopoliyasini yo‘qotish kerak. Boshqacha qilib aytganda, Davlat endi ko‘proq fuqarolar haq-huquqini kafolatlaydigan mexanizmga aylanishi kerak. Buning uchun quyidagi asosiy tamoyillar muhim ahamiyatga ega:
Milliy an’analarga, aholi barcha qatlamlari va ijtimoiy guruhlari ehtiyojlariga, xalq hayotining tarixiy tajribalariga tayangan qolda demokratik asoslarni mustahkamlash.
Hokimiyat bo‘linishining eng demokratik, eng xalqchil shakllarini joriy etish. Bu amalga oshirilmoqda. Hozir O‘zbekistonda qonunchilik, ijro va sud hokimiyati mavjud.
Boshqaruvni markazlashtirmaslik, respublika va mahalliy hokimiyatlar vazifalarini aniq belgilash, ularni chegaralab qo‘yish. Chunki, keng miqyosli xalq xo‘jaligi, ijtimoiy hayot muammolarining ko‘pqirraliligi mavjud masalalarni markazda to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etish imkonini bermaydi. Shuning uchun Markaziy organning ko‘pgina vakolatlarini joylarga - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar, tuman hokimiyatlari zimmasiga yuklash kerak. Biroq bu markaz-
dan uzoqlashish, har qanday muammoni o‘z xohishicha qal etishimkonini bermaydi.
Ma’lumki, jamiyatni demokratlashtirishning yana bir mu-him sharti odamlarning ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar sur’atlari bir-biriga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham deshjratik o‘zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni boshqarishni, ularni hayotga tadbiq qilishni avvalambor jamiyatning o‘zi anglamogi va xal qilmog‘i darkor. Bu o‘rinda mahallalarning o‘rni va o‘z-o‘zini boshqarish tartibotini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tajriba demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko‘r-ko‘rona ko‘chirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Unga tinimsiz intilish bilan hayotning og‘ir sinovlariga bardosh berib erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida ta’kidlanishicha, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shu-ningdek ular tarkibidagi maqallalar hamda shaxarlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini-o‘zi boshqarish organ larini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vako lat doirasi qonun bilan belgilanadi». Darhaqiqat mahalla O’rta Osiyodagi shaharlar ichidagi hududiy birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan. Arablar istilosi va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari paydo bo‘lgan mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar birlashmasi bo‘lib, unda odamlar faqat qo‘shnichilik rishtalari bilan emas, balki yuzlab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida ma’naviy axloqiy normalar, urf-odatlar va an’analar bilan belgilangan. Shuning uchun ham undan minglab kishilarni faol ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida foydalanish lozim.
Ong va tafakkur bilan bogliq bo‘lgan jarayonlar hamisha qiyinchshtik bilan amalga oshirilgan. Jumladan, yillar mobaynida ongimiz va tafakkurimizga singib ketgan tanballik, imon-ixtiyerimizni «yuqori»ga topshirib qo‘yish illatlari bugungi demokratik jarayonlarga to‘siq bo‘lmoqda. Uning salbiy oqibatlar chuqurlashib borayotgan yangilanishlar mohiyatini ang-lashga, butunlay yangi turmush tarzining shakllanishiga, inson haq-xuquqparining kentayishiga va jamiyatda shaxs rolining oshib borishiga monelik qilmoqda.
Ijtimoiy turmushning hamma sohalarini demokratiyalash, o‘zkni o‘zi idora qila olish fazilatlarini kuchaytirish, o‘z hayotini o‘zi tashkil etish tamoyillarini kundalik faoliyatga aylantirish nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. U siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy-axloqiy sohalarda yangicha tafakkur tarzini talab etadi. Bu jarayon chin ma’noda har bir fuqaro mehnati, yaratuvchanlik qobiliyati orqali o‘z turmushini izga solishi asosida butun jamiyat hayotini mazmu-nan yangilash, unga butunlay yangi qiyofa baxsh etish bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida jamiyatni tubdan isloh qilish jarayo-nida fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlari faoliyatini tubdan o‘zgartirishni, uni milliy an’analar va jahon tajribalari asosida qaytadan tashkil etishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Resgtublikasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini uchta hududiy bo‘g‘inga bo‘lish mumkin. Birinchi hududiy bo‘g‘inga xalq deputatlari shahar, tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, shaharlardagi tuman kengashlari kiradi. Ikkinchi hududiy bo‘g‘inga xalq deputatlari tuman, Toshkent shaxridagi tuman, shahar kengashlari kiradi. Uchinchi hududiy bo‘g‘inga esa xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari kiradi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining barcha bo‘g‘inlari huquqiy shaxs hisoblanadilar va ular qonun bilan o‘z ixtiyoriga berilgan istalgan masalalarni mustaqil hal qilishga haklidirlar. Mahalla o‘zini-o‘zi boshqarishning asosiy bo‘g‘ini. Bu aholining ijtimoiy masalalarini hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mahalla O‘rta Osiyoda qadimdan hududiy-ma’muriy birlik hisoblanadi. Bu yerda xar bir yashovchi taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat’iy nazoratda turgan. Bir-biri bilan hisoblashib yashagan. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an’analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma’naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot maktabi.
Mahalla bo‘lib, birlashib, uyushib yashash arablar istilosigacha yoki islom dini qabul qilinishidan ancha ilgari paydo bo‘lgan. Mahalla ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi odamlar uyushmasi bo‘lib, unda odamlar faqat qo‘shnichilik munosabatlari bilangina emas, balki ming yillar mobaynida shakllangan o‘ziga xos ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy normalar, aniq intizom, urf-odat va an’analar bilan bog‘langan.
O’zbekistonda o‘zini-o‘zi boshqarish va mahalliy hokimiyat-lar rolini takomillashtirish asosida mamlakat demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish maqsadida Oliy Kengashining 1993 yil sentabrda qabul qilgan «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun alohida ahamiyatga ega tub islohotlar davrining eng muhim va dolzarb talablari-ga muvofiq tarzda yuzaga kelgan ushbu qonun ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotimizda katta voqea bo‘ldi. O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarishni tashkil etish va uni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham alohida ta’kidlangan. Uning 105-moddasida «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda qamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni va uning maslahatchilarini saylaydi» deyilgan. Bu bilan mamlakatimiz birinchi marta fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida e’tirof etildi va ularning huquqiy maqomi, vakolatlari qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi.
«Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini bajarishda qatnashishga doir o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z xududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik masalalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, mamlakat hukumatining qarorlarini bajarishda yordamlashadi.
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishni ifodalovchi muhim belgilardan biri o‘z faoliyatini hududiy tamoyil asosida tashknl etishdir.
Ma’lum bir hudud birlashgan jamoa o‘zini o‘zi boshqarish idoralarini ma’lum turar-joy mavzesi, qishloq, posyolka, ko‘cha hududida tashkil etadi.
Mazkur qonunning 2-moddasida hududiy yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida belgilangan. Jumladan, mahallalar faoliyat ko‘rsatayotgan hududlar fuqarolarining taklifiga ko‘ra tuman, shahar hokimi tomonidan belgilanib, qabul qilingan qaror tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun fuqarolar yiginida yoki majlisida qaror qabul qilishga imkon beruvchi huquqiy meyerlar va imtiyozlarni ko‘rsa-tib berdi. Fuqarolar yig‘ini unda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lganlarning kamida yarmi, vakillar majlisi esa delegatlar-ning uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy kuchga kiradi. Yig‘inni rais yoki uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi va u hokimga yuboriladi.
Bularning hammasi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari faoliyatining demokratik asoslari mahalliy sharoitga yaqin-lashtirilganini, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilganini va aholining jamiyatni boshqarishda mumkin qadar ko‘proq ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaytirildi. Ular qonunning 17-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati va bosh-qaruv organlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxo-nalarining ish vaqtini aholiga qulay holda belgilashlari, ma’muriy komissiya tashkil etishlari mumkin. Bu mamlakat-da fuqarolar faolligini oshirish, shu asosda o‘z turmushini yo‘lga qo‘yish va jamiyat umumiy qiyofasini shakllantirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining mamlakat «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi 1992 yil, 12 sentabrdagi hamda mamlakat «Mahalla» xayriya jamgar-masiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 1992 yil 8 oktabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy axamiyatga ega bo‘ldi. Ayni paytda mahalla qo‘mitalari o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kambagal oilalarga, nogironlarga, yolgiz keksalarga moddiy yordam berish hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng miqyosli ishlarni olib bormoqsa.
Hukumat dastlab budjet hisobidan 25 million so‘m mablag‘ ajratdi. Bu joylarda mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini takomillashtirish uchun qulay imkoniyatdir. Keyingi yillarda ham odamlarning turmush tarziga, ularning xulqi va kayfiyatiga odatda qishloq va mahalla komitetlariga saylanadigan hurmatli oqsoqollar ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuch ekanligini hisobga olib qishloq va mahalla komitetlarining roli va obro‘sini yanada mustaqkamlash va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ko‘rildi».
Mamlakatda mahalla komitetlari raislari hamda kotibla-riga oylik ish haqi belgilandi. Qisqa vaqtda bu maqsadlarga mahalliy budjetdan 10 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. 1994 yil oxirlariga kelib respublikada 12,4 ming mahalla shakllantirildi. Ular o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, o‘zlari haqidagi Nizomga, mahalliy hokimiyatning mahalla fuqarolarining yig‘ilishi xaqidagi qarorlariga amal qilib ish tuta boshladilar.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini takomillashtirish kundalik hayotimizda demokratiyani chu-qurlashtiradi, davlat rolini asta-sekinlik bilan mahalliy organlar zimmasiga yuklaydi. Bu hozirgi zamon jahon ilg‘or tajribalariga mos keladi va dunyoviy davlat tamoyillarini boyitadi.
Yuqorida o‘zbekning mahalla-mahalla bo‘lib birlashib, o‘zi-ni o‘zi idora qilib yashash tarzining ildizlari goyat chuqur ekanligi ta’kidlandi. Endi ular faoliyatini yangi sharoit-larda, yangicha mazmun bilan boyitish ham hayotiy zaruriyat bo‘lib qoldi. Bu borada keyingi yillarda Chilonzor tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashi ibratli ishlarni amalga oshirdi. Ular mahalla ahlining ko‘p asrlik tajribalaridan va eng odilona boshqaruv usulidan samarali foydalanish maqsadida mavzelarni ham maqallalarga aylantirishga qaror qildilar. Tuman hududida avvaldan mavjud bo‘lgan 19 ta mahallalar qatoriga mavzelar va bir qator turar-joylarda yangitdan tash-kil etilgan 25 ta mahalla qo‘shildi. Ular soni 44 taga yetdi. Ayni paytda bu yerlarda keng miqyosli ijtimoiy-siyosiy, ma’-naviy-axloqiy, madaniy tadbirlar amalga oshirildi. Bular aholini o‘z o‘zini boshqarishdagi ishtirokini yanada kengay-tirmoqda.
Shunday qilib, 90-yillarning o‘rtalariga kelib, mustaqil O’zbekistonning viloyat va shaharlari hududlarida ijtimoiy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bulgan mahallalar soni, ular-ning aholi o‘rtasidagi roli ortib borishi ham respublikada ijtimoiy hayotning yanada demokratlashib borayetganini ko‘rsa-tadi.
Albatta, keyingi yillarda istiqlol tufayli yangidan, qad-dini ko‘tarayotgan mahallalar hayotida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Buni 1996 yil may-iyun oylarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar yakunlari ham ko‘rsatdi.
1996 yil, 2 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi. Unda «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar yakunlari» ko‘rib chiqiddi. Ushbu qarorda ko‘rsatib o‘tilishicha respublikada bu muhim siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.
Avvalo shuni aytish kerakki, Oliy Majlis Kengashi 1996 yil 13 mart kuni fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazish masalasini maxsus muhokama qildi va shu asosda zarur tashkilotchilik ishlari olib borildi46. Fuqarolar yig‘inlari va ularning raislari saylovini o‘tkazish haqidagi qonun matni 4 ming nusxa atrofida ko‘paytirilib Qoraqalpog‘iston Juqarg‘i Kengesi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga amalda foydalanish uchun yetkazib berildi. Shuningdek, bu tadbirni uyushqoklik bilan o‘tkazishga doir tavsiyanomalar ishlab chiqildi, Bu «Mahalla» gazetasida e’lon qilindi. Viloyat, shahar va tumanlarda fuqa-rolarning o‘z-o‘zini boshqarish yig‘inlari, raislari, ular maslahatchilari saylovini o‘tkazishga doir amaliy seminarlar o‘tka-zildi. Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, viloyat hokimlari o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati ma’sul xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar-kengashlarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hokimiyat vakillik organlarining ishonchli yordamchisi tariqasida o‘zini ko‘rsatib, jamiyatda fuqarolik totuvligini mustahkamlashga ko‘maklashayotgani alohida ta’kidlandi. Kam daromad oilalarga va muhtoj kishilarga yordam ko‘rsat-moqda, hududlarni obodonlashtirish yuzasidan keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.Ayni paytda ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat qishloqlari va ovullarida fuqarolarning 1436, shaharlarida 117, mahallalarda 5402, shu jumladan qishloq mahallalarida 3305 o‘zini-o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ularning raislari jamoatchilik asosida ish olib bora boshladilar."
Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida qishloqlarda kattagina hududni egallaganliklarini inobatga olgan holda ana shu viloyatlar qishloq mahallalarida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tuzildi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish paytida yig‘inlarning amaldagi raislari faoliyati tahlil etildi. Bu ish xususan Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida yaxshi o‘tkazildi. Hammasi bo‘lib mamlakatda 6 ming 955 yig‘in raisi va 60 mingdan ortiq maslaqatchi saylandi. Qishloq, ovul va shaharlarning va shaxarlardagi mahallalarning yig‘inlari raislarining 84 foizidan ortig‘i shu lavozimiga ikkinchi muddatga saylandi, bu ko‘rsatkich maslahatchilar orasida 65 foizdan ortiqrog‘ini tashkil qildi.
O‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining umumiy ma’lumot darajasi ancha oshdi. Oliy ma’lumotli yigin raislari Qoraqalpog‘iston respublikasida 68,6 foizni, Toshkent shahrida 68,7 foizni, Navoiy viloyatida 87,5 foizni tashkil etdi.
1993 yilgi saylovga nisbatan 1996 yilgi saylov kompaniyasida xotin-qizlarni yig‘in raisligi va yig‘in maslahatchila-ri tarkibiga saylashga e’tibor berildi. Jumladan, yig‘in rahbarlari orasida xotin-qizlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro va Namangan viloyatlarida 20 foizdan ko‘proqqa, Toshkent shahrida esa qariyb 2 barobarga oshdi.
О‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etilishida xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Dastlab saylov tizimini yо‘lga qо‘yish maqsadida «О‘zbekiston Respublikasining referendumi tо‘g‘risida» va «О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tо‘g‘risida» (1991 yil 18 noyabr)Qonunlari qabul qilindi. Saylovlar haqida, saylov о‘tkazish tartiblari tо‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov tо‘g‘risida» gi (1993 yil 28 dekabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov tо‘g‘risida»gi
(1994 yil 5 may) va «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari tо‘g‘risida»gi(1994 yil 5 may) Qonunlar shular jumlasidandir.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida 18 yoshga tо‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, О‘zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‘li bilan о‘tkazilishi mustahkamlab qо‘yilgan.
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bо‘lmagan fuqaro О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga tо‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga tо‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning о‘zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bо‘lishi mumkin emas. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko’ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
O’zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi.Buning ma’nosi shuki, har bir saylovchining ovozi teng, ya’ni har bir saylovchi bitta ovozga ega.
Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatidan qat’iy nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega.
O’zbekislonda saylovlarni tashkil etish ucnun mustaqil saylov komissiyasi tuziladi. Uning maqomi va ish yuritish tartibi 1998- yil 30- aprelda qabul qilingan “Markaziy saylov komissiyasi” to’gisida»gi qonunda belgilab qo’yildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko’pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999-yilda saylovlarni tayyorlash va o’tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi. saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o’tkaziladi. Saylov organlari o’z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi.
O’zbekistondagi saylovlar nomzodni to’g’ridan to’g’ri, bevosita saylashni ta’minlovchi saylovlardir. Buning ma’nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi. AQSHda Prezidentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar.
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruvchining xohish-irodasini nazorat qilishiga yo’l qo’yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar to’ldiriladigan alohida xonacha - kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining bo’lishi man qilinadi. Byulletenni mustaqil to’ldirish imkoniga ega bo’lmagan saylovchi o’z xohishiga ko’ra, saylov komissiyasi a’zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin.
Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo’yicha o’tkaziladi.
O’zbekistonda saylovlar ko’p partiyaviylik prinsipida o’tkaziladi. O’zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko’rsatish huquqiga ega. Respublika bo’yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod depulatlar saylanadi. Har bir deputatlik o’rniga kamida 3-4 tagacha nomzodlar qo’yiladi va ular o’rtasida qizg’in bahs, kurash ketadi.
O’zbekistonda saylov natijalari eng demokratik usulda aniqlanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro’yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo’lsa, saylov yoki referendum o’tmagan deb hisoblanadi.
Mabodo saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o’tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo’lmasa qo’yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz +1 ovoz ololmasa takroriy saylov o’tkaziladi. Takroriv saylov asosiy saylovdan keyin ko’pi bilan bir oy ichida o’tkaziladi. Takroriy saylovda ovoz berish asosiy saylov o’tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro’yxatlari bo’yicha o’tkaziladi, ovoz berish byulleteniga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko’proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko’p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi.
Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo’yicha referendumlar bo’lib o’tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan «Jamoat tashkilotlari tо‘g‘risida», «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida» (1998 yil 28 aprel), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tо‘g‘risida» (1992 yil 2 iyul), «Siyosiy partiyalar tо‘g‘risida»gi Qonunlar shular jumlasidandir.
Jamoat birlashmalari haqidagi qonun – qoidalar О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi XIII bobida va «О‘zbekistan Respublikasida jamoat birlashmalari tо‘g‘risida»gi (1991 yil 15 fevral) Qonunda belgilab berilgan.
Jamoat birlashmalari tushunchasiga tо‘xtaladigan bо‘lsak – bu fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkazilgan birlashmalari hisoblanadi.
Konstitusiyaning 56 – moddasiga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin – qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoa birlashmasi sifatida e’tirof etilgan.
«Jamoat birlashmalari tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 –, 9 – moddalarida jamoat birlashmalariga shunday ta’rif beriladi: «О‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgaliqda rо‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish – irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin – qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy – texnikaviy, madaniy – ma’rifiy, fizkultura – sport va boshqa kо‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi».
«Jamoat birlashmalari tо‘g‘risida»gi Qonunning 6 – moddasida jamoat birlashmasining turlari tо‘g‘risida normalar bо‘lib, uni hududiy tuzilishiga kо‘ra belgilanganligini kо‘rish mumkin: