3-mavzu. Oʼzbekistonning oʼziga xos istiqlol va taraqqiyot yoʼli.
Reja:
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
2. Oʼzbekistonning oʼziga xos taraqqiyot yoʼlini tanlashi.
3. Oʼzbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish
va taraqqiyot yoʼli.
4. Oʼzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan
strategiya asoslari. “Oʼzbek modeli”.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi, Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda Mamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojianishning tamoyillari, barcha uchun taysiya etish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bolmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar rnobaynida shakllangan an'analari mavjud bolgan O’zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, yurishga majbur edi». Yana shuni ta'kidlab darkorki, O`zbekision o`z mustaqiiligini qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»lar O’zbekistonga nisbatan «o’zlaringni mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g`arazgo‘ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o`rtasida «Endi O`zbekiston qanday yoldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy bargarorlik ta'minlanadimi?» — qabilidagi savollar paydo bo'lgan edi. Unga har kim o'zicha javob qidirar edi. Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O’zbekiston uchun o'ziga xos istiqloi va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o`z andozasini ishlab chiqish g`oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O`z navbatida bunday vazi-fani uddalash O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o`rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e'tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog`da, O’zbekistonning o`z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlar-ning ko`p asrlik tajribasini o'rganish, ularning foydali tomonlari-ni o'zlashtirish bilan birga O’zbekiston xalqining turmush tarzi va an'analariga ham tayanish lozim edi. Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va o'zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o`z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yoqini tanlab olishga kirishdi». Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o`tishi bilan bog`liq vazifalami bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqish-ni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g`oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O’zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo`li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shunday paytda oizining qat'iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o`rtaga tashladi. Hall sobiq ittifoq mavjud bolgan davrda I. Karimov respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o`zgarishlarni boshlab yuborgan edi. 1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo`lib, O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g`oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo'lmayotgan O’zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo'liga o`tishi, o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarning tiklana boshlagani O’zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li shakllanayotganini ko`rsatar edi. O’zbekiston mustaqil bolgach, I. Karimovning respublika rahbari sifatida xalq oldidagi mas'uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bogliq bolmagan holda, butun muammolarni o'zi hal qilishga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat ko`rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati lam sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi. Islom Abdug`aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo`li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o'zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko`rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bo`lib o’tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi: «Menga qanday yuksak mas'uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo'llar tanlaganimiz haqida ba'zi fikrlar bilan o`rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat'iy hara-katlar qilishni kutyapti. O`tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og`ir yuk bo`lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxt-li ta'minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayot-gan bozor zarbalariga bardosli beruvchi, yordamga muhtoj kishilarni o`z homiyligiga olishi kerak. Bular— ko`p bolali, kam ta'minlangan oilalar, nogironlar... Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat'iy bo`lib qolaveradi). Birinchi Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bolgan davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko`rsatib berdi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma'naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e'tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo`lishini alohida ta'kidladi. Tabiiyki, ushbu qoidalar O'zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo'llarini belgilab berish uchun asos bo`lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish — mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib-intizomga rioya qilish, qonun ustuvorligiga intilish mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta'minlashda muhim omil bo'ldi. Davlat O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo`lini ishlab chiqar ekan, o`tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo`lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog`da 90-yillar boshlarida, ya'ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion yo `l bilan dinamik taraqqiyot yo`liga o`tish tanlab olingan yo `lasing asosiy mazmun va mohiyatidir, — degan xulosaga keldi. Ma'lumki, o`zbek xalqi azaldan jamoa bo`lib, uyushib yashashga odatlangan, to`yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko`maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to`g`risida g`amxo'rlik ko`rsatish, millatidan qat'i nazar odamlarga xayrixohlik, o`zgalarga yordam tuyg`usi o’zbek xalqiga tarixan xosdir. Shuning uchun ham I. Karimov 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo'llari va muammolari» mavzusida nutq so`zlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o`z yo’limiz bor, deb elon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz», — dedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilini belgilab berdi. Ikkinchidan, respublikadagi o'ziga xos ma'naviy-ruhiy vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki O’zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga o'sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e'tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto, undan ko`proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. O’zbek zoti borki, o`tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurishga xushi yo`q. Mehnat resurslari va ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda xuddi shu vaziyatni ham e'tiborda tutish kerak. Xulosa shuki, qishloq joyda va rayon markazlarida mavjud bo'lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga, rayon markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirish lozim».
Uchinchidan, O’zbekiston taraqqiyot yo`lini ishlab chiqishda respublikaning qulay jug`rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi. Darhaqiqat, tarixan O’zbekistonning hozirgi hududi juda kolina savdo yo`li — Buyuk ipak yo`li tutashgan, mag`rib-u mashriqni bir-biriga bog`lab turgan, turli qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo shqin tashqi aloplar va turli madaniyatlarning bir-birini o`zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu boy, tarix sinovlaridan o`tgan tajribalarni davom ettirish, undan samarali foydalanish yo`li tutildi. Demakki, mintagalararo alogalar, dunyoviy integratsiyani yo'lga go`yishga kirishildi.
To`rtinchidan,O’zbekistonning bozor munosabatlariga o`tishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko`rsatib berildi. Chunki, sho`rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tu-shunchasi, ya'ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg`usidan uzoqlashgan edi. Bu, albatta, kishilaming mehnatga intilishini so`ndirar, ish natijasi uchun mas'uliyatiga salbiy ta'sir ko`rsatar edi. Ularda boqimandalik, tekinxo'rlik illatlarini chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor mu-nosabatlariga o`tishda odamlardagi mana shu kayfiyatni e'tiborga olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida xususiylashtirish ja-rayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakilan-tirish sari dadil qadamlar qo`yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir. Beshinchidan, hukumat mustaqil O’zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatni tubdan o`zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush tarzimizga o`chmas muhrini bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ay-niqsa, musulmon davlatlari bilan o`zaro aloqalarimizni kengaytirish-da katta ahamiyatga ega, — deb ko`rsatadi. Oltinchidan, O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta'minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma'naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imko-niyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam qadam-baqadam yangi qoida va yo`l-yo`riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida O’zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida birinchi Prezidentning «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» nomli O’zbekiston mustaqilligining na-zariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan ma'naviy hayotdagi yangilik va muhim qo'llanma sifatida kutib olindi. Unda O’zbekiston istiqloli-ning ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o'rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy poklanishining asosiy yo`l-yo`riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko`rsatib berildi.
Ma'lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o`tish jarayoni bir necha muhim ij-timoiy muammolar bilan uzviy bog`liq. Bular:
— davlatning islohotlami o`tkazishdagi rahnamolik roli;
— jamiyatning moddiy, ma'naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini sa-farbar etish;
— o`rta hol sinfni shakllantirish;
— xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.
Ta'bir joiz bo`lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har binning va barchasi bir butun bolgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog'liq. Lekin, o`tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlami sa-farbar etish ham, o`rta hol sinfni shakIlantirish ham, xalqaro muno-sabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin emas. I. Karimov O’zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e'tibor berdi va uning fikricha, O’zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u qanday nomlanishidan qat'i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo'lmog`i lozim edi. Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O’zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada sobit-qadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish — bosh vazifadir, — deb uqtiradi I.Karimov. Bu boradagi fikrini davom ettirib u «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar fugarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir», — degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasidayoq qat'iy qilib o`rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek, yangilangan jamiyat har bir a'zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo'llami ham ko`rsatib berdi.
Jumladan, siyosiy sohada bu:
— xalq, ham bevosita, ham o`z vakillari orqali davlat hokimiyati-ni amalga oshirishda to`liq ishtirok etishi
— hokimiyat bo`linishining jahon tan olgan qonun chiciaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
— jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
— barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta'minlashni;
— bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
— demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko`ppartiyaviylikni shakllantirishni;
— O’zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bolishga erishishni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |