Oʼzbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə6/57
tarix17.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#115648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
O zbekistonning eng yangi tarixi

birinchidan, faoliyati butun respublika hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari «respublika jamoat birlashmasi» ekanligi;
ikkinchidan, viloyat, tuman, shahar, poselka va qishloq jamoat birlashmalari «mahalliy jamoat birlashmasi» ekanligi belgilangan.
Bundan tashqari, amaldagi konunning 24 – moddasida xalqaro jamoat birlashmalari tо‘grisida ham norma mavjud. Demak, jamoat birlashmalarini uch turga ya’ni, xalqaro miqyosidagi jamoat birlashmalari, respublika miqyosidagi jamoat birlashmalari, mahalliy miqyosidagi jamoat birlashmalari.
Bugungi kunda О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli demokratik islohotlar natijasida jamoat birlashmalarining о‘rni va ahamiyati tobora oshib bormoqda. Ular sonining oshib borayotgani buning isbotidir. Masalan, statistik ma’lumotlarga kо‘ra 2000 yilda respublika va xalqaro ahamiyatga molik, davlat rо‘yxatidan о‘tgan jamoat birlashmalari soni 1500 tani tashkil kilgan bо‘lsa, 2005 yilda esa ularning soni 5277 tani tashkil etgan. Shulardan 60 tasi halqaro va 336 tasi Respublika ahamiyatidagi jamoat tashkilotlari edi. Hozirda bu jamoat birlashmalarining soni yanada oshib bormoqda. Bunga respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan turli jamoat birlashmalari, ya’ni jamiyatlar, assotsiatsiyalar, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, harakatlar, jamg‘armalar, federatsiyalar, markazlar, uyushmalar va boshqalarni misol qilish mumkin.
Mustaqiliik sharofati bilan О‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratildi. Kо‘ppartiyaviylik prinsipi asosida partiyalar tizimi shakllantirildi.
Partiya sо‘zi – lot. partio — bо‘laman, ajrataman degan ma’noni anglatadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va о‘zlarining demokratik yо‘l bi­lan saylab qо‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
О‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar tо‘g‘risida»gi (1996 yil 25 dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin