1.MAVZU: MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI EVOLYUTSIYASI VA UNING JAMIYATDAGI AHAMIYATI
Ma’ruzachi: M.Qurbonov
REJA:
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati tushunchasining evolyutsiyasi va dialektikasi.
Aloqa va axborot tushunchasining uzviyligi va o'ziga xosligi.
Aloqa va axborotning inson hayotidagi o'rni, ahamiyati va ma'naviy ehtiyoji.
Xat (maktub) ilk axborot almashinuvi shakli. Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida.
Mediasavodxonlik ko‘nikmalarini asosiy 3 ta tizimga bo‘lish mumkin .
Tushunish Foydalanish Yaratish
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
“Media va axborot savodxonligi –«soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uningmohiyatinianglashuchunharbirtushunchao’zaginibilishzarur.
«Media» atamasi (lotincha-medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turliko’rinishdagikommunikatsiyavaaxborotvositasinianglatadi.
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».
Axborot nima?
«Axborot» so`zi kutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'еktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi. Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: