Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni ko’radi. Shunga qaramasdan, mazkur istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste’molchi o’rtasidagi hayotmamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha omillarni kiritadi”
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Axborot savodxonligi–axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Aholining axborotga egalik qilishini kafolatlash vositasida uchun raqamli uzilishni qisqartirishga ko’maklashish;
Jamiyatning ijtimoiy xotirasi sifatida (masalan,kutubxonalar)xizmat qilish;
Kutubxonalarga axborot xizmatlari va o’quv-metodik markazlar funksiyalarini yuklash; bunda barcha axborot resurs turlaridan foydalanishni rag’batlantirish;
Akademik (universitetlar)kutubxonalar orqali o’qitish va tehsil olish,shuningdek,tele-radiokurslar,masofaviy ta’lim vositasida tehsil olish(axborotsavodxonligi)ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berish;