4-mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
Reja:
1.
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O‘zbekistonning o‘ziga
xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi.
2.
Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot
yo‘li.
4.
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir
bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy
manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik
davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan
boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan
savollar ko‘ndalang turardi. Ma’lumki, 90- yillar boshlarida mustaqillikka erishgan
ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor
munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda
rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bunday shov-shuvlarga xomxayol, quruq gap
deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini,
uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va engil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini
ta’kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini,
zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va
23
yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan
odamlarni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi.
«Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha
aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz
kechishiga ham to‘g‘ri keladi».
Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini izlaydi,
yangi jamiyat barpo etishda o‘z andazasini ishlab chiqishga intiladi, O‘zbekiston
oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga xos yo‘lni
ishlab chiqish zarur edi. Vatan, millat taqdiri hal bo‘layotgan Milliy taraqqiyotning
mustaqillikning dastlabki murakkab, mas’uliyatli pallasida Prezident Islom Karimov
o‘zining hayotiy tajribasi, boshidan kechirgan achchiq-chuchuk voqealardan olgan
saboqlari va har bir voqeaga ilmiy asosda yondashish, kelajakni ko‘ra bilish
qobiliyatiga tayanib O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishga
bosh-qosh bo‘ldi. Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992-yil 4-yanvarda)
so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992-yil avgust oyida nashr etilgan
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida O‘zbekistonning taraqqiyot
yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi.
O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi? O‘zbekiston yo‘li,
birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan davlatlarning tajribasiga
tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo‘lini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib
olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va bizning
mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan
foydalanish, degan ma’noni bildiradi. Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz,
ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion yo‘l bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab
olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li
o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari,
SHarq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo
totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda belgilandi. To‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni
belgilashda islom dini, uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlar
bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati hisobga olindi. Beshinchidan,
yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi, mustaqillikka erishgan
paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy resurslari asos qilib olindi.
Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat
resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi. Ettinchidan, odamlarning
ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida
kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan
boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan
o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur edi, albatta. Milliy istiqlolning
dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, har qanday "izm"
lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz
24
ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib
chiqqan holda belgilandi. O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil,
demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati,
dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir.
Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi.
Kelajagi buyuk O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jamiyatning erkinligini,
fuqarolarning farovon turmushini ta’minlashga qaratilgan. YUrtboshimiz o‘zining
mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini kafolatlaydigan darajada isloh etish,
tubdan yangilash vazifalarini belgilab berdi.
Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:
- xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror
toptirishni, xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga
oshirishda to‘liq imkoniyatga ega bo‘lishini;
- qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida
milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining
tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning
vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni;
- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning
ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy
davlatni barpo etishni;
- O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har
bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng
huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga
chiqarishni;
- ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish,
ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda
rivojlanishini kafolatli ta’minlashni;
- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy
tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
- chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni
amalda shakllantirishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini
munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi
iqtisodiyotni barpo etishni;
- ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich
shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni;
25
- mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash va
barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
- iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish,
korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik
faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
- mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy
muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni;
- tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga-
ziyon etkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi.
Ijtimoiy va ma’naviy sohada:
- umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning
hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash
huquqini, inson huquqlariga doir xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni;
- ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his-
tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlashni;
- o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga
chiqarishni;
- hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni;
- ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari -
keksalar, nogironlar, etim-esirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat
tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;
- hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni
muhofaza qilishni;
- yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish,
umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o‘tishni erkin
tanlashda barchaga baravar huquq berishni;
- ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’dod va qobiliyatlarini
namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni
bildiradi.
Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti
fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonuniylik va huquq-
tartibotni qaror toptirishdir. Zero huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi
ham , so‘zi ham qonundir. Qonunni buzishga hesh kimning haqqi yo‘q.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari,
ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi.
1993-yilda nashr etilgan "O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo‘li" nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab
berdi.
SHunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy
jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning "o‘zbek modeli" bundan oldin
26
yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z
mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning "o‘zbek modeli" deb qabul
qilindi. Tanlangan yo‘l engil-elpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni,
mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. YAngi
jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat
rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. SHoshma-
shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va
ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tkazish lozim edi. O‘zbekistonga xos taraqqiyot
yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta
yutug‘imizdir. Tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat
arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar. YUrtboshimiz I. A. Karimov
ana shunday keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq
etishga bosh-qosh bo‘ldi. Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan yillari
davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yangilanish yo‘lidan
borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham qiyin bo‘lgan ulkan zafarlarga erishildi.
Dostları ilə paylaş: |