partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu
partiya 1992-yil tashkil topgan. 1999-yili “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
ta’sis etildi. U O‘zbekiston fidokorlar maqsadlari va intilishlarini qo‘llab-
quvvatlaydigan siyosiy uyushma sifatida dunyoga keldi. 2000-yil aprelda “Vatan
taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma
qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama
qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq degan xulosa asosida ikkita
partiya birlashdi.
30
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu –
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. U 1995-yil fevralda tuzilgan.
Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni
hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi
sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va
xalqaro sotsial-demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda. O‘zbekiston
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga
tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston
Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy
an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston
“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish”
demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda O‘zbekiston “Milliy
tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini
birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli
dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligi ta’kidlandi va ular
birlashtirildi.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida
mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab
chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar
manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos
yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi
qonunlar hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy
partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon
– bu ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday
natijalarga erishganligi hisoblanadi.
O‘zbekiston ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik
palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan
saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi
31
deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston ekologik harakati
2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini
fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi
salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan
yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va
salohiyatini safarbar qilishga qaratgan. 2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur
Murojaatnomada
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasidagi 15 ta deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa
partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga
erishishi lozimligi taklif etildi.
Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. 2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan
davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va
modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib
milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli
fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning
siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari
chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud
tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy
va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik
jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini
yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish,
so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni
liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga
qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning
yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir ettita masala – ustuvor
yo‘nalish belgilab berildi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va
notijorat tashkilotlarning o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo
etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari”
tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish,
qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, “fuqaro – jamiyat – davlat” prinsipini
joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
32
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan
ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat
hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish
nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga
oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab
berildi.
Davlat
hokimiyati
va
boshqaruvini
demokratlashtirish
yuzasidan
Konstitutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga asosan
Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan
siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan
taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib, 10 kun muddat ichida
Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taklif etadigan
bo‘ldi.
Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvini
demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z
erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini
rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, bozor
iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar
belgilangan.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi va
uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish
munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya berish huquqi sudlarga
o‘tkazildi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari
faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish
belgilandi. Natijada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini
ta’minlash sohasida, umuman, mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun
hujjatlari qabul qilindi.
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini
rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirilib, saylov tizimi izchil va
bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish
muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini
ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi.
Ayni paytda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud. 29 ta
xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolat- xonalari faoliyat
yuritmoqda. 2017-yilda «Nuroniy» jamg‘armasi, YOshlar ittifoqi, O‘zbekiston
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi,
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika
33
kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularni
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi.
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va
hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. SHu yilning sentabr oyida
Bosh vazirning (pm.gov.uz elektron manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-
yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi bu sohadagi
ishlarni faollashtirdi.
Prezident SHavkat Mirziyoevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning
xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi
belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat
Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari
negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini
tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora
takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam
demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident
SHavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini
mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha
hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda
hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali
o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan keng
ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni
mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini,
jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va
diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi
kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora
kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun
mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlakatning 2016-
yilda saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan olib borilayotgan
islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni
amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi
farmoni
bilan
2017–2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini
34
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor
yo‘nalish keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (moviy havorang – osmon
va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi).
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
(siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi).
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (tillarang – iqtisodiyotni
rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi).
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (qizil rang – hayot va aholining munosib
turmush tarzini ta’minlash ramzi).
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va
amaliy tashqi siyosat (oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan
tinchlik va soflik ramzi).
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan
masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va
xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Harakatlar
strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil
nomlanishidan kelib chiqqan holda, alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni
nazarda tutadi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik
qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan
vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |