5-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
Reja:
1.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi
prinsipi.
2.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
3.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud
tizimidagi o‘zgarishlar.
4.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda
iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat
barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri
respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda
bo‘lgan mahalliy vakillik organlari xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil
qilingan. Biroq bular oldingi tizimdan demokratik mohiyati bilan tubdan farq qiladi.
1992-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat
idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun
mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro
organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18
ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi,
ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.
27
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat
hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining
tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi
mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali
ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari
vujudga keltirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik
organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib hisoblanadi, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari)
– yuqori bo‘g‘in;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
Konstitutsiya
mahalliy
vakillik
organlarining
ikki
bo‘g‘inli tizimini
mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. SHunday qilib, O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat
organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z
faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari
ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. “Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, vakillik
organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va
Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar
Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.
Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli
hududda
oliy
mansabdor
shaxs
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – 5 yil.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tuman va
shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan
tasdiqlanadi. SHaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning
hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda
xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organlari
tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda
ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat
hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi
vakili hisoblanadi.
28
Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, ichki
ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro
hamkorlikda ish olib boradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil
taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha
mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda
esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingach, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning
105-moddasiga ko‘ra, “SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi
mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini saylaydi”. 1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida», 2004-yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul
qilindi. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalla institutini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. SHunday qilib,
fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish
vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi
sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy
kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida
tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek,
Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy
masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy
etildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat
yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha
maslahatchi lavozimi joriy etildi.
Saylov tizimi. O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo
etilishida xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos
saylov qonunchiligi yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Dastlab saylov tizimini
yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” va
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” (1991-yil 18-noyabr)
qonun qabul qilindi. XX asr 90-yillarining boshida saylovlar, saylov o‘tkazish
tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining
29
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Saylovlar Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan tashkil etiladi, komissiya 1998-yildan e’tiboran mustaqil
muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ
sifatida tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini
har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil
holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan
fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy
Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi
umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li
bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega.
35 yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga
to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga binoan mamlakat Prezidenti saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-
yakshanbasida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi. Ko‘ppartiyaviylik –
jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishidir. Bu holat
demokratik yo‘lga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti
fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat
ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir.
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning
ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk
siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-
yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi
qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan
hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament
saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega
Dostları ilə paylaş: |