97
Innovatsiya
– (ingl.— kiritilgan yangilik, ixtiro) ilg‘or texnologiya, boshqarish
va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qo‘llanishi.
Immunologiya
– (yun. — tushuncha, ta’limot)
organizmning kimyoviy
xususiyatlari, uning immuniteti haqidagi fan.
Integratsiya
– (lot. — tiklash, to‘ldirish) ayrim qismlarni, elementlarni qo‘shib
birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. Fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro bog‘lanish
jarayoni.
Simpozium
– (musiqa, she’r o‘qish bilan o‘tadigan yig‘in) biror ilmiy masala
bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy kengash; ilmiy anjuman.
Festival
– (ital. –
bayramona, shod, quvnoq) san’atning musiqa, kino, teatr va
boshqa sohalarida erishilgan eng yaxshi yutuqlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov,
ko‘rikdan iborat ommaviy bayram, tantana, sayil.
Galereya
– (fran. – peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi usti yopiq
uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus.
Delimitatsiya
– (lot. –
chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan
shartnomaga muvofi q tavsifl ash va xaritalashtirish asosida belgilash;
belgilangan
chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.
Sammit
– (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat
boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; oliy darajadagi
kengash.
Dostları ilə paylaş: