Deputat – (lot. deputatus — vakil qilingan, yuborilgan) vakolatli davlat organiga
saylangan kishi, vakil.
Afv etish – sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda, afv davlat boshlig‘ining
qarori bilan amalga kiritiladi.
Referendum – (lot. – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa) davlat ahamiyatiga
ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq
fikrini aniqlash.
Yurisdiksiya – (lot. – sud qilish, sud jarayoni) huquqiy masalalarni hal qilish,
sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi vakolatlari doirasidagi
huquq sohasi.
Doktrina – (lot. – ta’limot; o‘qimishlilik) ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya;
asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.
Partiya – (lot. partio — bo‘lak, qism) g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari
bir bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning
manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.
Modernizatsiya – (modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; davlat,
jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangilanishi, yangi uslublar,
ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.
Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki
qarashlar majmui.
Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning
uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.
Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli
dinamik aniqlab olish.
Dotatsiya (lot. — tuhfa) – maʼlum xarajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir
subyekt tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablagʻi berilishi.
Aeronavigatsiya – (lot. — kemada suzish) uchish apparatlarini tegishli asbob va
vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; havo navigatsiyasi.
Magistral – (lot. — bosh, asosiy) asosiy yo‘l, qatnov yo‘li, umuman,
tarmoqlangan sistemalarning asosiy qismi.