85
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning
milliy tiklanishiga
xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi,
buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z
taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga
asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak
marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol
ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasida
oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat
manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidlandi.
2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining yangi
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Rivojlangan mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga
uyg‘unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini
shakllantirib, mamlakatlar
aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p.
Ularning aksarida milliy g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz.
Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari
negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, rag‘bat berildi.
Maktabning tarbiyaviy
ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda
qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “YApon mo‘‘jizasi”ning guvohi bo‘ldi. Xitoyda ham
milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy
ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. YOshlar tarbiyasi
“Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi asosida tashkil etildi.
YOshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish o‘rgatib borildi.
AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning
ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan
davlatni topish qiyin,
deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream)
bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning ma’naviy
onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi,
erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil
qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi,
tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblashadi. SHu bois,
amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa,
amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi.
Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar
tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar
orqali singdirib borildi. YOshlarni
hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga
86
alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti
foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.
Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi
talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.
Dostları ilə paylaş: