O‘zbekistonning eng yangi tarixi


-mavzu: YAngilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

14-mavzu: YAngilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy 
yuksalish sari 
Reja: 
1.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
 
strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi 
va uning ahamiyati.
2.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash 
va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 
3.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari; 
4.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. 
 
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Prezidentligiga saylangandan keyin 
“O‘zbekiston Respublikasini 2022–2026 yillarda rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli ulug‘vor va keng 
qamrovli chora-tadbirlardan iborat hujjat ishlab chiqqan edi. Mazkur 
strategiyani hayotga tatbiq etish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini 
tubdan isloh qilib, jamiyatimiz, xalqimizni butunlay o‘zgartirib yubordi
2022 yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro 
universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan 
talabalari uchun “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan 
“Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi” 
ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Yoshlar bilan mahallabay 


80 
ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova 
“Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi” 
mavzusidagi prezentaziyada: 
Harakatlar strategiyasi doirasida, avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, davlat 
tashkilotlarining faoliyati, mas’uliyati va shaffofligini kuchaytirish hamda fuqarolik 
jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat 
birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan tadbirlar amalga oshirildi. 
Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida tashqi savdo, soliq va moliya 
siyosati liberallashtirildi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk 
daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta 
ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlandi. 
Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining 
eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish 
o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash 
sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilandi. 
Muxtasar aytganda, 2017–2021 yillar mobaynida amalga oshirilgan Harakatlar 
strategiyasi natijasida yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. 
Natijada mamlakatimizda jamiyatimiz rivojining keyingi bosqichiga o‘tish ehtiyoji 
paydo bo‘ldi. Ya’ni, xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoq 
va sohalarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson 
huquqlari, manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida 
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol 
mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani tog’risidagi 
ma’lumotlarni aytib o’tdi . 
Taraqqiyot strategiyasi 2021 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin