81
Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadi. Bu diyor jahon
tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy-
ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan. SHu bois yaqin o‘tmishda
qariyb bir asr davomidagi mustamlaka davri, ungacha ham haq-huquqlari poymol etib
kelingan xalqimiz ruhini hech qanday kuch so‘ndirolmagan.
SHu nuqtai nazardan
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda Navro‘z bayrami qayta
tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilingani
xalqimizning asriy orzu va armonlari ro‘yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz
tiklanishi yo‘lidagi dastlabki yirik qadamlar bo‘ldi.
Milliy davlatchiligimizni barpo etish yo‘lidagi zalvorli qadam sifatida
Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati bo‘lmish Konstitutsiya
qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. O‘zbekistonda
huquqiy demokratik davlat
qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh vazifa etib belgilanib,
mamlakat siyosiy hayotida ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topdi, nodavlat tuzilmalar,
jamoat tashkilotlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi,
sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan
buyuk istiqlol tufayli
O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab,
milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Ayniqsa,
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining
yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bu o‘zgarishlarni
yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim ahamiyat kasb etdi.
Davlatimiz rahbarining har bir so‘zlari xalqimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini yanada
jo‘sh urdirdi. SHubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich erida
yuksalish davri bo‘lishi uchun azmu qaror qilmoqdalar.
Muhtaram YUrtboshimiz nutqida ta’kidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi
va turmush sifatini har
tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya,
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar
hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda.
YUrtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda. Bu
borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga
oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “YOshlar – kelajagimiz”, “Besh
ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar
etishda muhim rol o‘ynamoqda. Buning natijasida, hatto mamlakatning eng chekka
hududlari, markazlardan olisda joylashgan qishloqlarning ham me’moriy
qiyofasi
tubdan yangilanib, aholining turmush farovonligi yuksaltirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohalarida
bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarning barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz.
82
SHu o‘rinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim
maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab ta’limini rivojlantirish masalasi
buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida
ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasi ham jadal
rivojlanmoqda. So‘nggi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilingani,
ularning umumiy soni 112 taga etgani, e’tiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli
xorijiy
universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin
isbotidir.
Ertangi kelajagimiz bo‘lmish yoshlar kelgusida ana shu ulug‘vor ishlarning
munosib davomchilaridir. SHu nuqtai nazardan, yangi o‘quv yilining ilk –
“Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi uch yilda amalga
oshirilgan
islohotlar, Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan –
milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya, Prezidentimiz nutqi mazmun-mohiyati
xususida o‘quvchi-yoshlarga keng tushunchalar berildi, ularning fikr-mulohazalari
tinglandi. Quvonarlisi, yoshlar YUrtboshimiz nutqining har bir satrida hayot
borligini, har bir so‘zida O‘zbekistonimizning yuksak taraqqiyotiga
qaratilgan aniq
maqsad borligini teran anglab etdi.
SHu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, bundan keyin ham biz pedagoglar
ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. “Milliy
tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosiy dasturilamalimizdir.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta
yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat
qilish deganidir.
Dostları ilə paylaş: