O‘zbekistonning eng yangi tarixi


Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, ko‘plab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, 
keng jamoatchilik takliflarini o‘rgangan holda, yurtimizda 11 yillik o‘rta ta’limning 
joriy etilgani yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayishida, ular 
tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Xo‘sh, nega ushbu islohot o‘quvchilarning darslarga ishtiyoqini oshiryapti
ularning tarbiyasini nazorat qilishga yaxshi samara beryapti? 
Xalqimiz 11 yillik ta’lim sistemasi qayta tiklandi, ilgari holat qaytdi, deb sayoz 
fikrlamasliklarini xohlardim. CHunki ushbu islohot chuqur o‘ylangan va ta’lim-
tarbiya sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan puxta reja asosida amalga 
oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy 
o‘rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirildi. 
11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib 
chiqqan holda olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilikning 
fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo‘yicha o‘quv rejalari 


83 
qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda 
kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o‘rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” 
fani ham o‘qitiladi. O‘quv dasturlari asosida 10-sinf o‘quvchilariga umumta’lim 
fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop 
etilib, joylarga etkazildi. 
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarining 
10-11-sinflari 
o‘quvchilariga 
kasbiy 
ta’lim 
berishga 
ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori 10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga 
kasb-hunar o‘rgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda 
kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi. 
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar 
ro‘yxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari 
bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. YA’ni 11-sinf 
o‘quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo‘yicha o‘z ishini topa 
olishiga jiddiy e’tibor qaratildi. 
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo‘lgan kichik tibbiy hamshira, 
oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, 
dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi 
mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning o‘rgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir 
xil naf keltiradi. E’tiborlisi, joylarda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish 
majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o‘rgatiladi va 
mehnat bozoridagi ehtiyojga ko‘ra kasblarning turi o‘zgarib turadi. 
10-11-sinf o‘quvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy 
ta’lim o‘qitiladi. Bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat bilan birga kasb 
malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. SHu bilan birga, 
o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kasblar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni uzluksiz etkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-
sinfidan boshlab kasbga yo‘naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo‘naltirish 
alohida fan sifatida o‘qitiladi. 
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan o‘quvchilarda qaysi kollejda o‘qishni davom 
ettirish borasidagi savol ko‘ndalang turardi. Ba’zilari majburlikdan u, yoki bu 
kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham 
tarbiyasida salbiy holatlar paydo bo‘la boshlardi. Bu esa, o‘z navbatida, voyaga 
etmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab bo‘ldi. 
Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, o‘quvchilar 11 yillik ta’lim 
sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo‘lib 
ulg‘ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo‘sh vaqti ustidan mahalla-ko‘y va 
jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi. 


84 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin